10-ma`ruza mavzu: мехаnik tizim dinamikasiga kirish mа`ruzа rеjаsi


Download 371.43 Kb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi371.43 Kb.
#1042600
  1   2   3   4
Bog'liq
Asilbek


10-ma`ruza
MAVZU: МЕХАNIK TIZIM DINAMIKASIGA KIRISH
Mа`ruzа rеjаsi:

  1. Mexanik sistema haqida tushuncha. Tashqi va ichki kuchlar. Sistemaning massasi. Massalar markazi.

  2. O’qqa nisbatan inertsiya momenti. Inertsiya radiusi.

  3. Mexanik sistema massalari markazining harakati haqidagi teorema.

  4. Mexanik sistema massalar markazining harakati haqidagi teoremadan kelib chiqadigan asosiy qonunlar

  5. Inersiya momenti nazariyasi elementlari

Mexanik sistema dinamikasi.
Moddiy nuqtalar sistemasi yoki mexanik sistema deb ta’sirlashish qonunlari umumiy bo’lgan va o’zaro ta’sirlashayotgan moddiy nuqtalar yoki moddiy jismlar to’plami aytiladi. (Har bir nuqta yoki jismning holati yoki harakati qolgan barcha nuqtalar holati yoki harakatiga bog’liq).
Erkin nuqtalar sistemasi deb harakati hech qanday bog’lanish bilan cheklanmaydigan (masalan, planetalar sistemasi, bunda planeta nuqta deb qaraladi) sistemaga aytiladi.
Erkin bo’lmagan nuqtalar sistemasi yoki erkin bo’lmagan mexanik deb moddiy nuqta yoki jismning harakati sistemaga qo’yilgan bog’lanishlar yordamida cheklangan bo’ladigan sistemaga aytiladi (masalan, mexanizm, mashina va boshqalar).
Sistemaga ta’sir qiluvchi kuchlar. Oldin ma’lum bo’lgan kuchlar klassifikatsiyasiga qo’shimcha ravishda yangi kuchlar (aktiv va reaktiv kuchlar) klassifikatsiyasi kiritiladi.:

  1. Tashqi kuchlar (e) deb nuqta yoki jismlar sistemasiga, sistema tarkibiga kirmaydigan nuqta va jismlar tomonidan ta’sir qiladigan kuchlarga aytiladi.

  2. Ichki kuchlar (i) deb sistemaga kiradigan moddiy nuqta va jismlar orasidagi o’zoro ta’sir kuchlariga aytiladi. Bitta kuchning o’zi ham, ham tashqi, ham ichki kuch bo’lishi mumkin. Bunda qanaqa mexanik sistema qaralayotganiga bog’liq.

Masalan: quyosh sistemasida, yer (E) va oy (O) orasidagi o’zaro tortishish kuchlari ichki kuch hisoblanadi. Agarda yer va oy sistemasi qaralsa quyosh (Q) tomonidan qo’yiladigan o’zaro tortish kuchlari tashqi kuch hisoblanadi.
Ta’sir va aks ta’sir qonuniga ko’ra, har bir Fk ichki kuchga modul jihatidan teng va qarama-qarshi tomonga yo’nalgan boshqa bir Fk`ichki kuch mos keladi. Bundan ichki kuchlarning ikkita ajoyib xossasi kelib chiqadi:

    1. Barcha ichki kuchlarning bosh vektori nolga teng bo’ladi:

R i  Fki  0.

    1. Barcha ichki kuchlarning ixtiyoriy markazga nisbatan bosh momenti

MOi M kOi  0.

nolga teng bo’ladi:
Yoki uning koordinata o’qlaridagi proektsiyalari:




X ki  0; Yki  0; Zki  0.






M kxi  0; M kyi  0; M kzi  0.




Download 371.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling