1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


 Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganish


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

4. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganish. 
Qo’qon xonligi aholisi murakkab etnik tarkibga ega bo’lib, aholining asosiy 
qismini mamlakatning turli qismlarida yashagan o’zbeklar tashkil qilgan. 
Tadqiqotchilar ularning tarkibini uch yirik subetnos tashkil qilishini ko’rsatib 
o’tadilar. Ularning birinchisini shahar va qishloqlarda qadimdan yashab kelgan 
o’troq aholi tashkil etib, bu guruh urug’-qabila tizimiga ega bo’lmagan. Ularni 
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi “sart” deb ataganlar
20
.
Ma’lumki, bu guruh O’rta Osiyo ikki daryo oraligida yashagan qadimgi 
turkiyzabon va forsiyzabon aholining assimilyatsiyasi natijasida shakllangan. 
Ikkinchi subetnos turkiylar bo’lib, ular turk va turk-mug’ul urug’laridan tashkil 
topgan va O’rta Osiyo hududiga Muhammad Shayboniyxon yurishlaridan oldin 
kelib joylashganlar. Bular – yag’mo, qarluq, chigil, ashpar, turukshar, chug’roq, 
qavchin, jaloyir, barlos, naymam, xitoy, ming, qirq, churas, chingli, baxrin, norin, 
tog’ay, dug’lot, o’tarchi, arg’in, biliqchi va boshqalar. Zahiriddin Muhammad 
Boburning Andijon aholisi haqidagi ushbu so’zlari mazkur toifadagi aholini aniq 
tavsifini o’zida ifodalagan. Boburning yozishicha: “Eli turkdir. Shahar va bozorisida 
turkiy bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rostdur. O’zbek aholisining 
uchinchi subetnosi Movarounnahrga XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida 
Muhammad Shayboniyxon bilan kelgan Dashti Qipchoq urug’larining avlodlari 
hisoblanadi. Ular tarkibiga – qo’ng’irotlar, qiyotlar, qatag’onlar, kenagaslar, 
mang’itlar, saroylar, yuzlar, qipchoqlar, uch-urug’ va boshqalar kirgan. Ular asosan 
Marg’ilon, Andijon, Aravon, o’sh va O’zgan atroflarida yashagan. Shuningdek, bu 
guruhga kirgan urug’lar Namangan, Chortoq, Naukat orasidagi yerlarni XVII asr 
oxiri - XVIII asrni boshlarida o’zlashtirib bu yerda ular o’troqlasha boshlaganlar
21
.
Qo’qon xonligi aholisining asosini tashkil qilgan o’zbeklar va boshqa 
etnoslarning etnik tarkibini o’rganishda, unga xolis baho berishda mahalliy 
20
Атаханов Ш. Цыгане Ферганской долины (Историкоэтнологическое исследование) Автореф. дис. ... канд. 
ист. наук. — Ташкент, 2005. C. 23. 
21
Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. (этнокультурные процессы). - 
Ташкент, 1991. C. 67.


24 
tarixnavislar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar muhim o’rin tutadi va bu tarix 
fanining murakkab va kam o’rganilgan masalalaridan biri hisoblanadi. Qo’qon 
xonligi aholisining etnik tarkibi va etnik guruhlarning joylashgan o’rni xususida 
Qo’qon tarixnavislari tomonidan yozilgan tarixiy asarlarda ayrim qimmatli 
ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularda aholi “jamoa”, “urug’ “elat”, “toifa”, “qabila” 
kabi iboralar bilan qayd etiladi.
1709 yilda Qo’qon xonligining tuzilishida Farg’ona vodiysida minglarning 
boshqa o’zbek urug’lariga nisbatan mavqei yuqori bo’lib, ular tomonidan yangi 
davlatta asos solindi. Bu haqida Muhammad Hakimxon «Muntaxab at-tavorix» 
asarining oxirgi faslida Qo’qon xonligini tashkil topishida minglarning muhim o’rin 
tutganligini e’tirof etib, unga “Minglar saltanati” deb sarlavxa qo’ygan. Qo’qon 
xonligi tarixiga doir barcha asarlarda xonlikni tashkil topishida minglarning o’rni 
alohida qayd etilgan.
Ilmiy jixatdan, «Muntaxab at-tavorix» asari Qo’qon 
xonligidagi turli o’zbek urug’lari vakillari ming, yuz, qipchoq, mang’it hamda 
qirg’iz, qozoq, tojik, qalmoq kabi xalqlar vakillarining xonlik hududida joylashishi 
va ularning xonlikdagi mavqei haqida qiziqarli ma’lumotlarni beruvchi manbalardan 
hisoblanadi.
Mazkur nomlari qayd etilgan urug’lar va xalqlar xonlikdagi siyosiy 
voqealarda faol ishtirok etganligi bois muallif Muhammad Hakimxon bu urug’lar va 
xalqlarni u
asarida aloxida tilga olgan.
Qo’qon xonligida aholining katta qismini 
tashkil etgan etnik guruhlardan biri qipchoqlardir. Qo’qon xonligida hokimiyatni 
egallash uchun qipchoq va ming urug’larining vakillari hamisha kurash olib borgan. 
Ayniqsa, XIX asrning 50-yillarida shunday voqealarning avj olganligi ko’pgina 
tarixiy manbalarda yoritilgan. Mirzo Olim Mushrifning “Ansob as-salotin va tavorix 
al-xavokin” asarida Musulmonkulining davlat boshqaruvi ishlarida Qipchoqlarga 
juda katta imtiyozlar va imkoniyatlar berib, boshqa etnik guruhlarga nisbatan turli 
tazyiqlar o’tkazganligi, hokimiyatni minglardan tortib olish uchun olib borilgan 
xarakatlar, buning natijasida Qipchoqlarga nisbatan boshqa urug’larning norozilik 
xarakatlari avj olishi keng yoritib berilgan.
Muallif bu ma’lumotlarni XIX asrning 50- yillarida yuz bergan siyosiy 


25 
voqealarga bog’liq xolda bayon qilingan.
«Muntaxab at-tavorix» asarida 
Qipchoqlarning asosan Andijon viloyatida joylashganligi ko’rsatib o’tilgan. “Ansob 
as-salotin va tavorix al-xavokin” asarida ham Qipchoqlarning joylashgan hududi 
Ikki Suv orasi deb qayd etiladi. Shuningdek, Muhammad Umar qori Umidiyning 
“Maktubchayi xon” asarida ham Qipchoqlar yashagan markaz sifatida Ikki Suv 
ko’satiladi. Ikki Suv orasini R. Nabiyev Andijon viloyatiga qarashli Baliqchi tumani 
ekanligini aytib o’tgan. Demak, Andijon viloyatining Baliqchi tumani hududidan 
o’tgan Norin va Qora daryo XIX asrlarda Ikki Suv deb yuritilgan. Shuni ham aloxida 
qayd etish lozimki, Qo’qon xonligida Qipchoqdar faqatgina Andijon viloyatida 
joylashibgina qolmasdan, xonlikning Namangan va Marg’ilon viloyatlari hamda 
Qo’qon atrofida ham yashagan.
Qo’qon xonligi aholisi tarkibida yuz, turk, afg’on, alsor urug’lari hamda 
qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, arablar ham yashaganligini Mirzo Olim Mushrif o’zining 
“Ansob as-salotin...” asarida qayd etib utadi. Xususan, asarda Sheralixonning (1842-
1845) taxtga o’tirishida muhim o’rin tutgan etnik guruhlar haqida ma’lumot 
berilgan. Qo’qon xonligida muhim o’rin tutgan etnik guruhlardan yana biri yuz 
urug’idir
22
.
Yuz urug’ini asosan xonlikning Xo’jand viloyatida joylashganligini 
manbalardagi ma’lumotlardan anglash mumkin. “Muntaxab at-tavorix” asari 
muallifining yozishicha, yuz urug’idan bo’lgan Oqbutabiy XVIII asrning 20-
yillarida Xo’jandda hokim edi. Xo’jand bu davrda Qo’qon xonligi tarkibiga 
kirgunga qadar mustaqil hokimlik bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, Xo’jandda yuz 
urug’ining mavqei baland bo’lganligi uchun mahalliy hokimiyatni o’z qo’llarida 
saqlab turganlar.
Shuningdek, yuz Qo’qon xonligi tarkibida bo’lgan O’ratepa va uning atrofida 
ham asosiy etnik qatlamni tashkil etgan. “Tarixi Muxojiron” asari muallifi Dilshodi 
Barno “yuz qabilasi”, “yuz beklari” deb O’ratepa hududining yuz urug’i vakillari 
tomonidan nazorat qilinganligiga urg’u beradi. XIX asrga oid rus manbalari ham 
xonlik tarkibida bo’lgan Xo’jand va O’ratepa viloyatida aholining etnik tarkibi 
22
Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ас-салотин ва таворих ал- хавокин. УзФА ШИ дулёзмаси, инв. № 1314.1 


26 
ko’prok yuz urug’i hamda tojikparas iborat bo’lganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, 
yuzlar Shaxrixon aholisining asosiy qismini ham tashkil etgan bo’lib, ular 1816 yilda 
Qo’qon xonligidagi harbiy-siyosiy harakatlar tufayli Umarxon tomonidan 
O’ratepadan bu yerga majburan ko’chirilgan.
Olimxonning (1798-1810) 
mamlakatni idora etishda olib borgan isloxotlari, ichki va tashki siyosati xonlik 
siyosiy mavqeining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu hukmdor ham, boshqa O’rta 
Osiyo hukmdorlari kabi, o’zi boshqarayotgan davlat hududini o’zga hukmdorlar 
tasarrufidagi yerlar hisobiga kengaytirishga xarakat qildi. Shuningdek, Olimxonning 
harbiy isloxoti natijasida tog’li tojiklardan iborat mahsus harbiy qism tashkil etilgan. 
Natijada, xonlikning markazida yana bir etnik guruhning joylashishiga imkoniyat 
yaratilgan.
Qo’qon xonligi tarixiga oid asarlarda tojiklar tub joy aholi vakillari sifatida 
talkin etilsa-da, tog’li tojiklarning, ya’ni Qorategin, Darvoz, XIX asr boshlarida 
Farg’ona vodiysining markaziy shaharlariga, ya’ni xonlikka kelib
boshlaganliklari 
ko’satiladi.
Umarxon (1810-1822) tomonidan Dashti Qipchoqning bir qismi xonlik 
tarkibiga kiritilishi natijasida bu hududda yashovchi qozoqlar ham xonlikning 
iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o’rin tutdi. Manbalarda ularga nisbatan “elat”, 
“elatiya”, “qozoq” hamda “qozoqiya jamoasi” deb ham qo’llanilgan. Qozoqlar 
to’g’risida Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Abu Ubaydulloh 
Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida kengroq ma’lumotlar beriladi. Asarda 
ko’rsatilishicha, Avliyootadan Pishpak va Olmaotagacha bo’lgan hududlarda asosan 
qozoqlarning turli urug’lari yashagan. 
Qo’qon xonligi aholisning etnik tarkibida qirg’izlar ham salmoqli o’rinni 
egallaydi. Xonlik tarixiga oid asarlarda qirg’izlarning bir necha urug’larga 
bo’linganligi va ularning joylashgan o’rni haqida ham ma’lumotlarni uchratish 
mumkin. Qirg’izlarning sulta, bug’u va saribog’ish urug’i Pishpakning Kiyiklik 
Singiri mavzesida istiqomat qilishgan. Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “Xulosat 
ul-axvol” asarida ham Pishpak atrofida sulta, bug’u va saribog’ish urug’i 
yashaganligiga oid ma’lumotlar qayd etiladi. Uloqchin urug’i esa Taloye mavzesida 
joylashgan bo’lib, Qo’qon hukmdori Sheralixon (18421845) taxtga o’tirgunga qadar 


27 
o’sha urug’ bilan birga yashagan edi.
Farg’ona vodiysining tog oldi hududlarida yashagan qirg’izlar xonlikning 
hududiy jixatdan katta viloyatlari Andijon va Namangan tarkibiga kirgan. Jumladan, 
A.Xasanovning ko’rsatishicha, Norin daryosining o’rta oqimidagi Kurtka va o’rta 
oqimining shimoliy qismida joylashgan, asosan, qirg’izlar yashaydigan Jumg’ol, 
Tugo’z To’ra hududlari Andijon viloyatining tarkibida bo’lgan. Qirg’izlarning 
janubiy o’lkalari bo’lgan Bo’stonterak va Toshqo’rg’on Marg’ilon viloyati tarkibiga 
kirgan bo’lsa, Ketmontepa va Talas hududi Namangan viloyatiga tegishli bo’lgan
23
.
Qo’qon xonligidagi lo’li, mazang, og’acha kabi mayda etnik guruhlar hamda 
hindlar haqida Po’lotjon domulla Qayyumiyning “Hoqand tarixi va uning adabiyoti” 
asarida boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar qayd etiladi. Mazkur asarda 
lo’lilarning dastlab Qo’qon shahrining janubiy-sharqidagi Kuyka qishlog’ida 
joylashgani e’tirof etiladi. Po’lotjon domulla Qayyumiy o’z asarida lo’lilar haqidagi 
ma’lumotlarni bir keksa lo’lidan eshitganligini qayd etadi. Shuningdek, “Ho’qand 
tarixi va uning adabiyoti” asarida Qo’qon xonlari harbiy qo’shinlarida ushbu etnik 
guruh vakillaridan iborat bo’lgan alohida mahsus qism bo’lib, ularning chavandozlik 
va jangovarlik qobiliyati ancha yuqori bo’lganligi qayd etiladi. Qo’qon xonligi 
tarixiga oid “Muntaxab at-tavorix”, “Ansob as-salotin...”, “Tarixi
Turkiston”, 
“Tarixi Shoxruxiy” kabi asarlarda Olimxon (17981810) hukmronligi davrida 
qo’shin tarkibida tog’li tojiklardan iborat maxsus qism tuzilganligi va ularning 
jangovar qobiliyati kuchli bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud
24
. Lekin ushbu 
asarlarda lo’lilar tilga olinmaydi. Aftidan lo’lilar ba’zi xollarda o’zlarini tojik 
millatiga mansub deb ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Qo’qon hukmdorlari tomonidan 
lo’li sarkardalariga shaharning shimoliy qismidan yashash uchun joy berilishi 
natijasida alohida lo’lilar mahallasi yuzaga kelganligini
Po’lotjon domulla 
Qayyumiy qayd etib o’tadi.
Yahudiylarning Farg’ona vodiysiga, xususan, Qo’qonga kelib o’rnashishi 
23
Абдуллаев У. Фаргона водийсида этнослараро жараёнлар — Тошкент, Янги аср авлоди. 1995. B. 83. 
24
Аскаров А.А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент, 2007. B. 216.


28 
so’nggi o’rta asrlarga to’g’ri keladi. Ularning chor Rossiyasi bosqinidan keyin juda 
ko’payib ketganligini Po’lotjon domulla Qayyumiy ta’kidlab o’tadi. Qo’qonda 
yashagan yahudiylarning bir qismi bo’yoqchilik bilan shug’ullanishgan bo’lsada, 
asosiy qismi chitfurush savdogarlar bo’lgan. Chorizm davrida ulgurji savdodan 
tashqari paxta savdosini ham o’z qo’llarida ushlashga erishganlar va bir necha paxta 
zavodlarini egalari ham yahudiylardan bo’lgan.
Qo’qonda hindlar ham yashagan bo’lib, ularning aynan Qo’qonga kachon 
kelganliklari haqida aniq ma’lumot berilmaydi. Shunisi qizikki, bunday ma’lumot 
faqatgina “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti asarida mavjud bo’lib, boshqa 
manbalarda uchramaydi. Ular asosan poytaxt Qo’qonning o’zida yashashgan. 
Po’lotjon domulla Qayyumiyning ma’lumotiga ko’ra, Qo’qonga kelib yashagan 
hindlar sudxo’rlik (pulni foizga berish) bilan shug’ullanishgan bo’lib, bu yerda ular 
oilasiz yashashgan.
“Xo’qand tarixi va uning adabiyoti” asari muallifi Po’lotjon domulla 
Qayyumiy 92 urug’dan 28 tasi Farg’ona vodiysida joylashgan deb qayd etsada, 
muallif ularning nomlarini ko’rsatmaydi.
Manbalardagi ma’lumotlarni taxlil qilish 
asnosida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo’qon xonligida yashagan aholining 
etnik tarkibi boshqa O’rta Osiyo xonliklaridagi kabi rang-barang bo’lgan. Shu bilan 
birga manbalardagi aholi etnik tarkibi va ularning joylashgan o’rni haqidagi 
ma’lumotlar tarqoq hamda
ayrim hollarda bir-biriga zid ekanligini, ular ustida 
aloxida tadqiqotlar olib borish lozimligini talab etadi.
Umuman olganda tadqiqot 
doirasiga tortilgan manbalar Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari aholisi etnik tarkibi, 
kundalik mashg’ulotlari, yashash turmush tarzi va ularning mamlakat siyosiy, 
iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi ishtiroki haqida tasavvur xosil qilish imkonini 
beradi.
Asarlardagi ma’lumotlar O’rta Osiyo xonliklari aholisi tarkibini qadimdan 
mintaqada yashab kelgan mahalliy o’troq hamda ko’chmanchi turmush tarziga ega 
bo’lgan etnik guruhlar tashkil etgan va yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida 
uning tarkibiga turli etnik guruhlarning kelib kushilishi davom etgan.
O’rta asr 
muarrixlarining bergan ma’lumotlariga ko’ra ayrim urug’-qabilalarning vakillari 


29 
uchchala xonlikda ham yashagan, ba’zilarining nomlari esa faqat bir davlat hududida 
uchraydi. Ushbu xolat bir tomondan davlatlarning hududiy chegarasini o’zgarib 
turishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan bu turli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy faktorlar ta’sirida mintaqada yuz bergan migratsion jarayonlar oqibatidir.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling