1. Xarajatlarni taqsimlash tartibi va usuli Tannarxni kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli1
-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli
Download 214.16 Kb.
|
3-. Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuliXarajatlarni hisobga olish va tannarxni hisoblashning jarayonli usulini doimiy ravishda ko’p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi subyektlar qo’llashlari mumkin. Bu holatda buyurtmali usulda bo’lgani kabi butun buyurtma davri uchun emas, balki ma’lum muddat davomida (chorakda, yarim yilda va sh.k.) ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olishni yuritish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxi ma’lum bir vaqt mobaynida aniq bo’linma tomonidan qilingan ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasini aynan shu vaqt mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot soniga bo’lish orqali topiladi. Bu usulda ishlab chiqarish xarajatlari buyurtmani bajarish uchun ketgan vaqt emas, balki alohida bo’linmalar miqyosida hisobot davri oralig’iga hisoblanadi. Buning uchun har bir bo’linma uchun alohida “asosiy ishlab chiqarish” schyoti ochiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligining tannarxini jarayonli usul orqali hisobga olishda, doimiy ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan asosiy ishlab chiqarish hisobot davrining boshi va oxiri uchun shartli tugallangan mahsulot ko’rinishini oladi. Shartli mahsulot birligi yoki shartli ishlab chiqarish hajmi tushunchasi ma’lum muddat davomida tayyorlangan mahsulot sonini o’lchash uchun ishlatiladi. U to’liq tugallanmagan mahsulotlarni shartli tayyor mahsulot sifatida hisobga olishga imkon beradi. Bu ko’rsatkich quyidagiga teng bo’ladi, ya’ni: hisobotdavrimobaynidaishlabchiqarilaboshlanganhamdato’liqtugallanganko’rinisholganmahsulotlarningumumiysoni; anashuhisobotdavriboshivaoxirigamavjudbo’lgantugallanmaganishlabchiqarishuchunqilinganxarajatlarniifodaetadi. Mahsulottannarxinihisoblashningjarayonliusulidato’g’rimoddiyxarajatlarmahsulotniishlabchiqarishxarajatigaishlabchiqarishjarayoniboshlanishibilankiritilishininazardatutadi. Qaytaishlashxarajatlariyokiqo’shilganxarajatlarnominiolganto’g’rimehnatxarajatlarivaumumishlabchiqarishxarajatlariesaishlabchiqarishsiklidavomidatengmiqdordataqsimlanadivaishlabchiqarilayotganmahsulottannarxigakiritilibboriladi. Shuning uchun materiallar bo’yicha shartli mahsulot birligi soni qo’shilgan xarajatlar bo’yicha shartli mahsulot birligidan farq qiladi. Download 214.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling