1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi
Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganish
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Xonliklar etnik
4. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganish.
Qo’qon xonligi aholisi murakkab etnik tarkibga ega bo’lib, aholining asosiy qismini mamlakatning turli qismlarida yashagan o’zbeklar tashkil qilgan. Tadqiqotchilar ularning tarkibini uch yirik subetnos tashkil qilishini ko’rsatib o’tadilar. Ularning birinchisini shahar va qishloqlarda qadimdan yashab kelgan o’troq aholi tashkil etib, bu guruh urug’-qabila tizimiga ega bo’lmagan. Ularni ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi “sart” deb ataganlar 20 . Ma’lumki, bu guruh O’rta Osiyo ikki daryo oraligida yashagan qadimgi turkiyzabon va forsiyzabon aholining assimilyatsiyasi natijasida shakllangan. Ikkinchi subetnos turkiylar bo’lib, ular turk va turk-mug’ul urug’laridan tashkil topgan va O’rta Osiyo hududiga Muhammad Shayboniyxon yurishlaridan oldin kelib joylashganlar. Bular – yag’mo, qarluq, chigil, ashpar, turukshar, chug’roq, qavchin, jaloyir, barlos, naymam, xitoy, ming, qirq, churas, chingli, baxrin, norin, tog’ay, dug’lot, o’tarchi, arg’in, biliqchi va boshqalar. Zahiriddin Muhammad Boburning Andijon aholisi haqidagi ushbu so’zlari mazkur toifadagi aholini aniq tavsifini o’zida ifodalagan. Boburning yozishicha: “Eli turkdir. Shahar va bozorisida turkiy bilmas kishi yo’qtur. Elining lafzi qalam bila rostdur. O’zbek aholisining uchinchi subetnosi Movarounnahrga XV asrning oxiri XVI asrning boshlarida Muhammad Shayboniyxon bilan kelgan Dashti Qipchoq urug’larining avlodlari hisoblanadi. Ular tarkibiga – qo’ng’irotlar, qiyotlar, qatag’onlar, kenagaslar, mang’itlar, saroylar, yuzlar, qipchoqlar, uch-urug’ va boshqalar kirgan. Ular asosan Marg’ilon, Andijon, Aravon, o’sh va O’zgan atroflarida yashagan. Shuningdek, bu guruhga kirgan urug’lar Namangan, Chortoq, Naukat orasidagi yerlarni XVII asr oxiri - XVIII asrni boshlarida o’zlashtirib bu yerda ular o’troqlasha boshlaganlar 21 . Qo’qon xonligi aholisining asosini tashkil qilgan o’zbeklar va boshqa etnoslarning etnik tarkibini o’rganishda, unga xolis baho berishda mahalliy 20 Атаханов Ш. Цыгане Ферганской долины (Историкоэтнологическое исследование) Автореф. дис. ... канд. ист. наук. — Ташкент, 2005. C. 23. 21 Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. (этнокультурные процессы). - Ташкент, 1991. C. 67. 24 tarixnavislar tomonidan yozib qoldirilgan asarlar muhim o’rin tutadi va bu tarix fanining murakkab va kam o’rganilgan masalalaridan biri hisoblanadi. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarkibi va etnik guruhlarning joylashgan o’rni xususida Qo’qon tarixnavislari tomonidan yozilgan tarixiy asarlarda ayrim qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lib, ularda aholi “jamoa”, “urug’ “elat”, “toifa”, “qabila” kabi iboralar bilan qayd etiladi. 1709 yilda Qo’qon xonligining tuzilishida Farg’ona vodiysida minglarning boshqa o’zbek urug’lariga nisbatan mavqei yuqori bo’lib, ular tomonidan yangi davlatta asos solindi. Bu haqida Muhammad Hakimxon «Muntaxab at-tavorix» asarining oxirgi faslida Qo’qon xonligini tashkil topishida minglarning muhim o’rin tutganligini e’tirof etib, unga “Minglar saltanati” deb sarlavxa qo’ygan. Qo’qon xonligi tarixiga doir barcha asarlarda xonlikni tashkil topishida minglarning o’rni alohida qayd etilgan. Ilmiy jixatdan, «Muntaxab at-tavorix» asari Qo’qon xonligidagi turli o’zbek urug’lari vakillari ming, yuz, qipchoq, mang’it hamda qirg’iz, qozoq, tojik, qalmoq kabi xalqlar vakillarining xonlik hududida joylashishi va ularning xonlikdagi mavqei haqida qiziqarli ma’lumotlarni beruvchi manbalardan hisoblanadi. Mazkur nomlari qayd etilgan urug’lar va xalqlar xonlikdagi siyosiy voqealarda faol ishtirok etganligi bois muallif Muhammad Hakimxon bu urug’lar va xalqlarni u asarida aloxida tilga olgan. Qo’qon xonligida aholining katta qismini tashkil etgan etnik guruhlardan biri qipchoqlardir. Qo’qon xonligida hokimiyatni egallash uchun qipchoq va ming urug’larining vakillari hamisha kurash olib borgan. Ayniqsa, XIX asrning 50-yillarida shunday voqealarning avj olganligi ko’pgina tarixiy manbalarda yoritilgan. Mirzo Olim Mushrifning “Ansob as-salotin va tavorix al-xavokin” asarida Musulmonkulining davlat boshqaruvi ishlarida Qipchoqlarga juda katta imtiyozlar va imkoniyatlar berib, boshqa etnik guruhlarga nisbatan turli tazyiqlar o’tkazganligi, hokimiyatni minglardan tortib olish uchun olib borilgan xarakatlar, buning natijasida Qipchoqlarga nisbatan boshqa urug’larning norozilik xarakatlari avj olishi keng yoritib berilgan. Muallif bu ma’lumotlarni XIX asrning 50- yillarida yuz bergan siyosiy 25 voqealarga bog’liq xolda bayon qilingan. «Muntaxab at-tavorix» asarida Qipchoqlarning asosan Andijon viloyatida joylashganligi ko’rsatib o’tilgan. “Ansob as-salotin va tavorix al-xavokin” asarida ham Qipchoqlarning joylashgan hududi Ikki Suv orasi deb qayd etiladi. Shuningdek, Muhammad Umar qori Umidiyning “Maktubchayi xon” asarida ham Qipchoqlar yashagan markaz sifatida Ikki Suv ko’satiladi. Ikki Suv orasini R. Nabiyev Andijon viloyatiga qarashli Baliqchi tumani ekanligini aytib o’tgan. Demak, Andijon viloyatining Baliqchi tumani hududidan o’tgan Norin va Qora daryo XIX asrlarda Ikki Suv deb yuritilgan. Shuni ham aloxida qayd etish lozimki, Qo’qon xonligida Qipchoqdar faqatgina Andijon viloyatida joylashibgina qolmasdan, xonlikning Namangan va Marg’ilon viloyatlari hamda Qo’qon atrofida ham yashagan. Qo’qon xonligi aholisi tarkibida yuz, turk, afg’on, alsor urug’lari hamda qirg’iz, tojik, qoraqalpoq, arablar ham yashaganligini Mirzo Olim Mushrif o’zining “Ansob as-salotin...” asarida qayd etib utadi. Xususan, asarda Sheralixonning (1842- 1845) taxtga o’tirishida muhim o’rin tutgan etnik guruhlar haqida ma’lumot berilgan. Qo’qon xonligida muhim o’rin tutgan etnik guruhlardan yana biri yuz urug’idir 22 . Yuz urug’ini asosan xonlikning Xo’jand viloyatida joylashganligini manbalardagi ma’lumotlardan anglash mumkin. “Muntaxab at-tavorix” asari muallifining yozishicha, yuz urug’idan bo’lgan Oqbutabiy XVIII asrning 20- yillarida Xo’jandda hokim edi. Xo’jand bu davrda Qo’qon xonligi tarkibiga kirgunga qadar mustaqil hokimlik bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, Xo’jandda yuz urug’ining mavqei baland bo’lganligi uchun mahalliy hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab turganlar. Shuningdek, yuz Qo’qon xonligi tarkibida bo’lgan O’ratepa va uning atrofida ham asosiy etnik qatlamni tashkil etgan. “Tarixi Muxojiron” asari muallifi Dilshodi Barno “yuz qabilasi”, “yuz beklari” deb O’ratepa hududining yuz urug’i vakillari tomonidan nazorat qilinganligiga urg’u beradi. XIX asrga oid rus manbalari ham xonlik tarkibida bo’lgan Xo’jand va O’ratepa viloyatida aholining etnik tarkibi 22 Мирзо Олим Мушриф. Ансоб ас-салотин ва таворих ал- хавокин. УзФА ШИ дулёзмаси, инв. № 1314.1 26 ko’prok yuz urug’i hamda tojikparas iborat bo’lganligini tasdiqlaydi. Shuningdek, yuzlar Shaxrixon aholisining asosiy qismini ham tashkil etgan bo’lib, ular 1816 yilda Qo’qon xonligidagi harbiy-siyosiy harakatlar tufayli Umarxon tomonidan O’ratepadan bu yerga majburan ko’chirilgan. Olimxonning (1798-1810) mamlakatni idora etishda olib borgan isloxotlari, ichki va tashki siyosati xonlik siyosiy mavqeining ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bu hukmdor ham, boshqa O’rta Osiyo hukmdorlari kabi, o’zi boshqarayotgan davlat hududini o’zga hukmdorlar tasarrufidagi yerlar hisobiga kengaytirishga xarakat qildi. Shuningdek, Olimxonning harbiy isloxoti natijasida tog’li tojiklardan iborat mahsus harbiy qism tashkil etilgan. Natijada, xonlikning markazida yana bir etnik guruhning joylashishiga imkoniyat yaratilgan. Qo’qon xonligi tarixiga oid asarlarda tojiklar tub joy aholi vakillari sifatida talkin etilsa-da, tog’li tojiklarning, ya’ni Qorategin, Darvoz, XIX asr boshlarida Farg’ona vodiysining markaziy shaharlariga, ya’ni xonlikka kelib boshlaganliklari ko’satiladi. Umarxon (1810-1822) tomonidan Dashti Qipchoqning bir qismi xonlik tarkibiga kiritilishi natijasida bu hududda yashovchi qozoqlar ham xonlikning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o’rin tutdi. Manbalarda ularga nisbatan “elat”, “elatiya”, “qozoq” hamda “qozoqiya jamoasi” deb ham qo’llanilgan. Qozoqlar to’g’risida Qo’qon xonligi tarixiga oid manbalar ichida Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida kengroq ma’lumotlar beriladi. Asarda ko’rsatilishicha, Avliyootadan Pishpak va Olmaotagacha bo’lgan hududlarda asosan qozoqlarning turli urug’lari yashagan. Qo’qon xonligi aholisning etnik tarkibida qirg’izlar ham salmoqli o’rinni egallaydi. Xonlik tarixiga oid asarlarda qirg’izlarning bir necha urug’larga bo’linganligi va ularning joylashgan o’rni haqida ham ma’lumotlarni uchratish mumkin. Qirg’izlarning sulta, bug’u va saribog’ish urug’i Pishpakning Kiyiklik Singiri mavzesida istiqomat qilishgan. Abu Ubaydulloh Toshkandiyning “Xulosat ul-axvol” asarida ham Pishpak atrofida sulta, bug’u va saribog’ish urug’i yashaganligiga oid ma’lumotlar qayd etiladi. Uloqchin urug’i esa Taloye mavzesida joylashgan bo’lib, Qo’qon hukmdori Sheralixon (18421845) taxtga o’tirgunga qadar 27 o’sha urug’ bilan birga yashagan edi. Farg’ona vodiysining tog oldi hududlarida yashagan qirg’izlar xonlikning hududiy jixatdan katta viloyatlari Andijon va Namangan tarkibiga kirgan. Jumladan, A.Xasanovning ko’rsatishicha, Norin daryosining o’rta oqimidagi Kurtka va o’rta oqimining shimoliy qismida joylashgan, asosan, qirg’izlar yashaydigan Jumg’ol, Tugo’z To’ra hududlari Andijon viloyatining tarkibida bo’lgan. Qirg’izlarning janubiy o’lkalari bo’lgan Bo’stonterak va Toshqo’rg’on Marg’ilon viloyati tarkibiga kirgan bo’lsa, Ketmontepa va Talas hududi Namangan viloyatiga tegishli bo’lgan 23 . Qo’qon xonligidagi lo’li, mazang, og’acha kabi mayda etnik guruhlar hamda hindlar haqida Po’lotjon domulla Qayyumiyning “Hoqand tarixi va uning adabiyoti” asarida boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlar qayd etiladi. Mazkur asarda lo’lilarning dastlab Qo’qon shahrining janubiy-sharqidagi Kuyka qishlog’ida joylashgani e’tirof etiladi. Po’lotjon domulla Qayyumiy o’z asarida lo’lilar haqidagi ma’lumotlarni bir keksa lo’lidan eshitganligini qayd etadi. Shuningdek, “Ho’qand tarixi va uning adabiyoti” asarida Qo’qon xonlari harbiy qo’shinlarida ushbu etnik guruh vakillaridan iborat bo’lgan alohida mahsus qism bo’lib, ularning chavandozlik va jangovarlik qobiliyati ancha yuqori bo’lganligi qayd etiladi. Qo’qon xonligi tarixiga oid “Muntaxab at-tavorix”, “Ansob as-salotin...”, “Tarixi Turkiston”, “Tarixi Shoxruxiy” kabi asarlarda Olimxon (17981810) hukmronligi davrida qo’shin tarkibida tog’li tojiklardan iborat maxsus qism tuzilganligi va ularning jangovar qobiliyati kuchli bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud 24 . Lekin ushbu asarlarda lo’lilar tilga olinmaydi. Aftidan lo’lilar ba’zi xollarda o’zlarini tojik millatiga mansub deb ko’rsatgan bo’lishi mumkin. Qo’qon hukmdorlari tomonidan lo’li sarkardalariga shaharning shimoliy qismidan yashash uchun joy berilishi natijasida alohida lo’lilar mahallasi yuzaga kelganligini Po’lotjon domulla Qayyumiy qayd etib o’tadi. Yahudiylarning Farg’ona vodiysiga, xususan, Qo’qonga kelib o’rnashishi 23 Абдуллаев У. Фаргона водийсида этнослараро жараёнлар — Тошкент, Янги аср авлоди. 1995. B. 83. 24 Аскаров А.А. Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент, 2007. B. 216. 28 so’nggi o’rta asrlarga to’g’ri keladi. Ularning chor Rossiyasi bosqinidan keyin juda ko’payib ketganligini Po’lotjon domulla Qayyumiy ta’kidlab o’tadi. Qo’qonda yashagan yahudiylarning bir qismi bo’yoqchilik bilan shug’ullanishgan bo’lsada, asosiy qismi chitfurush savdogarlar bo’lgan. Chorizm davrida ulgurji savdodan tashqari paxta savdosini ham o’z qo’llarida ushlashga erishganlar va bir necha paxta zavodlarini egalari ham yahudiylardan bo’lgan. Qo’qonda hindlar ham yashagan bo’lib, ularning aynan Qo’qonga kachon kelganliklari haqida aniq ma’lumot berilmaydi. Shunisi qizikki, bunday ma’lumot faqatgina “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti asarida mavjud bo’lib, boshqa manbalarda uchramaydi. Ular asosan poytaxt Qo’qonning o’zida yashashgan. Po’lotjon domulla Qayyumiyning ma’lumotiga ko’ra, Qo’qonga kelib yashagan hindlar sudxo’rlik (pulni foizga berish) bilan shug’ullanishgan bo’lib, bu yerda ular oilasiz yashashgan. “Xo’qand tarixi va uning adabiyoti” asari muallifi Po’lotjon domulla Qayyumiy 92 urug’dan 28 tasi Farg’ona vodiysida joylashgan deb qayd etsada, muallif ularning nomlarini ko’rsatmaydi. Manbalardagi ma’lumotlarni taxlil qilish asnosida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qo’qon xonligida yashagan aholining etnik tarkibi boshqa O’rta Osiyo xonliklaridagi kabi rang-barang bo’lgan. Shu bilan birga manbalardagi aholi etnik tarkibi va ularning joylashgan o’rni haqidagi ma’lumotlar tarqoq hamda ayrim hollarda bir-biriga zid ekanligini, ular ustida aloxida tadqiqotlar olib borish lozimligini talab etadi. Umuman olganda tadqiqot doirasiga tortilgan manbalar Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari aholisi etnik tarkibi, kundalik mashg’ulotlari, yashash turmush tarzi va ularning mamlakat siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi ishtiroki haqida tasavvur xosil qilish imkonini beradi. Asarlardagi ma’lumotlar O’rta Osiyo xonliklari aholisi tarkibini qadimdan mintaqada yashab kelgan mahalliy o’troq hamda ko’chmanchi turmush tarziga ega bo’lgan etnik guruhlar tashkil etgan va yuz bergan siyosiy jarayonlar natijasida uning tarkibiga turli etnik guruhlarning kelib kushilishi davom etgan. O’rta asr muarrixlarining bergan ma’lumotlariga ko’ra ayrim urug’-qabilalarning vakillari 29 uchchala xonlikda ham yashagan, ba’zilarining nomlari esa faqat bir davlat hududida uchraydi. Ushbu xolat bir tomondan davlatlarning hududiy chegarasini o’zgarib turishi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan bu turli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy faktorlar ta’sirida mintaqada yuz bergan migratsion jarayonlar oqibatidir. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling