Eslatma. Bu tenglamalar muvozanat tenglamalariga o’xshasada, ular muvozanat tenglamalariga o’xshasada, ular muvozanat tenglamalari o’xshasada, ular muvozanat tenglamalari emas, chunki ichki kuchlar har xil nuqta va jismlar sistemasiga qo’yilgan va bu kuchlar nuqta (jism)larni bir-biriga nisbatan harakatlantirishi mumkin. Bu tenglamalardan ko’rinadiki, ichki kuchlar bir butun deb qaraladigan sistemaning harakatiga ta’sir qilmaydi
Moddiy nuqtalar massalarining markazi. Sistema harakatini to’liq yozish uchun masalar markazi deb ataladigan geometrik nuqta kiritiladi, uning radius-vektori qo’yidagi ifoda orqali aniqlanadi:
bunda M – butun sistemaning masasi:
Massalar markazi formulalari og’irliq markazi formulalariga o’xshash. Ammo massalar markazi tushunchasi ancha umumiyroq, chunki u tortishish kuchi yoki og’irliq kuchiga bog’liq emas.
Inertsiya momentlari nazariyasi elementlari.
Qattiq jismning aylanma harakatida aylanish o’qiga nisbatan inertsiya momenti inertsiya o’lchovi hisoblanadi (harakatni o’zgarishiga qarshilik qiluvchi).
Inertsiya momentining ta’rifi va uni hisoblash usullari haqidagi asosiy tushunchalarni qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |