1. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli1
-. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli
Download 214.16 Kb.
|
1-. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuliXo’jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish juda ko’p jihatdan xarajatlar hisobi qanday olib borilishiga bog’liq bo’ladi. Xarajatlar hisobining to’g’ri va o’z vaqtida tashkil qilinishini xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha to’g’ri hamda samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga asos bo’ladi. Sababi, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha moddiy xarakatlarni xarajatlar deb hisobga olishimizdan qat’iy nazar, xuddi ana shu xarajatlar tabiati tannarxga kiritilishi, hisobga olinishi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, kichik xo’jalik yurituvchi subyekt bir sexda bir vaqtning o’zida stollar, stullar va kreslolar ishlab chiqaradi. Bevosita stolni ishlab chiqarishga sarflanayotgan to’g’ri xarajatlarni (asosiy materiallar, yordamchi materiallar, ishchining ish haqi xarajatlari va sh.k.) hisobga olish ortiqcha qiyinchilik tug’dirmaydi, lekin, ana shu stolning bir donasiga to’g’ri keladigan tijorat, kommunal xizmat va ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlari xarajatlarini hisobga olish uchun qo’shimcha hisob-kitoblar amalga oshirilishi talab qilinadi. Xo’jalik yurituvchi subyektda xarajatlar hisobini to’g’ri tashkil qilish uchun, eng avvalo ana shu xarajatlarni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator tushunchalar mohiyati to’g’ri anglab olish lozim bo’ladi. Xususan: Xarajatlarni taqsimlash – bu ishlab chiqarish xarajatlarini aniq xarajatlar obyektiga olib borish jarayonidir. Masalan, bitta ishlab chiqarish joyida bitta mahsulot emas, balkim bir necha turdosh mahsulotlar ishlab chiqarilayapti, stollar, stullar, kreslolar. Shu joyda xarajatlarni aynan ana shu obyektlar bo’yicha to’g’ri hisoblash va taqsimlash juda muhim. Xarajatlar obyekti – bu tashkiliy tuzilma, shartnoma yoki boshqa hisob birligi hisoblanib, undan xarajatlar to’g’risida ma’lumot olinadi va u orqali jarayonlar, mahsulotlar, ishlar va kapital qo’yilmalar loyihalarining tannarxi (qiymatlari) o’lchanadi. Xarajatlarni taqsimlashning jarayoni uchun zarur bo’lgan yana bir tushuncha xarajatlar markazi tushunchasi hisoblanadi. Xarajatlar markazi – bu tashkiliy birlik yoki faoliyat doirasi bo’lib, aynan shu yerda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash maqsadga muvofiqdir. Ko’p hollarda bu nisbatan mustaqil bo’lmagan kichik darajadagi tarkibiy tuzilma bo’lib, u ishlab chiqarish uchastkasi, brigada, sex bo’lishi mumkin. Rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo’lgan mamlakatlar amaliyotida, xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblashning uchta usulidan foydalanishadi: mahsulot birligi tannarxini barcha xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli; faqat o’zgaruvchan xarajatlarni hisobga olib hisoblash usuli, shuningdek normativ xarajatlarni kiritgan holda tannarxni hisoblash usuli. Xarajatlarni guruhlashning barcha ko’rinishlari turli xildagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun qo’llaniladi. Xarajatlarni hisobga olishning “to’liq xarajatlar” usuli xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining to’liq tannarxi qanchani tashkil qilganini ko’rsatadi. Bu shu xo’jalik yurituvchi subyektda moliyaviy hisobni yuritish, soliq munosabatlarini tashkil qilish va hisob-kitoblarini olib borish, shuningdek moliyaviy hisobotlarni tuzish imkoniyatini yaratadi. Xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun, albatta, ana shu xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini “o’zgaruvchan xarajatlar” usuli orqali hisoblash ham joriy qilinishi lozim bo’ladi. Shu bilan birgalikda, bozor va undagi iste’molchilarning manfaatlari nuqtainazaridan kelib chiqib me’yoriy miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini hisoblashda ana shu ikki usuldan tashqari “normativ xarajatlar” usulidan ham foydalaniladi. Bu usulning afzalligi shundaki, xarid miqdori yoki sotish hajmi aniq bo’lgan vaqtda oldindan qilinadigan barcha xarajatlar miqdorini, belgilangan xarajatlar normasidan foydalangan holda, imkon qadar aniq belgilash mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish maqsadida xarajatlarni ikkita asosiy obyekti guruhiga qarab taqsimlash lozim: tarkibiy tuzilmalar va mahsulot bo’yicha. Ushbu jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi: xarajatlar markazi bo’yicha xarajatlarni yig’ish; yig’ilgan xarajatlarni sexda qayta ishlanadigan aniq mahsulotga olib borish. Bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun xarajatlar kalkulatsiya qilinadi Download 214.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling