10- mavzu: budjet- soliq siyosati reja


Download 445.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi445.13 Kb.
#1648457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu Bank tizimi. Pul-kredit siyosati

  
 
C=a+bY  
  
Bu yerda: Y=C+I+G
– yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy 
ayniya t ;



1  
 Y= --------------- (a+I+G)  
1-b ( 1-t)  
Bu yerda: 1 / (1-b(1-t) – yopiq iqtisodiyotda xarajatlar multiplikatori; t 
– chegaraviy soliq stavkasi.
t =ΔY/ΔT
Bu yerda: ΔT – to`lanadigan soliqlar miqdorining o`sishi; ΔY 
– daromadlarning o`sishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi va ishlab chiqarish 
hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori soliqqa tortish 
hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan ancha kichikroq miqdorga ega, 
chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib
muomaladan chiqadi va maltiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Bu ikkala formulani 
solishtirganda ham ko`zga tashlanadi. Shuningdek ochiq iqtisodiyotda oshgan 
daromadlarning bir qismi importga yo`naltirilishi oqibatida muomaladan chiqib 
ketishi tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli ishlab 
chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:
  
Y=C+I+G+Xn  
 C=a+b(1-t) x Y  
Xn=g-m‘Y  
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo`yib, echsak 
quyidagi echimga ega bo`lamiz:
 
Y= ------------------- (a+I+G+g)  
1(1-b(1-t)+m‘  
Bu yerda: 1 / 1(1-b(1-t)+m‘ ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multiplikatori.
Muvozanatli daromadlar darajasiga soliqlarni kamaytinish ham multiplikativ 
ta‘sir ko`rsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak, tasarrufdagi daromad 
darajasi ΔT ga oshadi. Iste‘mol xarajatlari mos tarzda ΔTx b (bu yerda b-iste‘molga 
chegaraviy moyillik) miqdorga oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig`ini 
yuqoriga siljitadi, milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga oshiradi.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta 
o`zgarishi oqibatida iste‘molning bir necha bor o`zgarishiga boqliq.

Download 445.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling