1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


  3. Xiva xonligida yashagan xalqlarning etnik holati


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik

 


18 
3. Xiva xonligida yashagan xalqlarning etnik holati. 
1511 yilda mustaqil davlat sifatida tashkil topgan Xiva xonligining aholisi 
nafadat etnik, balki madaniy-iqtisodiy jixatdan ham bir biridan farq qiluvchi 
guruhlardan iborat bo’lgan. Shu jixatdan xonlik egallagan hudud ham uning 
tarkibiga kirgan aholi etnik qiyofasi, turmush tarzi haqida ma’lum darajada 
tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Manbalarda ko’rsatilishicha, Xiva xonligi 
asoschisi Elbarsxon davrida Xurosonning shimoliy qismlari, jumladan, Maxin va 
Durungacha bo’lgan yerlar, shuningdek, Balxon va Mang’ishloqdagi turkmanlar 
istiqomat qilgan hududlar Xiva xonligi tarkibiga kiritilgan
15
.
«Shajara-yi turk» asarida qayd etilishicha, So’fiyonxon davrida (1516-1522) 
Xiva xonligi hududlari ikkiga bo’lingan: suv bo’yi - Xevak, Hazorasp, Kat, 
Buldumsoz va Pingichka hamda tog’ bo’yi – Bog’obod, Nisoy, Obivard, Chaxordex, 
Maxna va Chacha (Chaxchak).
Asarda qayd etilganidek, Avaneshxon davrida 
(1526-1538) Xuroson etagidan to Astrobodgacha bo’lgan yerlar «Urganch 
podshohlariga talluqli bo’lib, ani tog’ bo’yi, Urganchni suv bo’yi» deganlar.
Musoxon davrida (1703/1704) Marv, Astrobod va tog’oldi hududlarining barcha 
shahar va qal’alari Xiva xonligiga jizya va xiroj soliqlarini to’lagan. Sherg’ozixon 
davrida (1714-1728) Orol qoraqalpoqlari, shuningdek, Marv shahri (Marv-i 
Shohijon) dan to Astrobod va Balxongacha, Atroq va Jurjon sohiligacha bo’lgan 
yerlarda yashovchi qizilbosh va turkmanlar xonlikka itoat etishgan hamda xonlik 
xazinasiga xiroj va turli tansuqot bilan soliq to’lab turishgan. Manbalarda, xususan, 
«Shajarayi turk»da katta hududni egallagan Xiva xonligi aholisi tarkibidagi etnik 
birlashmalar haqida ma’lumot berilar ekan, muallif tomonidan «jamoa», «ev», «el», 
«qavm», «urug’», «qabila», «xalq» kabi iboralar qo’llanilgan
16
. Lekin, turkmanlar 
yoki boshqa qabilalar xaqida so’z yuritilganda, ba’zan taka “xalqi”, ba’zan turkman 
“qabilasi” yoki “jamoasi”, ba’zi joylarda “urug’” iboralari bilan atalgan. 
Ma’lumotlarni o’rganish asosida shuni aniq qayd etish mumkinki, «ev» — 
15
Нуруллаева Ш. (Хоразм маъмун академияси) XIX аср охири - XX аср бошларида Хива хонлиги ахолиси 
хакдца баъзи маълумотлар. T.: 1994. B.21. 
16
Муниров К. Мунис, Огах,ий ва Баёнийларнинг тарихий асарлари. Тошкент, 1960. B.69. 


19 
oila, xonadon, yurt ma’nolarida kelgan. «...evi va eli» kabi hollarda birga 
qo’llanilgan. «El» — urug’, qabila sifatida ishlatilganligi kuzatiladi.
Xonlik 
aholisining asosiy qismi o’zbeklardan tarkib toptan bo’lib, ular aloxida imtiyozlarga 
ega bo’lgan. Xorazm voxasi sug’orilish tarixini chuqur tadqiq qilgan akdemik Y. 
G’ulomov bu masalaga atroflicha to’xtalib o’tgan. Olim ta’kidlaganidek, sug’orma 
dehqonchilik bilan shug’ullangan o’zbek urug’larining ariq va kanal boshlarida 
joylashishi xonlar tomonidan doim ta’minlab kelingan.
«Firdavs ul-iqbol» asarida keltirilgan qiziqarli ma’lumotlar so’ngi o’rta asrlar 
Xorazm voxasi aholisi tarkibidagi o’zbek urug’lari va ularning joylashuvi haqida 
yaqqolroq tasavvur qilish imkonini beradi
17
. Xususan, ushbu ma’lumotlarga 
tayangan xolda, Xiva xoni Abulg’ozixon (1644/45- 1663) tomonidan amalga 
oshirilgan isloxot natijasida birlashma — «tup»ga bo’lingan Amudaryo quyi oqimi 
o’zbek urug’lari tarkibini quyidagi jadval asosida ko’rib o’tish mumkin.
№ 
Bir to’pga kiritilgan 
urug’lar 
Urug’larga qo’shilgan 
urug’lar 
I. 
Uyg’ur, Nayman 
Do’rmon, yuz, ming, 
Shayx, burloq. 
II. 
Qiyot, Qo’ng’irot 
Jaloyer, eli, 
III.
Nukuz, Mang’it. 
Kenagas, Xo’jayli 
IV. 
Qang’li, Qipchoq. 
O’n to’rt urug’ 
Abulgozixon tomonidan o’tkazilgan isloxot urug’lararo kurashlarga chek 
qo’yish maqsadida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tadbir bo’lib, keyinchalik 
ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning o’troqlashish jarayonini 
kuchaytirish maqsadini ham ko’zda tutgan edi. O’tkazilgan bu tadbir Xiva xonligi 
tarixiga doir deyarli barcha tadqiqotlarda ko’rsatib o’tgan va qo’yilgan muammodan 
kelib chiqib, o’nta davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar yuzasidan 
baxo berilgan. Shunga qaramay, turli urug’larning bir tupga birlashtirilishi va 
17
Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. Б.118. 


20 
Amudaryo bo’ylab joylashtirilishi qanday prinsip asosida amalga oshirilganligiga 
alohida izoh berilmagan. Mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish asosida mamlakat 
siyosiy, iqtisodiy hayotini barqarorlashtirish maqsadini ko’zda tutgan ushbu tadbirni 
amalga oshirishda quyidagi jixatlarga e’tibor berilganligini tahmin qilish mumkin: 
- qabila va urug’larning asosiy mashg’uloti hamda turmush tarzi; 
- ularning xon qo’shiniga navkar yetkazib berish majburiyati; 
- siyosiy-harbiy ittifoqchiligi; 
- xonlik hayotida egallagan mavqei; 
Jumladan, Muhammad Rahimxon I ning Orolga qilgan yurishi davrida (XIX asr) 
«o’zbek sipohi» to’rt qismga bo’linib, qal’aning sharqiy qismiga qo’ng’irot va qiyot 
kun chiqar bilan qibla oralig’iga uyg’ur va naymam, ibla bilan kun botar orasiga 
nukuz
va mang’it, g’arbiy tarafiga o’n to’rt urug’ qo’shinlarining joylashtirilganligi 
ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi. Munis va Ogaxiy hamda Bayoniy ma’lumotlar'i 
asosida alohida tuplarga bo’lingan urug’larning Amudaryo bo’ylab joylashtiriligani 
ham ko’satib o’tish mumkin. Naymanlar Pitnakdan to Yangi Ariq va Urganchgacha 
bo’lgan Hazorasp hududlarini egallagan. Amudaryo bo’ylab naymanlardan 
pastroqda Urganch shahridan to Gurlan tumanigacha va Amudaryoning o’ng 
qirg’og’ida yerlarda uyg’urlar o’rnashgan.
Gurlandan to Lavzan irmog’igacha mang’itlar ulardan pastroqda daryo oqimi 
bo’ylab hamda deltaning (daryoning Orol dengiziga quyilishi atroflari) o’rta qismida 
nukuzlau va mang’itlarning yana bir qismi joylashgan. Juda qulay joy hisoblangan 
bu yerda Oroldan olib kelinadigan g’alla va chorva bilan savdo qilingan. 
«Firdavs ul-iqbol»da ham Avaz inoq davrida (1213/1798-99) sart jamoasi 
tilga olinib, ularning boshliqlaridan bir qator arboblar sanab o’tishgan. Shunisi 
e’tiborliki, Buxoro hukmdorlarining Xorazmga yurishi davrida majburan olib 
ketilgan aholi, asosan, ko’chmanchi o’zbek urug’laridan bo’lib, «sart» deb atalgan 
o’troq aholiga dahl qilinmagan. Xususan, «Shajarayi turk»da Ubaydullaxonning 
o’g’li Abdulazizxonning Urganchga yurishi davrida shahar tub aholisi sifatida qayd 
etilgan sartlar va aholi tarkibidagi turkmanlarga tegmagan xolda asosan 


21 
ko’chmanchi o’zbek urug’larining katta qismi olib ketilganligi qayd etilgan. Buning 
asosiy sababi shaharliklar va siyosiy jixatdan nisbatan bekaror bo’lgan turkmanlarni 
ko’chirib ketish ularning turmush tarzi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Sartlarning 
asosiy mashg’uloti hunarmandchilik va savdo bo’lsada, ulardan tashkil topgan 
harbiy bo’linmalar ham xonlik qo’shinida o’z o’rniga ega bo’lgan. Jumladan, 
“Firdavs ul-iqbol”da keltirilishicha, Muhammad Rahimxon I ning Orolga yurishi 
davrida “sart cheriki” xonning shaxsiy qo’shini tarkibida xizmat qilgan
18
. Jumladan, 
manbada shunday ma’lumot keltiriladi: “... xon sart cherikin re’kob-e xumoyun [xon 
xizmatida - N.A.] mulozamatida saqlab, o’zbek sipohiga qo’rg’onning to’rt joyini 
taqsim qildi”. 
N. Muravyev, V. Grigoryev, G.N. Danilevskiy kabi rus elchilarining 
kundaliklari hamda turli xorijiy shaxslarning “Safarnoma”larida (XIX asr) 
keltirilgan yozuvlarda ham sartlar haqida «ular bu yerda qadimdan yashab kelgan 
o’troq aholining katta qismini tashkil etgan hamda «o’lkaning haqiqiy va ilk 
egalaridir» degan, ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mahalliy manbalarda shahar 
aholisi ma’lum bir shahar nomi bilan atalganligini ko’rish mumkin. Jumladan, 
«Vazir xalqi», «Xonqah ahdi» va boshqalar deb berilgan. Xonlik aholisi etnik 
tarkibi, jumladan, turli etnoslar haqidagi ma’lumotlar manbalarda asosan keltirilgan 
siyosiy voqealar bayonida o’z aksini topgan. Ularda xonlik hayotida yuz bergan 
siyosiy voqealarda bevosita ishtirok etgan naymam, uygur, mang’it, qo’ng’irot, 
do’rmon, turkmanlarning bayot, taka, solur, chovdur, yovmut va boshqa urug’lari 
haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan.
Ma’lumotlar tahlili bu urug’larning joylashgan o’rni tabiiy sharoit va siyosiy 
voqealar tasirida o’zgarib turganligini ko’rsatadi. Shu o’rinda e’tibor berish lozimki, 
katta yurishlar vaqtida turkman va qoraqalpoqlarning birlashgan qo’shiniga 
extiyotkorlik yuzasidan xonning shaxsan u tomonidan tayinlangan o’zbek urug’lari 
vakillari bosh etib tayinlangan
19
. XIX asr xonlik aholisi tarkibida o’troq va 
18
Абулғози Баҳодирхон. Шажарайи турк. — Тошкент: Чўлпон, 1992. Б.121. 
19
Ўрта осиё халқларининг этник тарихи ва минтақада юз берган демографик жараёнларнинг манбаларда акс 
этиши. Масул мухаррир. Д. Алимова, А. Аширов. Т.: 2011. B. 56. 


22 
ko’chmanchi hamda yarim ko’chmanchi o’zbek urug’laridan tashkari kushni 
hududlardan kirib kelgan turli millat va etnik guruhlar ham mavjud edi. Zero, keng 
madaniy va iqtisodiy aloqalar, shuningdek o’rli demografik jarayonlar qo’shni 
hududlarda xorazmlik o’zbeklar guruhini tahsil etganidek, Xiva xonligi aholisining 
etnik tarkibiga turli elatlarning ham qo’shilishiga sabab bo’lgan. Jumladan, Xiva 
xonligi aholisi tarkibida turkman qabilalari ham salmokli o’rinni egallagan. Shuni 
ham qayd etish joizki, aholining bu etnik katlami xonlik hudududa Muqim 
yashamay, doimiy kuchib yurganligi, markaziy hokimiyat va turli kushni urug’lar 
bilan bo’lgan ziddiyatlar tufayli migratsion jarayonlarga kuchli ta’sir etganligi bilan 
ajralib turgan. 
Manbalarda turkmanlarning «toza qo’ng’irotlar» deb nomlangan urug’i 
haqida ma’lumot keltirib o’tilgan. «Qora yulgunli» deb ham atalgan bu urug’ning 
kelib chiqishi yovmutlar qulligidan ozod etilgan cho’rilarga bog’langan. Ozod 
bo’lganlarning farzandlari ko’payib, yovmutlar orasida yashab, ular singari 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelishgan. Lekin, yovmutlar ularga 
past nazar bilan qarab tazyiq o’tkaza boshlaganlar. O’z muammolarini Xiva xoni 
Olloqulixonga (1825-1842) yetkazgan ushbu urug’ vakillari yovmutlardan ajratib 
olinib, alohida Kubatog’ atroflaridagi Qora yulgun deb nomlangan joyga 
ko’chirilgan. Olloqulixon yovmutlar bilan kelishgan xolda, ularga o’zlarining 
ichidan saylangan vakil, baxshi, bek va sardor tayinlagan va o’zbek urug’laridan bir 
boshliq belgilab, urug’ga «toza qo’ng’irot» deb nom bergan.
Toza qo’ng’irotlar Olloqulixon va undan keyingi davrda xonlik qo’shinida 
xizmat qilishgan. XIX asrda Xiva xonligi tarkibida bo’lgan turkman qabilalari 
haqidagi ma’lumotlar yirik sharqshunos olim Y. Bregel tadqiqotlarida batafsil 
yoritilgan. Shunisi e’tiborliki, olimning tadqiqoti Xorazm turkmanlarining XIX 
asrdagi tarixini o’rganishga bag’ishlangan bo’lsa-da, XVI asrda ularning xonlik 
hududiga kelib joylashishi hamda keyingi XVII - XVIII asrlardagi xolati haqida ham 
qisqacha tavsif berib o’tilgan. 


23 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling