1. Xyusining harajatlari Mohiyati va tarkibi


Istye’mol tanlov omillari


Download 214.25 Kb.
bet10/19
Sana02.12.2023
Hajmi214.25 Kb.
#1780310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Xо‘jalik Yurituvchi sub’yektning baho siyosati va baholarni shakllantirish

Istye’mol tanlov omillari almashtiriladigan tovarlar tizimida tovarning raqobatdoshligini aniqlab beradi. Tovar va mahsulotlarni sotib oluvchilar, ular bilan raqobat qiluvchilar, raqobat tovarlari bilan tovarning almaShuvchanligi, almashtiri-ladigan yoki о‘zaro almashtiriladigan tovarlarning taqqoslanishi yehtiyojning tarkibiy tuzilmasini belgilab beradi. Bu yerda Shu tovarni yoki Shu tovar bozorini ularni tо‘ldiradigan tovarlar yoki ularni tо‘ldiradigan tovarlar bozori bilan taqqoslash katta ahamiyatga yega.
Taklif omillari mol yetkazib beruvchi-sotuvchi tomonidan tovarning taklif bahosini о‘rnatishga yordam beradi. Bu yerda bozorga taklif qilinayotgan tovarning umumiy soni va XYUS tomonidan bozorga yetkazib berilayotgan tovarning sonini (bо‘lishi mumkin bо‘lgan boshqa mol yetkazib beruvchilarda Shu tovarning zaxiralarini va XYUS dagi zaxiralarni qо‘shgan holda) bilish juda muhim. Undan sо‘ng tovarni bozorda sotishdagi ishlab chiqa-rish va muomala xarajatlariga, Shuningdyek, tovarni ishlab chiqa-rishda foydalanilgan ishlab chiqarish omillari va ishchi kuchining bahosiga aniqlik kiritib olish kerak. Odatda, tabiiy resurslar, kapital va mehnatning baholari cheklanadi. Davlat va ijtimoiy fondlarga soliqlar, aksizlar va boshqa tо‘lovlar hamda ajratma-lar, bojlar ajratiladi. Foyda va uning investisiyalarga, ryezyerv va sug’urta fondlariga, dividyendlar va boshqa maqsadlarga taqsim-lanishi aniqlanadi.
Muqobil ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog’liq bо‘l-gan omillar ham mavjud. Bu yerda gap XYUS ishlab chiqarish imko-niyatlaridan maksimal foydalanilganda mahsulotlarning maksi-mal almaShuvchanligi, ya’ni mahsulotlarning ishlab chiqarish alma-Shuvchanligi, Shuningdyek, muqobil texnologiyalarning ham maksi-mal almaShuvchanligi xususida kyetayapti. Qisqasi, bu yerda ish barcha ishlab chiqarish omillarining – tabiiy resurslar, kapital, myeh-natning – maksimal almaShuvchanligiga borib taqaladi. Ana Shu-lar asosida muqobil chiqimlar atroflicha tо‘liq aniqlanadi va bu narsa baholarni shakllantirishda hisobga olinadi.
Baholarni shakllantirishning XYUS tomonidan nazorat qi-linadigan va nazorat qilinmaydigan omillari alohida ajra-tiladi. Birinchi guruhga kiruvchi omillarga XYUS ning Yuqori rahbarlik organlari va uning funksional xizmatlari tomonidan boshqariladigan omillar kiradi. Ikkinchi guruh yesa XYUS ning о‘ziga bog’liq bо‘lmagan omillaridan tashkil topadi. Iqtisodiyot-ning asosiy bug’inini bu omillarga moslashtirish о‘z faoliyatida nazorat qilinmaydigan omillarning talablarini hisobga olgan holda nazorat qilinadigan qismini boshqarish yо‘li bilan amalga oshiriladi.

Real xо‘jalik amaliyotida baholarni shakllantirishning Yuqo-rida kо‘rib о‘tilgan xususiyatlarini inobatga oluvchi yoki olmay-digan baholar stratyegiyasining butun bir tizimi mavjud. Quyida ularning yeng muhimlarini kyeltirib о‘tamiz.



Download 214.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling