10 – laboratoriya ishi. Cho’G’lanma lampochkaning qarshiligini va quvvatini aniqlash ishning maqsadi


Download 53.87 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi53.87 Kb.
#1580527
  1   2   3
Bog'liq
10LAB


10 – laboratoriya ishi.
CHO’G’LANMA LAMPOCHKANING QARSHILIGINI VA QUVVATINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: cho’g’lanma elektr lampochkasining ist’emol qiladigan quvvqtuni hamda R qarshiligini amperimetr va voltmetr yordamida tajribada aniqlashdan iborat.
Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai, kalit, jilgichli reostat, cho’lg’anma elektr lampochkasi, o’zgarmas tok amperimetri va voltmetri, ulash simlari.
Nazariy ma’lumotlar:
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalarga osonlik bilan aylanadi, shuning uchun ham elektr energiyasining foydalanish sohalari kengdir. M: elektr plitkasida, cho’g’lanma lampada elektr energiyasi issiqlikka aylanadi.
Zanjirdagi elektr toki energiyasining boshqa turdagi energiyalarga aylanishining o’lchovi tokning ishidan iborat. Agar elektr zanjiridagi iste’molchida EYuK manbai bo’lmasa, zanjirda sarflangan elektr energiyasi ichki energiyaga aylanadi, ya’ni issiqlik ta’siriga sarf bo’ladi. Zanjirning bir qicmida o’zgarmas tokning bajargan ishi A ni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(1)
Elektr tokining ishi XBS da J (Joul) birlikda o’lchanadi:
Bu yerda I – zanjirdan o’tayotgan tok kuchi, U – zanjirning biror qicmidagi kuchlanish, t – tokning o’tish vaqti.
(1) formula zanjirning bir qicmidagi tokning bajargan ishini hisoblash imkonini beradi. Tok o’tganda zanjirning qizishi sababli ajralgan issiqlik miqdorini hisoblashda U ning o’rniga ni olish kerk. U holda ushbu tenglamani yoza olamiz:
(2)
Elektr zanjiridagi tokning quvvati, zanjirning bir qicmidan o’tayotgan tokning vaqt birligida bajargan ishini xarakterlaydi: (3)
Agar (3) formulaga A ning (1) dagi ifodasini qo’ysak, tok quvvatining quyidagi ifodasini yozish mumkin:
(4)
Tok quvvati XBS da W (yoki Vt - vatt) birliklarda o’lchanadi.
Elektr zanjiridagi cho’g’lanma lampochkaninig R omik qarshiligini quyidagi formuladan toppishimiz mumkin: (5)
Zanjirdagi R qarshilik Ω (Om) o’lchov birlikda o’lchanadi.

Download 53.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling