10- mavzu: budjet- soliq siyosati reja
-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi
Download 445.13 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu Bank tizimi. Pul-kredit siyosati
10.2-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi 2 Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi. Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi va davlat xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va budjet funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog`liq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog`liq. t qancha yuqori bo`lsa T chizig`i shuncha tik bo`ladi. Davlat budjetidan beriladigan transfertlar hajmi 2 Агапова Т.А., Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство ―Дело и сервис‖, 2013. 25-с. o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog`liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik bo`lsa, G chizig`i ham shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani sari budjetga soliq to`lovlari oshaveradi, budjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi. Davlat xarajatlari daromadga bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda t qanchalik katta bo`lsa T chizig`i shuncha tik va iqttisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning ta‘minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi. O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini , uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin. To`liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni to`liq bandlik sharoitida budjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi. Davriy taqchillik ko`pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi. Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 1. Pul-kredit emissiyasi; 2. Davlat zayomlarini chiqarish; 3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish. 4. Xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirish. Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflatsiyaga olib keladi. Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. Ya‘ni, soliq to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga olib keladi. Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag`batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo`yadi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul hisoblansada inflatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baholar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Soliq tushumlarini ko`paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o`tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi. Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag`larini olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi. Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli budjetdagi ortiqcha mablag`larni muzlatib qo`yish budjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir. Barqarorlashtirishning dastlabki bosqichida olib borilgan izchil makroiqtisodiy siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi va 2003, 2004 yillarda YaIM ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992 yilda 12 %). Bu umumetirof etilgan 3 % li me‘yordan ancha past ko`rsatkichdir. Budjet taqchilligi asosan noinflatsion usullar bilan, ya‘ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirildi. Respublikamizda o`tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta‘lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. Mamlakatmizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik muhim begilaridan biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi. Xususan, keyingi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo‘lsa-da, soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarilishi hamda davlat budjeti xarajatlarini manzili va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida budjet profitsit bilan ijro etilmoqda. 10.3-rasmdan ko`rishimiz mumkinki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 20052008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling