1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30 
Xulosa 
Yuqorida ta’kidlanganidek, ko’rib chiqilgan manbalar aynan etnik masalani 
yoritishga bag’ishlanmagan bo’lsa-da, ularda bayon etilgan siyosiy voqea va 
hodisalar orasida xonliklar aholisining etnik manzarasi, turli qabila, urug’, etnik va 
etnografik guruhlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Voqealarning mantiqiy tahlili 
esa, mintaqada kechgan demografik va etnoiitegratsion jarayonlar, ularning muhim 
omillari yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Manbalardagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, o’rta asr muarrixlari 
tomonidan aholiga nisbatan “aymoq”, “jamoa”, “raiyat”, "toifa", “urug’’”, “xalq”, 
“ev”, “el”, “elat”, "elatiya", “qabila”, “qavm” kabi iboralar qo’llanilgan.
Shuningdek, xonliklardagi shahar aholisi to’g’risida so’z yuritilganda, ular bevosita 
yashagan joyi, ya’ni shahar nomlari bilan atalgan. Buni manbalarda keltirilgan 
“andijonlik , “buxorolik”, “marg’ilonlik”, “samarqandlik”, “urganjlik”, “xivalik” 
kabi atamalar misolida ko’rish mumkin. Asarlarda Buxoro xonligi aholisi ba’zi 
xollarda “Movarounnahrliklar” degan umumiy nom bilan ham berilgan.
Bundan 
tashqari tadqiq etilgan asarlarning ayrimlarida “sart” atamasi ham ishlatilgan bo’lib, 
bunda muarrixlar asosan shaharda yashagan mahalliy o’troq aholini nazarda 
tutishgan.
Manbalardagi ma’lumotlar o’rta Osiyo xonliklarida yashagan aholining etnik 
tarkibi rang-barang bo’lganligini ko’rsatadi. Ularni atroflicha tahlil qilish xonliklar 
aholisining tarkibi, uning umumiy va o’ziga xos jixatlarini yoritish imkonini berdi.
Shuningdek, Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Mullo Avaz Muhammad 
Attor “Tuxfat at-tavorixi xoniy” hamda Po’lotjon domulla Qayyumiyning “Xo’qand 
tarixi va uning adabiyoti” asarlarini alohida ko’rsatib o’tish lozim. Ularda 92 o’zbek 
qavmining ro’yxati keltirib o’tilgan. Chunonchi, tadqiq etilgan Buxoro va Xiva 
xonliklari tarixiga doir manbalarning aksariyatida o’zbeklarning 92 urug’i haqida 
eslatib o’tilsada, ularning alohida ro’yxati berilmagan.
Tadqiqot doirasiga tortilgan asarlardagi ma’lumotlarga ko’ra ayrim urug’ 
qabilalarning vakillari Buxoro, Xiva, shuningdek, Qo’qon xonligida ham yashagan. 


31 
Lekin, shu bilan birga Xiva xonligi aholisining etnik tarkibiga doir ma’lumotlarning 
qolgan ikki xonlikdan farqli jixati shundan iboratki, ko’rib chiqilgan manbalardan 
bu yerdagi qabila va urug’larning hamda turli etnik guruhlarning umumiy 
nomlaridan tashkari ularning mayda urug’ bulinmalari, tarmoqlariga qadar batafsil 
ma’lumot olish mumkin. Bu xolatni Xiva xonligida urug’chilik an’analarining 
qolgan xonliklarga nisbatan kuchlirok bo’lganligi bilan izohlash mumkin.
Xonliklar aholisi etnik tarkibiga doir yuqorida berilgan ma’lumotlar u yerdagi 
urug’ va qabilalarning geografik joylashuvini qatiy chegaralab qo’ya olmaydi. 
Chunki, turli tabiiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar tufayli turli etnik 
guruhlarning bir joydan ikkinchisiga ko’chib o’tish xollari tez-tez sodir bo’lib 
turgan.
O’z o’rnida, tabiiy sharoitning o’zgarishi, tashki xujumlar hamda o’zaro yer 
egaligi kurashlari nafaqat xonliklar hududida, balki butun mintaqada migratsion 
jarayonlarni yuzaga keltirgan. Bu xolat esa xonliklardagi demografii va 
etnodemografik o’zgarishlarga sabab bo’lgan.
Dashti Qipchoqdan kirib kelgan ko’chmanchi urug’-qabilalarning mahalliy 
aholi tarkibiga singib ketish jarayonining ayrim ko’rinishlari uchchala xonlikda ham 
bir xil kechganligi ko’zga tashlanadi. Buni mahalliy va chetdan kelgan aholi 
o’rtasidagi o’zaro nikoh munosabatlarida ko’rish mumkin.
Shuningdek, bu 
jarayonda xonliklarga turli etnik guruhlar bilan birga kirib kelgan til elementlari 
mintaqa aholisi so’zlashuvida yangi so’z va iboralarning paydo bo’lishiga ham 
sabab bo’lgan.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, turli omillar natijasida yuz bergan 
bu jarayonlar ayrim xollarda mintaqa aholisi tarkibining boyishiga va turli etnik 
guruhlarning bir-biri bilan aralashuviga, gohida ba’zi urug’-qabilalarning boshqa 
mintaqalarga chiqib ketishiga sabab bo’lgan. Buning oqibatida yuzaga kelgan 
etnointegratsion jarayonlar esa, xalqlarning madaniy hayoti hamda xo’jalik turmush 
tarzida o’zaro ta’sirni keltirib chiqargan. Turli ko’rinishlardagi an’ana, urf odatlar 
bir-birini boyitgan. Ayniqsa, ko’chmanchi chorvador aholining o’troqlashuvi 
yanada tezlashib, yashash tarzi va mashg’ulotida bir qator o’zgarishlarga olib 
kelgan.
Bu jarayonlar shubxasiz O’zbekistan xalki etnik tarixining muhim 


32 
bosqichlaridan biri sifatida davlatchiligimiz an’analarining so’nggi o’rta asrlardagi 
xolatini yoritishda katta ahmiyatga ega.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling