1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


12 
2. Buxoro xonligining etnik tarixini o’rganish.
XV asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyoda kechgan 
etnodemografik o’zgarishlar, xususan, Dashti Qipchoqdan ko’p sonli ko’chmanchi 
aholining Movarounnahr, Xorazm hududlariga kirib kelishi hamda ularning o’troq 
turmush tarziga o’tish jarayoni mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham o’z ta’sirini 
ko’rsatdi. Yagona siyosiy hududiy birlik o’rnida bu yerda Buxoro va Xiva xonligi, 
keyinchalik Qo’qon xonligi tashkil topishiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’ldi. 
Ushbu davlatlar orasida o’zining hududiy va siyosiy mavqeiga ko’ra Buxoro xonligi 
mintaqada o’ziga xos o’rinni egallagan edi
11
. Shayboniylar sulolasi davrida (1501-
1601) yuzaga kelgan ushbu davlat hududiga dastlab Movarounnahr, keyinchalik, 
Turkiston, Xuroson va ayrim xollarda Xorazm ham kirgan. Xonlikning hududiy 
chegarasi xaqidagi ushbu fikr ko’plab tadqiqotchilar, jumladan, V.V. Bartold va 
R.G. Muqminova kabi olimlarning ishlarida ham o’z aksini topgan.
Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asarida ham «Koshg’ar viloyati 
chegarasidan to Xorazmgacha va Dashti Qipchoq chegarasidan to Qandahor 
etagigacha bo’lgan yerlar, butun Movarounnahr, Xuroson, Turkiston va Xorazm 
uning tobeligiga o’tdi», deb ma’lumot beriladi. Buxoro xonligi hududi to’g’risidagi 
ushbu ma’lumot XVI asr ikkinchi yarmi, Shayboniy Abdullaxon II hukmronligi 
davriga tegishli bo’lib, yuqoridagi viloyatlar muntazam xonlik tarkibida bo’lmagan. 
Chunki XVI-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro 
urushlar hamda Eron va Hindistonning mintaqada o’z manfaatlarini o’rnatishga 
bo’lgan xarakatlari Buxoro xonligi hududining o’zgarib turishiga sabab bo’lgan. Bu 
xolat esa manbalarda xonlikning hududiy chegaralari to’g’risida turli xil 
ma’lumotlarni aks etishiga sabab bo’lgan
12
.
O’z navbatida ta’kidlash kerakki, davlat chegaralarining o’zgarib turishi 
xonlik aholisining etnik tarkibi va mikdoriga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ushbu jarayon 
o’rta asr mahalliy manbalarida ham aks etgan bo’lib, garchi asarlarda Buxoro xonligi 
11
Aхмедов Б. Историко-географическая литература Средней Азии XVI - XVIII вв. (Письменные источники). 
- Т.: Фан, 1985. C. 64. 
12
Zamonov. A, Egamberdiyev. A – Buxoro amirligi tarixi., T.: “Tamaddun”., 2022. B.27. 


13 
hududidagi aholi soni borasida aniq faktlar keltirilmasa-da, avvalgi qismlarda 
ta’kidlanganidek, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi hamda urf-odatlari, tili 
borasida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Chunonchi, bu davr manbalarida xonlik hududida mahalliy aholi ularning yashab 
kelayotgan joy nomi bilan tilga olinganligi ko’zatiladi. Jumladan, Muhammadiyor 
ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida Temuriylar va Shayboniylar 
o’rtasida Movarounnahr uchun bo’lib o ‘tan janglardan birini tasvirlash jarayonida 
Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi jangchilarga nisbatan mahalliy qo’shin 
askarlarining fe’l atvoridagi ustunlikni ko’rsatar ekan, muallif ularni – 
« movarounnahrliklar” deb, qayd etgan.
Hofiz Tanish ham o’zining “Abdullanoma” asarida mintaqa aholisiga nisbatan 
"Movarounnahr xashi” iborasini ishlatgan. Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi 
Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» kabi 
asarlarida esa ko’p xollarda ular shahar nomlari bilan ya’ni, "buxorolik ”, 
“samarqandliklar ”, "toshkentliklar ” tarzida keltirilgan.
Shuningdek, Zahiriddin 
Boburning “Boburnoma”, Ahmad Donishning «Tarixi salotini mang’itiya” 
asarlarida xonlik aholisiga nisbatan “el”, “elat” iboralari ham qo’llanilgan
13
.
Bundan 
tashqari o’rta asr muarrixlari o’z asarlarida Buxoro xonligidagi shahar aholisi 
to’g’risida so’z yuritganda ko’p xollarda ularni etnik nom bilan emas balki, ijtimoiy 
mavqei yoki kundalik mashgulotlari bilan ya’ni, dehqonlar, hunarmandlar, 
savdogarlar, ilm ahillari hamda diniy ulamolar deb atagan.
Shuningdek, manbalarda yana hunarmand aholi yashash joyidan kelib chiqib, 
shaharlik hamda qishloliq hunarmandlar toifasiga ajratilgan.
Moli yashash joyining 
geografik xususiyatiga qarab tasniflash xolatini Muhammad Amin Buxoriyning 
asarida ham kuzatish mumkin. Xususan, muallif Buxoro shahrida yashovchi xalqqa 
nisbatan shahriy, Miyonqol atrofida yashagan aholiga esa saxroyi atamasini 
qo’llagan. Shuningdek, mazkur atamani muallif Buxoro xoni saroyidagi 
amaldorlarni ta’riflash asnosida ham keltirib o’ttan. “Ubaydullanoma”dagi mazkur 
13
Ахмада Дониша. История Мангитской династии / Перевод, предисловие и примечания И.А. Наджафовой. 
Душанбе: Дониш, 1967. C.73. 


