1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

Mavzuning o’rganish darajasi Xususan, V.V. Bartold
2
, P.P. Ivanov
3
, B. 
Ahmedov
4
, K. Shoniyozov
5
, A. Asqarov
6
kabi yirik olimlarning ishlari bu borada 
tayanch vazifasini o’tadi. Masalaning o’rganilish tarixi hamda bugungi kungacha 
2
Бартольд В.В. Узбекские ханстаа / Соч. в 9 т-х. Москва: 1963. 
3
Иванов. П. Материали по истории Туркмен И туркмении ХВИ – ХИХ вв // Иранскиэ, бухарскиэ, хивинскиэ. 
М. Л. 1938.
4
Ахмедов Б. Узбекларнинг этник тарихини урганишда кулёзма манбаларни урни. Тарихдан сабокдар. 
Тошкент, 1994.
5
Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жарасни. Тошкент, 2001. 
6
Аскаров А.А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент, 2007. 



amalga oshirilgan ishlar ko’lami akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha 
ochib berilgan. K. Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G’arbiy 
yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining 
shovinistik nazariyalariga qarshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham 
batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan 
yakuniy xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug’’-qabilachilik 
an’analarini saqlab, asosan chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilik bilan 
kun o’tkazib kelgan Dashti Qipchoq o’zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib 
o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy 
iqtisodiy va madaniy birlik xosil bo’lganligi hamda buning asosida keyinchalik 
o’zbek millati tashkil topganligi ta’kidlangan.
Shuningdek, tadqiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim 
manbalargina muomalaga tortilgan. Ba’zi xolatlarda esa manbalardagi 
ma’lumotlarni keltirishda ba’zi jo’z’iy kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. 
Jumladan, XVI asrning 30- yillarida Buxoro hukmdorlarining yurishlari natijasida 
Xiva xonligi aholisining bir qismini turli hududlarga olib ketilish jarabni yoritilgan 
saxifalarda ayrim chalkashliklar, iqtiboslardagi noaniqliklar ko’zga tashlanadi. O’z 
o’rnida akademik B. Ahmedov ham o’zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo’lib 
shakllanishi masalasini tadqiq etishda qo’lyozma manbalarning muhim o’rin 
to’tishini alohida ta’kidlab o’tgan
3
. Olim ushbu muammoni yechishda arxeologik 
topilmalar, xitoy, arab, fors va turkiy tildagi yozma manbalar va qadimiy afsona, 
rivoyat, qissalarni o’rganish hamda tahlil qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. 
Jumladan, “Avesto”, qadimgi yunon manbalari, Firdavsiyning “Shohnoma”, 
Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’ati-turk”, Rashiduddinning «Jome ut-
tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», shuningdek, “Tavorixi go’zidai 
Nusratnoma”, Mahmud ibn Valining “Baxr ul-asror fi manokib al-axyor” kabi 
asarlarini ko’rsatib o’tgan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling