ishqalanish koeffitsienti kichik, issiqlikni yaxshi o’tkazadigan, yeyilishga
chidamli va o’zida moyni saqlay olish xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holda
vkladish va vtulkani yeyilishga chidamliligi val sapfasining chidamliligidan kam
bo’lishi kerak. Chunki, valning tannarxi qimmat, almashtirish esa qiyin, podshipnikni
almashtirish esa oson. Val sapfalari yeyilishini kamaytirish uchun termik qayta
ishlanadi.
Ichquyma materiallari ishqalanish koeffitsienti kam, yeyilishga chidamli, issiqlik
o‘tkazuvchan, zanglamaydigan xususiyatlarga ega bo‘lib, metall, metallokeramika va
metalmas materiallardan tayyorlanadi.
Vallar, asosan, po’lat materiallardan tayyorlanadi. Podshipnik vkladishi va
vtulkalar esa quyidagi keltirilgan antifriksion materiallardan tayyorlanadi.
1. Bronzalar – keng miqyosida katta va o’ta katta seriya bo’yicha ishlab chiqarish
mashinalarida ishlatiladi.
2. Latunlar – bronzaga nisbatan kam yuklanishda ishlatiladi.
3. Cho’yanlar – sekin yurar va o’rtamiyona yuklangan podshipniklarda ishlatiladi.
4. Babbitlar – sirpanish podshipniklari uchun eng yaxshi material hisoblanadi.
Babbitlarning tannarxi nisbatan qimmat bo’lgani uchun podshipniklarning
o’lchamlariga qarab vkladishning ishchi yuzalariga 1-10 mm qalinlikda qo’yiladi.
Bu holda vkladishni o’zi esa hoxlagan materialdan tayyorlash mumkin.
5. Metallokeramika (yuqori issiqlik darajasida presslangan bronza, grafit, mis,
qo’rg’oshin poroshok) – g’ovaklilik xususiyatiga ega. G’ovak moyni o’zidan
yaxshi o’tkazadi va uzoq vaqt ushlab tura oladi, shuning uchun metallokeramika
podshipniklari shimilgan moy bilan yoki moysiz ham uzoq vaqt ishlashi mumkin.
6. Plastmassalar – suvli moylanishda ishlashi mumkin. Shuning uchun uni
gidrotrubinalarda va kimyo, mashinasozlik nasoslarida ishlatiladi.
Metall ichquymalar. Material sifatida bronza, babbit, alyuminiy qotishmalari
hamda antifriksion cho‘yanlar ishlatiladi. Katta yuklanish va o‘rtacha tezlik bilan
harakatlanadigan mexanizmlarda antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lgan БрО10Ф1,
119
Do'stlaringiz bilan baham: |