1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

Mavzuning maqsad va vazifasi O’rta Osiyo xonliklarining etnik tarkibini 
yoritib berish asosiy maqsadi, vazifasi esa
- XVI – XIX asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan 



manbalar va ularning umumiy tavsifini o’rganish;
- Buxoro xonligining etnik tarixini o’rganish;
- Xiva xonligida yashagan xalqlarning etnik holatini yoritib berish;
- Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganishdir.
Kurs ishining hajmi Kirish, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlardan iborat. 



1. XVI – XIX asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan 
manbalar va ularning umumiy tavsifi 
O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti haqida 
ma’lumot beruvchi O’rta asr manbalari shubxasiz tarixiy xotira va ma’naviy 
qadriyatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular voqelikning turli masalalarini aks 
ettiruvchi tarixiy yodgorlik sifatida aloxida ahamiyatga ega. Shu bilan birga tarixiy 
manbalarning murakkab xususiyatli tomonlari borki, ularning aksariyat qismi, biror 
hukmdorning topshirigiga binoan yozilgan bo’lib, ko’proq siyosiy voqealar 
bayonidan iborat bo’ladi. Shu jixatdan aniq masalani yaxlit yorituvchi asarlar 
mavjud bo’lmay, siyosiy voqealar bayonida xalqlarning iqtisodiy, madaniy, ayniqsa, 
etnik tarixiga doir kerakli ma’lumotlarni ajratib olib, tahlil qilish tadqiqotchidan 
aloxida e’tiborni talab qiladi. Bugungi kunga qadar katta miqdorda yetib kelgan 
Markaziy Osiyo tarixiga bag’ishlangan tarixiy asarlar ma’lum darajada tadqiq 
etilgan bo’lib, ulardan turli masalalarni o’rganishda foydalanilgan
7
.
Ko’plab tadqiqotlarning obyekt hamda manbaviy asosi bo’lib xizmat qilgan 
asarlar O’rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti hamda 
davlatlarning xalqaro munosabatlari tarixini yoritashda muhim manba sifatida ilmiy 
jamoatchilik orasida keng tarqalgan. Shunga qaramay, ushbu manbalardagi 
Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixiga oid ma’lumotlar xozirga qadar ilmiy 
muomalaga keng tortilmagan.
Manbalarda ko’rilayotgan masala yuzasidan 
ma’lumotlarning aks etashiga ko’ra umumiy va o’ziga xos jihatlar mavjud. 
Asarlarning barchasiga xos bo’lgan xususiyatlarni quyidagilarda ko’rish 
mumkin:
Tadqiqotga jalb etilgan manbalarning deyarli barchasi maxsus O’rta Osiyo 
xonliklari aholisi va uning etnik tarixiga bag’ishlab yozilmagan
8
.
Asarlarning 
aksariyatida xonlik aholisi tarkibini tashkil etgan etnik guruhlar biror siyosiy
iqtisodiy va madaniy voqea-xodisalar bayonida tilga olingan. Chunonchi, ushbu 
asarlarda urug’’, qabila nomlari biror mansab egasi yoki siyosiy jarayonlarda 
7
Карим Шониязов. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Т.: 2001. Б. 18. 
8
Ўрта осиё халқларининг этник тарихи ва минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс 
этиши. Масул мухаррир. Д. Алимова, А. Аширов. Т.: 2011. Б. 9.



ishtirok etgan shaxs nomi bilan keltirib o’tiladi.
Mavjud manbalardagi umumiy 
xususiyatlardan biri
yuqorida keltirilgan asarlarning deyarli barchasida biror etnik 
guruhning manzili, ularning turmush tarzi aks etgan ma’lumotlar u yoki bu tarzda 
uchraydi

Manbalarning xar birida xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlarni 
ko’rsatib beruvchi ma’lumotlar mavjud.
Yuqorida ta’kidlanganidek, so’nggi O’rta 
asrlarda O’rta Osiyo jumladan, Buxoro xonligi tarixini o’zida aks ettirgan juda 
ko’plab asarlar yaratilgan. Ularning deyarli barchasida Buxoro xonligi aholisining 
etnik tarkibi, hududda kechgan demografik, etnomadaniy va etnointegratsion 
jarayonlarga oid ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Biroq, ularning barchasini bir tadqiqot doirasida tahlil qilish imkoniyati 
yo’qligini hisobga olib, faqatgina ayrimlari misolida masalani yoritib berishga 
harakat qilindi. Aynan bunday turdagi manbalar qatorida Zahiriddin Muhammad 
Bobo’rning “Boburnoma”, Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mexmonnomai Buxoro”, 
Noma’lum muallifning “Tavorixi go’zida-i nusratnoma”, Mirza Muhammad 
Xaydarning “Tarixi Rashidiy”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, 
Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon va xaqiqat al-gilmon”, Mulla 
Sharafiddin A’lam ibn Nuriddin oxunning “Tarixi Sayyid Rokim”, Muhammadiyor 
ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod”, Muhammad Yusuf Munshiyning 
“Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, 
Abdurahmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon”, Mahmud ibn Valining “Baxr al-asror 
fi manokibi al-axyor”, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tarixi Koshg’ar”, 
Mirza Abdul Azim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya”, Xoja Samandar 
Termiziyning “Dastur ul- mulk”, Ahmad Donishning “Tarixi saltanati Mang’itiya” 
kabi turkiy va fors tillarida yozilgan asarlarni alohida ko’rsatib o’tish lozim
9

Yuqoridagi asarlarning mazmuni, yozilish tarixi, usuli, tahlili hamda ularning 
o’sha davr tarixini o’rganishdagi ahamiyati A.A. Semenov, B. Ahmedov, D.Y. 
Yusupova va R.P. Jalilovalar, M.X. Abuseitova va Y.G Baranovalar tomonidan 
chop etilgan kataloglar hamda manbashunoslikka bag’ishlangan asarlarda yoki 
9
Ўрта осиё халқларининг этник тарихи ва минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс 
этиши. Масул мухаррир. Д. Алимова, А. Аширов. Т.: 2011. B. 11. 



tarjima qilingan asarlarning kirish qismlarida batafsil bayon qilingan. Shu sababli 
mazkur qismda asosiy e’tibor ushbu asarlarning xonlik aholisi etnik tarixi va 
mintaqada kechgan demografik jarayonlarni yoritishdagi rolini ko’rsatib berishga 
qaratildi.
Buxoro xonligi aholisi etnik tarkibi va xonlikda kechgan demografik 
jarayonlarni tadqiq etish maqsadida jalb etilgan asarlarning ayrimlari yuqorida qayd 
etilgan umumiy xususiyatlar bilan birga ba’zi o’ziga xos jihatlarga ham ega.
Aynan 
shunday o’ziga xos jihatlar Zahiriddin Muhammad Bobo’rning “Boburnoma” 
asarida mavjud bo’lib, unda shahar va qishloqlarda istiqomat qilgan mahalliy 
aholining nomi,
ularning etnografiyasi hamda etnolingvistikasiga oid
ma’lumotlar 
bayon qilingan.
Jumladan, asar muallifining Andijon, Marg’ilon, Samarqand, Isfara shaharlari
aholisi to’g’risida bildirgan fikrlari bunga misol bo’ladi.
Shayboniyxonning harbiy 
yurishiga bag’ishlangan Fazlulloh ibn Ro’zbexonning “Mehmonnomai Buxoro” 
asari, ko’proq XVI asr boshlarida mintaqada kechgan demografik o’zgarishlar 
hamda turli urug’’ va qabilalar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kundalik 
mashg’ulotlariga oid ma’lumotlarning uchrashi bilan
ahamiyatlidir. Asardagi etnik 
masalaga doir ma’lumotlarning yana bir jihati shundan iboratki, ular ko’proq o’zbek 
urug’’lari, qozoq kabi aholi hamda xonlik hududida kechgan migratsion jarayonlar 
to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 
shayboniy Abdullaxon II (1583-1598)ga bag’ishlab yozilgan «Abdullanoma» 
asarida ham xonlik aholisi etnik tarixi maxsus faslda bayon etilmagan bo’lsada, 
boshqa manbalardan farqli ravishda muallif o’z asarida ayrim turkiy va mug’ul 
urug’’lari to’g’risida alohida saxifada to’xtalib o’tgan.
Unda muallif aholiga nisbatan “qavm” iborasini ishlatib, ayrim xolatlarda 
ularning etimologiyasini tahlil qilsa, ba’zida ularning siyosiy mavqei hamda 
geneologiyasiga izoxlar bergan.
Xususan, Hofiz Tanish Buxoriy biror bir urug’’ yoki 
qabila nomining etimologiyasini tahlil qilar ekan, uning nomini kelib chiqishini 
geografik joy nomi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Masalan muallifning ogojiri 
qavmi to’g’risidagi fikrlari bunga misol bo’ladi. Asarda yozilishicha, o’rmon 
chetlarini o’zlariga yurt va qarorgoh qilib olgan bir toifani O’g’o’zxon “og’och 



yeri”, ya’ni, “o’rmon kishisi” deb atagan. Hofiz Tanishning ta’kidlashicha, 
ogojirlarning barchasi shu toifadan bo’lgan.
Shuningdek, asar muallifi ba’zi qavmlar 
nomlarini yuz bergan biror vodqea va hodisa oqibatida vujudga kelganligini qayd 
etgan.
Jumladan, Hofiz Tanishning ko’rlik, xalaj qavmlarining nomini kelib 
chiqishi to’g’risida yuritgan fikridan ana shunday ma’noni anglash mumkin.
Qolaversa, asarda ayrim etnik guruhlarniig nomi ularning kundalik mashg’ulotlari 
bilan bog’liqligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud bo’lib, uni muallifning 
kelib chiqishi to’g’risida keltirgan ma’lumotidan anglash mumkin. Etnik masalaga 
oid ma’lumotlarni aks ettirishda o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan manbalardan yana 
biri XVII asrda yozilgan Mahmud ibn Valining “Baxr al-asror fi manokib al-axyor” 
asaridir. Uning boshqa manbalardan farqli jixati shundaki, ensiklopedik xarakterga 
ega, 7 jilddan iborat ushbu asarning “Geografiya” qismida muallif xonlik hududida 
yashagan ayrim urug’ hamda kabialalar va ularning siyosiy mavqei to’g’risida 
to’xtalgan.
Mahmud ibn Vali o’z asarining oltinchi jildini xulosa qismini 
Hindistonga qilgan sayohati, turk-mug’ul qabilalari hamda turli bayram 
tadbirlarining bayoniga bag’ishlagan
10
. Shu sababli asarning tarix va aynan etnik 
tarixga oid qismlarini o’zbek tiliga tarjima qilish bugungi kun tadqiqotchilari oldida 
turgan muhim vazifalardan biridir. Bu esa nafaqat O’zbekistan balki, butun 
Markaziy Osiyoning O’rta asrlardagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamda etnik 
tarixini muhim ma’lumotlar bilan boyitish imkoniyatini beradi.
Ashtarxoniy 
hukmdor 
Imomkulixon 
(1611-1642)ga 
atab 
yozilgan 
Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy” asari ham ko’rilayotgan 
masala bo’yicha ayrim o’ziga xos xususiyatlarni jamlaganligi bilan ajralib turadi. 
Unda Movarounnahr va Turkiston hududlariga Dashti Qipchoqdan kirib kelgan 
ko’chmanchi o’zbeklarning joylashuvi, turli etnik guruhlar o’rtasidagi nikoh 
munosabatlari borasida qiziqarli ma’lumotlar o’rin olgan. Jumladan, asarda 
shayboniy Dinmuhammadxonning (Shayboniy sultonlardan, XVI asr o’rtalarida 
Balx hokimi bo’lgan Pirmuhammadxoning o’g’li) Mashhad sayidlaridan biri, imom 
10
Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородных (География). - Т.: Фан, 1977. C. 51. 


10 
Rizo maqbarasining imomi Mirzo Abu Tolibning qizini o’z nikohiga olganligi 
to’g’risida so’z yuritilgan. Bu ma’lumot bir tomondan Buxoro xonligi aholisining 
boshqa hudud xalqi vakillari bilan amalga oshirgan o’zaro sulolaviy nikoh 
munosabatlari to’g’risida guvohlik bersa, ikkinchi tomondan, asli kelib chiqishi 
ko’chmanchi o’zbeklardan bo’lgan Shayboniy sulolasi vakillarining o’troq aholi 
bilan assimilyatsiyalashuvi jarayonini ko’rsatadi.
Dashti Qipchoqdan kelgan kyamanchi aholining xonlik mahalliy aholisi bilan 
ana shu tarzda assimilyatsiyalashuvi borasida yana ko’plab misollar keltirish 
mumkin. Bunta, noma’lum muallif tomonidan yozilgan “Tavorix-i guzida-i 
nusratnoma” asarida keltirilgan Shayboniyxon o’g’li Temur sultonning Termiz 
sayidlaridan birining Xonzoda ismli qizini o’z nikohiga olganligi haqidagi ma’lumot 
ham isbot bo’la oladi.
Bu nikoh munosabatlarining aksariyati hukmdorlar tomonidan 
xonlikda katta ta’sir kuchiga eta bo’lgan diniy ulamolarning qo’llab-quvvatlashiga 
erishish va shu orqali siyosiy mavqeini mustahkamlash maqsadida amalga 
oshirilgan. Yoki ayrim diniy ulamolar o’zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqei hamda 
iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish uchun ham shu yo’lni tutgan.
1938 yili Rossiya FA Sharqshunoslik instituti jamoasi tomonidan qadim 
zamonlardan boshlab, XIX asr 80-yillarigacha bo’lgan turkman xalqi tarixi bo’yicha 
ikki jildlik material nashr etalgan edi. Uning ikkinchi jildida ko’plab fors va turkiy 
tildagi manbalar qatorida «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz ud-davla», amaliy loyihasi 
doirasida olib borilgan tadqiqotning vaqt hamda boshqa ayrim tashkiliy jixatlardan 
cheklanganligi tufayli unda O’rta Osiyo tarixiga doir barcha manbalarni qamrab 
olish imkoni bo’lmadi. Shu jixdtdan, ayrim qo’shimcha manbalar, jumladan 
Ollomurod Annaboy o’g’li qalamiga mansub “O’g’uz, Olanquva, Shayboniynoma” 
asarini o’rganish, undagi etnik tarixga doir ma’lumotlarni tahlil qilish keyingi 
tadqiqotlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Asarning ahamiyatli tomoni 
shundaki, uch qismdan iborat asarning ikkinchi qismi Qo’ng’irotlar, ularning 
avlodlari va uchinchi qismi esa turklarning geniologiyasiga bag’ishlangan.
Xulosa o’rnida shuni qayd etish lozimki, ushbu tadqiqotda O’rta asr 
manbalarida keltirgan ma’lumotlarning asosli yoki asossiz ekanligi ba’zi xollarda 


11 
tegishli materiallarning yetarli emasligi tufayli tahlil qilinmadi. Zero, ayrim 
ma’lumotlar ushbu soha mutaxassislari o’rtasida bugungi kungacha turli baxslarga 
sabab bo’lmoqda. Shu jixatdan qisqa muddatda amalga oshirilgan loyixa doirasida 
tayyorlangan ushbu kurs ishida O’rta asr manbalarida Buxoro, Xiva va Qo’qon 
xonliklari etnik tarixi, unda kechgan demografii jarayonlar to’g’risida keltirilgan 
ma’lumotlar hamda ularning qanday shaklda hamda tartibda berilganligi bir qator 
O’rta asr manbalari misolida ko’rsatib berildi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling