1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Xonliklar etnik
Mavzuning o’rganish darajasi Xususan, V.V. Bartold
2 , P.P. Ivanov 3 , B. Ahmedov 4 , K. Shoniyozov 5 , A. Asqarov 6 kabi yirik olimlarning ishlari bu borada tayanch vazifasini o’tadi. Masalaning o’rganilish tarixi hamda bugungi kungacha 2 Бартольд В.В. Узбекские ханстаа / Соч. в 9 т-х. Москва: 1963. 3 Иванов. П. Материали по истории Туркмен И туркмении ХВИ – ХИХ вв // Иранскиэ, бухарскиэ, хивинскиэ. М. Л. 1938. 4 Ахмедов Б. Узбекларнинг этник тарихини урганишда кулёзма манбаларни урни. Тарихдан сабокдар. Тошкент, 1994. 5 Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жарасни. Тошкент, 2001. 6 Аскаров А.А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент, 2007. 4 amalga oshirilgan ishlar ko’lami akademik K. Shoniyozov tomonidan atroflicha ochib berilgan. K. Shoniyozov tahlillarida ikkinchi jahon urushi arafasida G’arbiy yevropalik ayrim olimlar, xususan Germaniyada fashistik oqim namoyondalarining shovinistik nazariyalariga qarshi olib borilgan ishlar, ularning ilmiy ahamiyati ham batafsil yoritilgan. Olimning mavjud nazariy-ilmiy qarashlar yuzasidan bergan yakuniy xulosalari ham katta ahamiyatga ega. Xususan, urug’’-qabilachilik an’analarini saqlab, asosan chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilik bilan kun o’tkazib kelgan Dashti Qipchoq o’zbeklari Movarounnahr va Xorazmga kelib o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib borishlari natijasida umumiy iqtisodiy va madaniy birlik xosil bo’lganligi hamda buning asosida keyinchalik o’zbek millati tashkil topganligi ta’kidlangan. Shuningdek, tadqiqotda masalani yoritishda ushbu davrga oid ayrim manbalargina muomalaga tortilgan. Ba’zi xolatlarda esa manbalardagi ma’lumotlarni keltirishda ba’zi jo’z’iy kamchiliklarga ham yo’l qo’yilgan. Jumladan, XVI asrning 30- yillarida Buxoro hukmdorlarining yurishlari natijasida Xiva xonligi aholisining bir qismini turli hududlarga olib ketilish jarabni yoritilgan saxifalarda ayrim chalkashliklar, iqtiboslardagi noaniqliklar ko’zga tashlanadi. O’z o’rnida akademik B. Ahmedov ham o’zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo’lib shakllanishi masalasini tadqiq etishda qo’lyozma manbalarning muhim o’rin to’tishini alohida ta’kidlab o’tgan 3 . Olim ushbu muammoni yechishda arxeologik topilmalar, xitoy, arab, fors va turkiy tildagi yozma manbalar va qadimiy afsona, rivoyat, qissalarni o’rganish hamda tahlil qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Jumladan, “Avesto”, qadimgi yunon manbalari, Firdavsiyning “Shohnoma”, Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’ati-turk”, Rashiduddinning «Jome ut- tavorix», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», shuningdek, “Tavorixi go’zidai Nusratnoma”, Mahmud ibn Valining “Baxr ul-asror fi manokib al-axyor” kabi asarlarini ko’rsatib o’tgan. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling