116
Ajraladigan podshipniklar (28.3-rasm)
korpus 1, ikki bo’lak
ichquyma 2,
qopqoq
3 hamda mahkamlash uchun ishlatiladigan
bolt 4 dan iborat bo’ladi.
10.3-rasm. Ajraladigan sirpanish podshipnigi.
Umuman olganda, sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida
ishlatilishi so’nggi yillarda sezilarli darajada kamaygan, chunki, ular o’rniga bir qator
afzalliklari bo’lgan dumalash podshipniklari ishlatila boshlandi.
Lekin sirpanish
podshipniklarida quyidagi ustunliklar bo’lgani uchun
ayrim hollarda ulardan
foydalanish ma’qul ko’riladi.
Sirpanish podshipniklarining afzalliklari:
1. Yuqori tezliklarda ishlatish mumkin (
v
≥
30 m/s).
Yuqori tezlikda dumalash
podshipniklarini ishlatilishi amaliy holda mutlaqo mumkin emas. Chunki,
yuqori
tezlikda
shovqin chiqadi, tebranish hosil bo’ldi va ishlash muddati kamayadi.
2. Ajraladigan qilib tayyorlangani uchun (ikki pallali), uni valning istalgan qismiga
o’rnatish mumkin. Bu hol tirsakli vallar uchun qo’l keladi.
3. Tebranma va zarb yuklanishlarda ham ishlatiladi.
Bunda moy qatlami bu
tebranishlarni so’ndiradi;
4. Mashina
podshipniklari, vallarning fazoda turli holatlariga o’ta
aniqlik talab
qilganda;
5. Radial o’lchamlari nisbatan kichik;
6. Tuzilishi oddiy va
tannarxi arzon;
7. Alohida sharoitda ishlaydigan val tayanchlarida ishlatish mumkin (suv, agressiv
muhit). Bunday sharoitlarda dumalash podshipniklari ishlamaydi.
Sirpanish podshipniklarining kamchiliklari:
1. Rangli metallarning ishlatilishi;
2. Suyuqlikdagi ishqalanish rejimini hosil qilishni qiyinligi;
3. O’q bo’yicha o’lchami nisbatan uzunligi;
4. Moylash yaxshi bo’lmaganda ishqalanishga ko’p quvvat sarflanishi;
5. Moylash uchun moyning ko’p ishlatilishi.