14 
ma’lumot bu davrda xonlik saroyida xizmat qilgan turli mansab egalari ham o’troq, 
ham ko’chmanchi aholi vakillaridan iborat bo’lganligini ko’rsatadi.
XVI asrda yaratilgan manbalar orasida Zahiriddin Muhammad Bobo’rning 
“Boburnoma” asarida mahalliy aholi haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Garchi 
asardagi voqealar XV asr oxiri - XVI asr boshlariga oid bo’lsa-da, uning davriy 
jixatdan yakinligini hisobga olib, mazkur asarni xonlik aholisining etnik tarixi 
to’g’risida ma’lumot beruvchi muhim manbalar qatoriga kiritish mumkin.
“Tarixi Muqimxoniy”da esa asar muallifi Imomqulixonning Balxga qilgan 
tashrifini tasvirlar ekan, "... shuningdek, barcha ulug’, taniqli va martabali kishilar, 
olimlar, o’zbek va tojik aholisining turli ijtimoiy qatlamlari vakillaridan harbiylar va 
taniqli kishilar chiqdi. Usha kuni bu uchrash hamda hammasi bo’lib tahminan 100 
000 kishi ishtirok etdi”, deb Balx shahri aholisining ma’lum miqdori va tarkibi 
haqida ma’lumot berish qatorida “o’zbek” va “tojik” atamalarini ishlatgan. Muallif 
bu yerda ushbu atamlarni kimlarga nisbatan ishlatgani to’g’risida izoh bermagan.
Manbalarda yana “92 o’zbek urug’’i” iborasi ham ishlatilib bu ma’lumotlar ularning 
aksariyati Buxoro xonligi hududida yashaganligini tasdiqlaydi.
Bu xolat Buxoro 
xonligi hududida qanday urug’’ va qabilalar yashaganligi to’g’risida ma’lumot olish 
imkonini beradi quyida manbalardagi ana shu ma’lumotlar asosida xonlik hududida 
yashagan urug’’ va qabilalar hamda ular bilan bog’liq jarayonlar alifbo tartibida 
keltiriladi:
Aymoq urug’’i, XVI-XVIII asrlarda yaratilgan manbalarda Buxoro 
xonligida yashagan bir etnik guruh sifatida tilga olinib, asarlarda yozilishicha, ular 
asosan Xuroson hududida istiqomat qilgan. Xususan, “Tarixi Muqimxoniy” va 
“Baxr al-asror fi manokibi al-axyor” asarlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, usha davrda 
aymoqlar asosan Qunduz hamda Balxning Chechaktu, Darayi suf, Karki, Maymana 
hududlarida yashagan.
“Ubaydullanoma” asarida esa xonlikda ma’lum bir mavqeyni egallagan 
ko’chmanchi aymoq urug’’iga mansub kishilar to’g’risida ma’lumot berilgan. 
Xonlik aholisi tarkibida arablar ham bo’lib, asarlarda yozilishicha, ular Buxoro, 
Qashqadaryo, Balx va boshqa hududlarda yashagan. “Baxr al-asror fi manokib al-
axyor” muallifi Balxning Xulm shahri atrofida ko’chmanchi arablar yashaganligini 


15 
ta’kidlasa, “Tarixi Muqimxoniy” asari muallifi arablar Balx hokimi Mahmudbiy 
otaliq qo’shinining asosiy tarkibini tashkil qilganligini qayd etgan.
Buxoro xonligi tarixiga oid manbalarda mamlakatda arg’un urug’i ham 
yashaganligi va ular o’ziga xos mavqeyni egallab, yuqori mansablarda faoliyat 
ko’rsatganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, “Boburnoma”da 
XVI asr birinchi yarmida Qorako’lda hokimlik qilgan Sulton Xusayin arg’un nomi 
tilga olingan. “Tarixi Muqimxoniy” asarida esa devonbegi lavozimida faoliyat 
ko’rsatgan Ali Said devonbegi arg’un nomi zikr etilib, u boshchiligidagi arg’un 
qabilasi Balxda Qipchoqlarga qarshi kurashda faol ishtirok etganligi yozilgan.
Barloslar nomi ham manbalarda tez-tez tilga olingan urug’’lardan biri 
hisoblanadi. Jumladan, “Boburnoma”, “Musaxxir al-bilod”da, nufuzli amirlar 
qatorida Shayx Abdullox barlos va boshqalar, temuriy hukmdor Boburmirzo 
qo’shini tarkibida faoliyat ko’rsatgan Qaro barlos, temuriy Badiuzzamonning xos 
amirlaridan Shohmuhammad barlos, Sulton Boyazid barlos, Amir Haydar Burunduq 
barlos, Shayboniyxonning rafiqalaridan biri Sevinch Qutluq Og’oning bobosi, 
buxorolik Amir Muhammad Burunduq barloslar nomi zikr etilgan
.
Asosan Zarafshon vodiysi hududida yashagan, uncha katta bo’lmagan 
urug’lardan biri burqut (barqut) urug’i hisoblanib, «Tarixi salotini mang’itiya” 
muallifi Amir Doniyol davrida parvonachi lavozimini egallagan Yodgor burqut 
hukmdorga qarshi bosh ko’tarish bilan birga Muhammad Aminxo’ja va Nurota 
hokimlarini ham xonga qarshi qo’yganligi to’g’risida ma’lumot bergan. 
Muhammadiyor ibn Arab Qatagan o’z asarida Xo’ja Muhammad sulton va Shox 
Budog’ sulton ibn Abulxayrxonlarning onalari barqut elidan bo’lganligi 
ta’kidlangan.
O’rta Osiyo xonliklari tarixini yorituvchi manbalarda ko’p 
uchraydigan urug’lardan biri bu do’rmonlar bo’lib, ular Buxoro xonligida katta 
kuchga va mavqega ega bo’lgan. “Abdullanoma” asari muallifi do’rmon urug’i 
to’g’risida ma’lumot keltirib, uning etimologik ma’nosini berishga xarakat qilgan
14

14
Ҳофиз Таниш ибн Мир Муҳаммад Бухорий. Абдулланома (Шарафномайи шохий) Биринчи нашр / I жилд. 
Форсчадан С. Мирзаэв таржимаси, нашрга тайёрловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи Б.А. Аҳмедов. - 
Тошкент: Фан, 1966. B.43. 


16 
Hofiz Tanishning yozishicha, do’rmon toifasi Nirundan tarqalgan bo’lib, ular 4 
o’g’il bo’lgan va o’zlari turgan joydan Chingizxonning viloyatiga kirishni istagan. 
Ular sol bog’lab (yogochlarni birlashtirib bog’lab suvda suzish uchun 
moslashtirilgan moslama), unda suzib Chingizxon viloyatiga kirgan va hozirgi 
do’rmon qavmi o’shalarning naslidan hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha, 
mo’g’ulchada “do’rmon” - “to’rt” degan ma’noni anglatadi.
Ashtarxoniylar davri 
tarixiga oid asarlarda esa yobular borasida ham ma’lumotlar berilgan bo’lib, unga 
qora yobular XVII -XVIII asrlarda kechgan etnik jarayonlarda faol ishtirok etgan. 
Shuningdek, Buxoro xonligi aholisi tarkibida jamshid, jobut kabi urug’lar 
bo’lganligi to’g’risida manbalarda kam bo’lsada ma’lumotlar uchraydi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, ularning ichida jamshid urug’i asosan Balxning 
Chechaktu hududida, jobut urug’i bugungi Qashqadaryo hududlarida yashagan.
XVII-XIX asrlarda Buxoro xonligida kechgan siyosiy jarayonlarda faol 
ishtirok etgan urug’lardan biri kenagaslar hisoblanib, ashtarxoniy Abulfayzxon va 
Mang’itlar sulolasi vakili Amir Haydar hukmronligi yillarida ularning xonga qarshi 
ko’zg’olon ko’targanligi mahalliy manbalarda bir necha bor tilga olingan. Asarlarda 
kenagaslar xonlikning Shahrisabz hududida yashaganligi qayd etiladi.
Buxoro xonligi hududida yashagan va undagi siyosiy jarayinlarda faol ishtirok 
etgan urug’lardan yana biri mang’itlar hisoblanib, ular to’g’risida manbalarda turli 
ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning 
“Musaxxir al-bilod” asarida mang’itlar haqida ma’lumotlar yozilib asar muallifi 
ularni asosiy yashash joyi sifatida Dashti Qipchoq hududini ko’rsatgan.
Jumladan, 
“Ubaydullanoma” asarida dastlab Shahrisabz hokimi etib tayinlangan keyinchalik 
parvonachi mansabini egallagan Xudoyor biy mang’it haqida so’z yuritilib, 
ma’lumotlar uni ashtarxoniylar
hukmronligi davrida o’ziga xos mavqega ega 
bo’lganligini tasdiqlaydi.
XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarda mang’itlar bir 
nom bilan atalgan bo’lsa, keyingi davr manbalarida esa mang’itlarning turli nomlari 
uchraydi. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya” 
nomli asarida Oqtepa mudofaasida ishtirok etgan qo’shin boshliqlari orasida 
Rahmonqulibiy parvonachi to’q mang’it ismi va qora mangitlar ham tilga olingan. 


17 
Bu urug’ni guruhlashtirish xolatini XIX asrda o’rtasiga, jumladan, Buxoroga tashrif 
buyurgan N. Xannikovning asarida ham ko’rish mumkin. Uning e’tirof etishicha, 
mang’itlar uch guruhga bo’linadi: to’q mangit, qora mang’it, oq mang’it. Ular 
asosan Buxoro va Qarshi atroflarida o’troq va yarim ko’chmanchi turmush tarzida 
yashagan.
Manbalarda ko’p tilga olinadigan urug’lardan yana biri minglar 
xisoblanib, ma’lumotlardan ayniksa ashtarxoniylar davrida ularning siyosiy 
jarayonlardagi roli kuchayganligini ko’rish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”, 
“Ubaydullanoma” va “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida bu davrda minglar o’troq va 
yarim ko’chmanchi tarzda hayot kechirib, asosan Shibirg’on, Karki, Maymana, 
Samarqandning Urgut, O’ratepa hududlari, shuningdek, Balxda yashaganligini va 
to’qsoba, devonbegi mansablarida faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ko’plab 
ma’lumotlar uchraydi.
Nayman urug’i ham xonliklar davrida o’ziga xos mavqega ega bo’lgan 
urug’lardan biri hisoblanib, XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarning deyarli 
barchasida ushbu urug’ nomi uchraydi. Masalan, nayman urug’ini Shayboniylar 
davrida, ayniqsa Abdullaxon II tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlarda faol 
ishtirok etganligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari “Ubaydullanoma” asarida 
Buxoroda, Termizning Derf qal’asida, Samarqandda yashagan naymanlar 
to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Asar muallifining yozishicha, naymanlar xon 
saroyida yuqori lavozimlarni egallab, hukmdorning chap tarafida o’tirgan. Bunga 
manbadagi to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ne’matullobiy to’g’risidagi 
ma’lumotni misol qilish mumkin. 
Asarlarda shuningdek, olchin urug’i vakillarining 
ma’muriy boshqaruvdagi faoliyatlari haqida so’z
 
yuritish imkonini beruvchi 
ma’lumotlar mavjud. Xususan, “Ubaydullanoma” asarida 1704-1705 yillarda 
Termizga qilingan yurishda qo’shinga bosh bo’lgan amaldorlar qatorida Boqi 
to’qsoba olchin nomi ham tilga olingan. Manbadagi bu ma’lumot uning vakillari 
Buxoro xonligida to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatib, xonlik harbiy yurishlarida 
faol ishtirok etganligini ko’rsatadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling