10 mavzu. Hayot sug‘urtasi buyicha asosiy sug‘urta polislari. Hayot sug‘urtasining majburiy turlari. Annuitet sug‘urtasi
Download 52.74 Kb.
|
10 Mavzu
Ulushli polislar, qolgan umrni sug‘urta qildirish polislari, umrbod polislar yoki muddatli polislar sifatida foydalanilishi mumkin.
Hayotni sug‘urta qildirish bo‘yicha universal polislar oddiy ulushli umrbod polislar rivojlanishining natijasi hisoblanadi. Amalda ular mutlaq moslashuvchanlikni ta‘minlash uchun turli qo‘shimcha xususiyatlar bilan standart ulushli umrbod polislarni ifodalaydi. Asosiy g‘oya shundan iboartki, sug‘urta qildiruvchi u istagan narsani, u istagan paytda to‘laydi va unga yoqqan narsani imkoniyatlar (opsiyalar) ro‘yxatidan tanlab oladi. Barcha to‘langan mukofotlar tanlab olingan fondda (trastda) ulush xarid qilish uchun foydalaniladi va tanlangan opsiyalar qiymati har oy mos keluvchi ulushlarni sotish yo‘li bilan to‘lab boriladi. Opsiyalar ro‘yxati odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘lim holati bo‘yicha to‘lovlar; mos keluvchi indekslar, masalan, iste‘mol narxlari indeksini qo‘llagan holda o‘lim holati bo‘yicha to‘lovlarni avtomatik qayta hisob-kitob qilish uchun har yillik indeksatsiya; sug‘urtaga qabul qilish majburiyligi; mehnatga layoqatsizlik davrida mukofot to‘lashdan ozod etilish; muntazam daromad; mukofot to‘lovlarini, masalan, ishsizlik davrida to‘xtatib turish imkoniyati; nogironlik bo‘yicha to‘lovlar; kasallik holatida to‘lovlar; tibbiy xarajatlarni qoplash uchun to‘lovlar; ko‘ngisiz hodisa oqibatidagi o‘lim holati bo‘yicha to‘lovlar; polisga boshqa shaxsni qo‘shish imkoniyati, masalan, nikoh qurgandan so‘ng; jiddiy kasalliklar holatidagi to‘lovlar. Opsiyalar birdaniga tanlanishi yoki keyinroq q‘oshilishi ham mumkin. Shartli tanlanadigan polislar. Bu polislar ular bo‘yicha to‘lovlar kelishib olingan shartlarni bajarish sharti bilan sug‘urta qildiruvchining o‘lim holati amalga oshiriladigan shartnomalar turini ifodalaydi. Odatda bunday shartlar uyidagilar bo‘lishi mumkin: uchinchi shaxs hayotligida sug‘urta qildiruvchining o‘limi (kontr-hayot). Masalan, agar er sug‘urta qildirgan, xotin esa kontrsug‘urta qildiruvchi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa, polis bo‘yicha to‘lov faqatgina er xotinidan oldin o‘lgan hollarda amalga oshiriladi. Sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi va kontrsug‘urta qildiruvchining yoshi, jinsi va salomatligiga bog‘liq bo‘ladi. Polislar boshqa kelishib olingan shartlarni qoplash uchun tuzilishi mumkin bo‘lib, sug‘urta mukofoti polisda belgilangan shartlarni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘shimchalar kiritilgan polislar. Hayotni sug‘urta qildirish bo‘yicha ko‘plab kompaniyalar sug‘urta qildiruvchining istagi bilan standart polislarga kiritilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimchalardan foydalanadi. Odatda qo‘shimchalar faqat umrbod polislar yoki qolgan umrni sug‘urta qildirish polislariga taqdim etiladi. Bu qo‘shimchalarning barchasi sug‘urta mukofotining ortishiga olib keladi va ularni kiritish imkoniyati bu xizmatlarni taqdim etuvchi sug‘urta kompaniyasining anderrayteri tomonidan aniqlanadi. Eng tarqalgan qo‘shimchalar quyidagilar hisoblanadi: sug‘urta mukofoti to‘lashdanozod etish; sug‘urta qildiruvchi jarohat yoki kasallik tufayli o‘zining kasbiy majburiyatlari yoki mashg‘ulotlarini bajarish layoqatiga ega bo‘lmasa, u sug‘urta mukofotlari to‘lashdan ozod etiladi; nogironlik bo‘yicha to‘lovlar; sug‘urta summasi xuddi o‘lim holatida bo‘lgani kabi, nogironlikda ham to‘lanadi; ko‘ngilsiz hodisa bo‘yicha ikki karra to‘lovlar. Agar sug‘urta qildiruvchi ko‘ngilsiz hodisa oqibatida halok bo‘lsa, o‘lim holati bo‘yicha sug‘urta summasi miqdoridagi qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi; o‘sib boradigan sug‘urta qoplami; sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta qoplamini belgilangan vaqtda belgilangan summaga oshirish imkonini beradi; jiddiy kasalliklarga qarshi sug‘urta qoplami. Agar tibbiy tashxis belgilangan kasalliklar mavjud ekanligini ko‘rsatsa, yoki vrachlar xulosasiga ko‘ra polis bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda – fond boshqarilishi‖ degan qarash paydo bo‘ldi. Bunda boshqaruvchi har bir muddatda mablag‘larni foydali va kafilli omonatlarga quyilishini hal qiladi. Ko‘plab sug‘urta kompaniyalari o‘z mijozlariga qo‘shimcha to‘lov evaziga investitsion sarmoya polislarini bir fonddan ikkinchi fondga o‘tkazish imkoniyatlarini taqdim qiladi. Fondlar yunit ko‘rsatkichlarini har kun, har hafta, har oy o‘zgartirib turadi. Yunitlarning ikkala narxi moliya nashrlarida chop etiladi. Masalan: Financial times – unit-linked‖ investitsion polislarinig imkoniyatlari boshqa daromadli polislardan ancha yuqori bo‘lib, ammo ularda tavakkalchilik havfi ustunroqdir. Investitsion polislar bo‘yicha sug‘urtachi sug‘urta qilingan mablag‘dan yuqori bo‘lgan mablag‘ni yoki sug‘urta qilgan mablag‘ ko‘rsatkichidan ancha past bo‘lgan mablag‘ni olishi mumkin. Daromad arafasida imzolangan sug‘urta mablag‘i to‘lov mablag‘idan kam bo‘lmasligi shart, ammo bonuslarning ko‘rsatgichi yuqori bo‘lmasligi mumkin. Oxirgi paytlarda sug‘urta kompaniyalari q‘oshma operatsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda daromad ishtirokchisi nomli operatsiyalarni amaliyotlarida qo‘llay boshladi. Sug‘urta kompaniyalari sug‘urta qiluvchi mijozlariga yunitlangan ya‘ni foyda ishtirokchisi nomli polislarini taqdim qila boshladilar. Bu polislar – yunitlar fondlar bilan bog‘liq bo‘lib, sug‘urta qiluvchi kompaniya o‘z mijozlariga yunitlarning narxini mijozlar to‘lab quygan narxdan tushib qolmasligini kafillab berar edi. Umrboqiy sug‘urta investitsion polislari ikki xil bo‘ladi, bir zumli va doimiy daromadli. Birinchi turdagi shartnoma sug‘urtalangan bond deyiladi. Bu investitsion shartnomaning oddiy ko‘rinishidagi shaklidir. Bondlar umrbod sug‘urta asosida imzolanib, sug‘urtalanuvchi shaxs bu bondni sug‘urta hodisasi ro‘yoga chiqguncha istagan vaqt ushlab turishi mumkin. Daromad tanlangan fondning yunitlarini to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. Yunit narxi daromad kunidagi belgilab quyilgan narxga bog‘liq bo‘ladi. Polis istagan vaqtda naqd mablag‘iga aylantirilishi mumkin. Polisning sotilish narxi yunitlarning sotuv kunidagi narxlariga teng bo‘ladi. Sug‘urta qiluvchi shaxs shartnoma amal qilish muddatida yangi kirimlarni kiritishi mumkin. Sug‘urtachi quygan mablag‘larga yunitlar sotib olinib, sug‘urtachining polisiga ushbu yunitlar q‘oshib quyiladi. Har yili bir qism yunitlarni kirim sifatida olsa bo‘ladi. Oxirgi vaqtlarda sug‘urta qiluvchi kompaniyalar bondlarni kirita boshladi. Bu bondlar sug‘urta qiluvchi shaxslarga dividend yoki renta ko‘rinishidagi daromad to‘lovidir. Bunday ko‘rinishidagi daromad to‘lovi har olti oy davomida beriladigan bo‘ladi. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan vaqtda (sug‘urta qiluvchi shaxsning qazo bo‘lish holati), sug‘urta mablag‘i merosxo‘rlarga to‘lab beriladi. Sug‘urta mablag‘i yunitlarning narxiga teng bo‘ladi. Yunitlar inson yoshiga moslashtirilgan bo‘ladi. Masalan: 60 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslarga 101% yunitlar narxi to‘lanadi; 50 yoshi atrofida bo‘lgan shaxslarga 120% to‘lanadi; 30 yoshga kirgan shaxslarga 200% to‘lanadi. Umrbod sug‘urta investitsion polislari shartnomada belgilangan mablag‘gacha doimiy ravishda yunitlarni yig`ish usuliga asoslangan bo‘ladi. Sug‘urta qiluvchi shaxs qazo bo‘lgan holatida ikki hil mablag‘ turining eng yuqorisi; shartnoma asosidagi sug‘urta mablag‘i yoki yunitlarning sotib olingan narxi to‘lab beriladi. Sug‘urtalanuvchining foydada ishtirok etmaslik q‘oshma sug‘urtasi q‘oshma sug‘urtaning asos shakli bo‘lib, qazo holatida yoki shartnoma muddati tugaganidan so‘nggina qayd qilingan va kafillangan mablag‘lar to‘lanadi. Sug‘urta mablag‘i bir xil yoki turli xil bo‘lishi mumkin. Qazo holatidagi to‘lovlar, hali hayot holatidan ko‘ra ancha yuqori to‘lanadi. Sug‘urta mablag‘lari qazo holatida tezda; shartnomada belgilangan muddat tugab qolib sug‘urtalanovchi hali hayot bo‘lganida bu holdagi to‘lovlar ancha kechiktirib beriladi. Muddat cho‘zib turilgan holatda, sug‘urtachi faqatgina shartnomada qayd qilingan muddatdan so‘ng quyilgan mablag‘ni to‘lab beradi. Bu holatda sug‘urtalanuvchining qanday holatda; hayot yoki qazo bo‘lishi ahamiyatga olinmaydi. To‘lab quyilgan q‘oshma sug‘urtaning foydasi, sug‘urtachi tomonidan shartli ravishda 3 bo‘lakga bo‘linadi. Download 52.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling