10. Korxona mahsulotlariga narxni shakillanishi


Download 156.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi156.57 Kb.
#1161138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu

Xarid baholari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida 
ishlatiladi. 
Dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qo‘llaniladi. 
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifalari orqali ta’sir etadi. 
Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi 
va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. 
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan 
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar 
va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun 
resurslami sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz. 
Baholashning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 
• ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan 
foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan 
savdo markazlarida uchratish mumkin; 
• chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. 
Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining 
xarajati va foydasini oladi; 


• nufuzli baholar. Bu baholardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar 
sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi; 
• dotatiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan 
baholarda olinadi; 
• davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan bo’yurtma 
berilganda qo‘llaniladi; 
• mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga 
belgilanadi; 
• milliy va jahon baholari-alohida tovaming baynalminal xarajatlari. Bunda 
jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi; 
• standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha 
o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi; 
• preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, xaridor uchun 
bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi; 
• ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish 
mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho 
ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchga 
ajratadi. Ya’ni maksimal (engyuqori), minimal (eng past) va obyektiv baho; 
• maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) – bu muzokaralarni shu bahodan 
boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir; 
• minimal baho - (qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baho) – bu Tovar 
narxining shunday ko‘rsatkichiqi, tadbirkor muzokaralar davomida undan 
tushmaslikka harakat qiladi; 
• ob’ektiv baho - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u 
yoki bu tovaming o‘rtacha bahosidir. 

Download 156.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling