r - manbadan nuqtagacha bo`lgan masofa;
H - nur manbaining poldan balandligi; θ - nuqta o`rnashgan tekislikni pol sathiga nisbatan og’ish burchagi, grad; d – nurning gorizontal soyasi, m; Yorug’lik oqimi usulida hisoblashda, yuzani yoritish uchun zarur bo’lgan yoritgichlar soni quyidagicha aniqlanadi.
N H Em · K3 · S · Z / η · Fl
bunda, Em – yoritilganlik me`yori, lk;
K3 – zahira koeff (1,3-1,5);
S – yoritilajak yuza, m2;
Z – yorug’likni notekislik koeff (1,1-1,15); η – yoritilgichlarni foydalanish koeffitsienti.
Bu yerda, a va b – binoning buyi va eni, m.
h - yoritgichning yoritilayotgan yuzadan balandligi, m
5. Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik, ishchi-hodimlar salomatligiga zarar yetkazmasligi uchun u ko`zni zo`riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Korxonalarda yoritishga doir talablar quyidagilardan iborat:
-yoritish qurilmasi yorug’ligining spektral tarkibi quyosh yorug’liginikiga yaqin bo`lishi;
-bajariladigan ishlarning turi va aniqligiga qarab, yoritilganlik darajasi etarlicha bo`lishi hamda gigiyena talablariga mos kelishi;
-ish joyida to`g’ri tushadigan va qaytgan yorug’liklar bo`lmasligi;
-me`yorlarga muvofiq, korxona binolariga avariya yoritgichlari o`rnatilishi;
-xavfli ish o`rinlari yuqori darajada yoritilgan bo`lishi;
-yoritish qurilmalari xavfli hamda zararli omillar hisoblangan, ya`ni shovqin, elektr quvvati, issiqlik chiqarish va yong’in chiqarish manbalari bo`lmasligi;
-nazorat o`lchash asboblari, xavfsizlik signalizatsiyasi ishonchli va uzluksiz yoritilishi;
-yoritilish bir tekis va turg’un bo`lishi, soyalar hosil qilmasligi kerak. Aks holda inson ko`zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o`zgarib turishi natijasida, ko`rish organlarining toliqish holati ro`y beradi. Yoritgich lampalari yorug’lik tarqatish hususiyatiga ko`ra uch sinfga bulinadi:
to`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi;
nur yoyuvchi;
nur qaytaruvchi lampalar.
To`g’ridan-to`g’ri nur tarqatuvchi lampalar sinfiga, quyi yarim aylanasi
bo`ylab o`z nurining tahminan 90% ni tarqatadigan lampalar kiradi.
Nur yoyuvchi lampalar o`z nurlarini yuqori va quyi aylanalar o`rtasida taqsimlashga asoslangan bo`lib, umumiy nurni yuqori va quyi sfera buylab tarqatadi hamda har qanday soyalarga barham berib, yorug’likni bir tekisda tarqatish imkoniyatini beradi. Bunday lampalar ship va devorlari yorug’lik qaytarish hususiyatiga ega bo’lgan binolarga o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |