1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Xonliklar etnik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Buxoro xonligining etnik tarixini o’rganish.
12 2. Buxoro xonligining etnik tarixini o’rganish. XV asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyoda kechgan etnodemografik o’zgarishlar, xususan, Dashti Qipchoqdan ko’p sonli ko’chmanchi aholining Movarounnahr, Xorazm hududlariga kirib kelishi hamda ularning o’troq turmush tarziga o’tish jarayoni mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yagona siyosiy hududiy birlik o’rnida bu yerda Buxoro va Xiva xonligi, keyinchalik Qo’qon xonligi tashkil topishiga sabab bo’lgan omillardan biri bo’ldi. Ushbu davlatlar orasida o’zining hududiy va siyosiy mavqeiga ko’ra Buxoro xonligi mintaqada o’ziga xos o’rinni egallagan edi 11 . Shayboniylar sulolasi davrida (1501- 1601) yuzaga kelgan ushbu davlat hududiga dastlab Movarounnahr, keyinchalik, Turkiston, Xuroson va ayrim xollarda Xorazm ham kirgan. Xonlikning hududiy chegarasi xaqidagi ushbu fikr ko’plab tadqiqotchilar, jumladan, V.V. Bartold va R.G. Muqminova kabi olimlarning ishlarida ham o’z aksini topgan. Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asarida ham «Koshg’ar viloyati chegarasidan to Xorazmgacha va Dashti Qipchoq chegarasidan to Qandahor etagigacha bo’lgan yerlar, butun Movarounnahr, Xuroson, Turkiston va Xorazm uning tobeligiga o’tdi», deb ma’lumot beriladi. Buxoro xonligi hududi to’g’risidagi ushbu ma’lumot XVI asr ikkinchi yarmi, Shayboniy Abdullaxon II hukmronligi davriga tegishli bo’lib, yuqoridagi viloyatlar muntazam xonlik tarkibida bo’lmagan. Chunki XVI-XIX asrlar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi o’zaro urushlar hamda Eron va Hindistonning mintaqada o’z manfaatlarini o’rnatishga bo’lgan xarakatlari Buxoro xonligi hududining o’zgarib turishiga sabab bo’lgan. Bu xolat esa manbalarda xonlikning hududiy chegaralari to’g’risida turli xil ma’lumotlarni aks etishiga sabab bo’lgan 12 . O’z navbatida ta’kidlash kerakki, davlat chegaralarining o’zgarib turishi xonlik aholisining etnik tarkibi va mikdoriga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ushbu jarayon o’rta asr mahalliy manbalarida ham aks etgan bo’lib, garchi asarlarda Buxoro xonligi 11 Aхмедов Б. Историко-географическая литература Средней Азии XVI - XVIII вв. (Письменные источники). - Т.: Фан, 1985. C. 64. 12 Zamonov. A, Egamberdiyev. A – Buxoro amirligi tarixi., T.: “Tamaddun”., 2022. B.27. 13 hududidagi aholi soni borasida aniq faktlar keltirilmasa-da, avvalgi qismlarda ta’kidlanganidek, aholining etnik tarkibi, turmush tarzi hamda urf-odatlari, tili borasida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uchratish mumkin. Chunonchi, bu davr manbalarida xonlik hududida mahalliy aholi ularning yashab kelayotgan joy nomi bilan tilga olinganligi ko’zatiladi. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida Temuriylar va Shayboniylar o’rtasida Movarounnahr uchun bo’lib o ‘tan janglardan birini tasvirlash jarayonida Dashti Qipchoqdan kelgan ko’chmanchi jangchilarga nisbatan mahalliy qo’shin askarlarining fe’l atvoridagi ustunlikni ko’rsatar ekan, muallif ularni – « movarounnahrliklar” deb, qayd etgan. Hofiz Tanish ham o’zining “Abdullanoma” asarida mintaqa aholisiga nisbatan "Movarounnahr xashi” iborasini ishlatgan. Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullanoma» kabi asarlarida esa ko’p xollarda ular shahar nomlari bilan ya’ni, "buxorolik ”, “samarqandliklar ”, "toshkentliklar ” tarzida keltirilgan. Shuningdek, Zahiriddin Boburning “Boburnoma”, Ahmad Donishning «Tarixi salotini mang’itiya” asarlarida xonlik aholisiga nisbatan “el”, “elat” iboralari ham qo’llanilgan 13 . Bundan tashqari o’rta asr muarrixlari o’z asarlarida Buxoro xonligidagi shahar aholisi to’g’risida so’z yuritganda ko’p xollarda ularni etnik nom bilan emas balki, ijtimoiy mavqei yoki kundalik mashgulotlari bilan ya’ni, dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ilm ahillari hamda diniy ulamolar deb atagan. Shuningdek, manbalarda yana hunarmand aholi yashash joyidan kelib chiqib, shaharlik hamda qishloliq hunarmandlar toifasiga ajratilgan. Moli yashash joyining geografik xususiyatiga qarab tasniflash xolatini Muhammad Amin Buxoriyning asarida ham kuzatish mumkin. Xususan, muallif Buxoro shahrida yashovchi xalqqa nisbatan shahriy, Miyonqol atrofida yashagan aholiga esa saxroyi atamasini qo’llagan. Shuningdek, mazkur atamani muallif Buxoro xoni saroyidagi amaldorlarni ta’riflash asnosida ham keltirib o’ttan. “Ubaydullanoma”dagi mazkur 13 Ахмада Дониша. История Мангитской династии / Перевод, предисловие и примечания И.А. Наджафовой. Душанбе: Дониш, 1967. C.73. 14 ma’lumot bu davrda xonlik saroyida xizmat qilgan turli mansab egalari ham o’troq, ham ko’chmanchi aholi vakillaridan iborat bo’lganligini ko’rsatadi. XVI asrda yaratilgan manbalar orasida Zahiriddin Muhammad Bobo’rning “Boburnoma” asarida mahalliy aholi haqida ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Garchi asardagi voqealar XV asr oxiri - XVI asr boshlariga oid bo’lsa-da, uning davriy jixatdan yakinligini hisobga olib, mazkur asarni xonlik aholisining etnik tarixi to’g’risida ma’lumot beruvchi muhim manbalar qatoriga kiritish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”da esa asar muallifi Imomqulixonning Balxga qilgan tashrifini tasvirlar ekan, "... shuningdek, barcha ulug’, taniqli va martabali kishilar, olimlar, o’zbek va tojik aholisining turli ijtimoiy qatlamlari vakillaridan harbiylar va taniqli kishilar chiqdi. Usha kuni bu uchrash hamda hammasi bo’lib tahminan 100 000 kishi ishtirok etdi”, deb Balx shahri aholisining ma’lum miqdori va tarkibi haqida ma’lumot berish qatorida “o’zbek” va “tojik” atamalarini ishlatgan. Muallif bu yerda ushbu atamlarni kimlarga nisbatan ishlatgani to’g’risida izoh bermagan. Manbalarda yana “92 o’zbek urug’’i” iborasi ham ishlatilib bu ma’lumotlar ularning aksariyati Buxoro xonligi hududida yashaganligini tasdiqlaydi. Bu xolat Buxoro xonligi hududida qanday urug’’ va qabilalar yashaganligi to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi quyida manbalardagi ana shu ma’lumotlar asosida xonlik hududida yashagan urug’’ va qabilalar hamda ular bilan bog’liq jarayonlar alifbo tartibida keltiriladi: Aymoq urug’’i, XVI-XVIII asrlarda yaratilgan manbalarda Buxoro xonligida yashagan bir etnik guruh sifatida tilga olinib, asarlarda yozilishicha, ular asosan Xuroson hududida istiqomat qilgan. Xususan, “Tarixi Muqimxoniy” va “Baxr al-asror fi manokibi al-axyor” asarlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, usha davrda aymoqlar asosan Qunduz hamda Balxning Chechaktu, Darayi suf, Karki, Maymana hududlarida yashagan. “Ubaydullanoma” asarida esa xonlikda ma’lum bir mavqeyni egallagan ko’chmanchi aymoq urug’’iga mansub kishilar to’g’risida ma’lumot berilgan. Xonlik aholisi tarkibida arablar ham bo’lib, asarlarda yozilishicha, ular Buxoro, Qashqadaryo, Balx va boshqa hududlarda yashagan. “Baxr al-asror fi manokib al- axyor” muallifi Balxning Xulm shahri atrofida ko’chmanchi arablar yashaganligini 15 ta’kidlasa, “Tarixi Muqimxoniy” asari muallifi arablar Balx hokimi Mahmudbiy otaliq qo’shinining asosiy tarkibini tashkil qilganligini qayd etgan. Buxoro xonligi tarixiga oid manbalarda mamlakatda arg’un urug’i ham yashaganligi va ular o’ziga xos mavqeyni egallab, yuqori mansablarda faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, “Boburnoma”da XVI asr birinchi yarmida Qorako’lda hokimlik qilgan Sulton Xusayin arg’un nomi tilga olingan. “Tarixi Muqimxoniy” asarida esa devonbegi lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ali Said devonbegi arg’un nomi zikr etilib, u boshchiligidagi arg’un qabilasi Balxda Qipchoqlarga qarshi kurashda faol ishtirok etganligi yozilgan. Barloslar nomi ham manbalarda tez-tez tilga olingan urug’’lardan biri hisoblanadi. Jumladan, “Boburnoma”, “Musaxxir al-bilod”da, nufuzli amirlar qatorida Shayx Abdullox barlos va boshqalar, temuriy hukmdor Boburmirzo qo’shini tarkibida faoliyat ko’rsatgan Qaro barlos, temuriy Badiuzzamonning xos amirlaridan Shohmuhammad barlos, Sulton Boyazid barlos, Amir Haydar Burunduq barlos, Shayboniyxonning rafiqalaridan biri Sevinch Qutluq Og’oning bobosi, buxorolik Amir Muhammad Burunduq barloslar nomi zikr etilgan . Asosan Zarafshon vodiysi hududida yashagan, uncha katta bo’lmagan urug’lardan biri burqut (barqut) urug’i hisoblanib, «Tarixi salotini mang’itiya” muallifi Amir Doniyol davrida parvonachi lavozimini egallagan Yodgor burqut hukmdorga qarshi bosh ko’tarish bilan birga Muhammad Aminxo’ja va Nurota hokimlarini ham xonga qarshi qo’yganligi to’g’risida ma’lumot bergan. Muhammadiyor ibn Arab Qatagan o’z asarida Xo’ja Muhammad sulton va Shox Budog’ sulton ibn Abulxayrxonlarning onalari barqut elidan bo’lganligi ta’kidlangan. O’rta Osiyo xonliklari tarixini yorituvchi manbalarda ko’p uchraydigan urug’lardan biri bu do’rmonlar bo’lib, ular Buxoro xonligida katta kuchga va mavqega ega bo’lgan. “Abdullanoma” asari muallifi do’rmon urug’i to’g’risida ma’lumot keltirib, uning etimologik ma’nosini berishga xarakat qilgan 14 . 14 Ҳофиз Таниш ибн Мир Муҳаммад Бухорий. Абдулланома (Шарафномайи шохий) Биринчи нашр / I жилд. Форсчадан С. Мирзаэв таржимаси, нашрга тайёрловчи, сўз боши ва изоҳлар муаллифи Б.А. Аҳмедов. - Тошкент: Фан, 1966. B.43. 16 Hofiz Tanishning yozishicha, do’rmon toifasi Nirundan tarqalgan bo’lib, ular 4 o’g’il bo’lgan va o’zlari turgan joydan Chingizxonning viloyatiga kirishni istagan. Ular sol bog’lab (yogochlarni birlashtirib bog’lab suvda suzish uchun moslashtirilgan moslama), unda suzib Chingizxon viloyatiga kirgan va hozirgi do’rmon qavmi o’shalarning naslidan hisoblanadi. Muallifning ta’kidlashicha, mo’g’ulchada “do’rmon” - “to’rt” degan ma’noni anglatadi. Ashtarxoniylar davri tarixiga oid asarlarda esa yobular borasida ham ma’lumotlar berilgan bo’lib, unga qora yobular XVII -XVIII asrlarda kechgan etnik jarayonlarda faol ishtirok etgan. Shuningdek, Buxoro xonligi aholisi tarkibida jamshid, jobut kabi urug’lar bo’lganligi to’g’risida manbalarda kam bo’lsada ma’lumotlar uchraydi. Ma’lumotlarga qaraganda, ularning ichida jamshid urug’i asosan Balxning Chechaktu hududida, jobut urug’i bugungi Qashqadaryo hududlarida yashagan. XVII-XIX asrlarda Buxoro xonligida kechgan siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan urug’lardan biri kenagaslar hisoblanib, ashtarxoniy Abulfayzxon va Mang’itlar sulolasi vakili Amir Haydar hukmronligi yillarida ularning xonga qarshi ko’zg’olon ko’targanligi mahalliy manbalarda bir necha bor tilga olingan. Asarlarda kenagaslar xonlikning Shahrisabz hududida yashaganligi qayd etiladi. Buxoro xonligi hududida yashagan va undagi siyosiy jarayinlarda faol ishtirok etgan urug’lardan yana biri mang’itlar hisoblanib, ular to’g’risida manbalarda turli ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Muhammadiyor ibn Arab Qatag’onning “Musaxxir al-bilod” asarida mang’itlar haqida ma’lumotlar yozilib asar muallifi ularni asosiy yashash joyi sifatida Dashti Qipchoq hududini ko’rsatgan. Jumladan, “Ubaydullanoma” asarida dastlab Shahrisabz hokimi etib tayinlangan keyinchalik parvonachi mansabini egallagan Xudoyor biy mang’it haqida so’z yuritilib, ma’lumotlar uni ashtarxoniylar hukmronligi davrida o’ziga xos mavqega ega bo’lganligini tasdiqlaydi. XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarda mang’itlar bir nom bilan atalgan bo’lsa, keyingi davr manbalarida esa mang’itlarning turli nomlari uchraydi. Jumladan, Mirza Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini Mang’itiya” nomli asarida Oqtepa mudofaasida ishtirok etgan qo’shin boshliqlari orasida Rahmonqulibiy parvonachi to’q mang’it ismi va qora mangitlar ham tilga olingan. 17 Bu urug’ni guruhlashtirish xolatini XIX asrda o’rtasiga, jumladan, Buxoroga tashrif buyurgan N. Xannikovning asarida ham ko’rish mumkin. Uning e’tirof etishicha, mang’itlar uch guruhga bo’linadi: to’q mangit, qora mang’it, oq mang’it. Ular asosan Buxoro va Qarshi atroflarida o’troq va yarim ko’chmanchi turmush tarzida yashagan. Manbalarda ko’p tilga olinadigan urug’lardan yana biri minglar xisoblanib, ma’lumotlardan ayniksa ashtarxoniylar davrida ularning siyosiy jarayonlardagi roli kuchayganligini ko’rish mumkin. “Tarixi Muqimxoniy”, “Ubaydullanoma” va “Tarixi Abulfayzxon” asarlarida bu davrda minglar o’troq va yarim ko’chmanchi tarzda hayot kechirib, asosan Shibirg’on, Karki, Maymana, Samarqandning Urgut, O’ratepa hududlari, shuningdek, Balxda yashaganligini va to’qsoba, devonbegi mansablarida faoliyat ko’rsatganligini tasdiqlovchi ko’plab ma’lumotlar uchraydi. Nayman urug’i ham xonliklar davrida o’ziga xos mavqega ega bo’lgan urug’lardan biri hisoblanib, XVI-XIX asrlarda yozilgan manbalarning deyarli barchasida ushbu urug’ nomi uchraydi. Masalan, nayman urug’ini Shayboniylar davrida, ayniqsa Abdullaxon II tomonidan amalga oshirilgan harbiy yurishlarda faol ishtirok etganligini kuzatish mumkin. Bundan tashqari “Ubaydullanoma” asarida Buxoroda, Termizning Derf qal’asida, Samarqandda yashagan naymanlar to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Asar muallifining yozishicha, naymanlar xon saroyida yuqori lavozimlarni egallab, hukmdorning chap tarafida o’tirgan. Bunga manbadagi to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatgan Ne’matullobiy to’g’risidagi ma’lumotni misol qilish mumkin. Asarlarda shuningdek, olchin urug’i vakillarining ma’muriy boshqaruvdagi faoliyatlari haqida so’z yuritish imkonini beruvchi ma’lumotlar mavjud. Xususan, “Ubaydullanoma” asarida 1704-1705 yillarda Termizga qilingan yurishda qo’shinga bosh bo’lgan amaldorlar qatorida Boqi to’qsoba olchin nomi ham tilga olingan. Manbadagi bu ma’lumot uning vakillari Buxoro xonligida to’qsoba lavozimida faoliyat ko’rsatib, xonlik harbiy yurishlarida faol ishtirok etganligini ko’rsatadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling