10- mavzu: budjet- soliq siyosati reja
-rasm. O`zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ko`rsatkichlarining
Download 445.13 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu Bank tizimi. Pul-kredit siyosati
10.3-rasm. O`zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ko`rsatkichlarining
bajarilish darajasi, YaIMga nisbatan foizda 3 Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o`zining salbiy ta‘sirini ko`rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. 2016 yilda ham maqsadga muvofiq yo`naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlari uning xarajatlaridan ortish hajmi YaIMning 0,1 foizi darajasida bo`lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo`lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o`zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo`lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o`tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo`nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta‘sir ko`rsatdi. Budjet taqchilligining kuchayishi muqarrar ravishda davlat qarzini keltirib chiqaradi. Ya‘ni, budjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanib, u ichki va tashqi qarzlardan iborat bo`ladi. O`zbekistonda tashqi qarz masalasiga mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki pallasidanoq har tomonlama chuqur o`ylangan va mulohaza qilingan holda yondoshildi. 10. 4-rasm. O`zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi, YaIM ga nisbatan % da 4 . O`zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat‘iy va muhim tamoyillar, jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog`liq emasligi, ularning umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga yo`naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 3 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma‘lumotlari 4 O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma‘lumotlari 2014 yil yakunlariga ko`ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 15 foizni tashkil etishiga imkon yaratdi. Download 445.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling