10 mavzu. Hayot sug‘urtasi buyicha asosiy sug‘urta polislari. Hayot sug‘urtasining majburiy turlari. Annuitet sug‘urtasi


Download 52.74 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi52.74 Kb.
#1227824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 Mavzu

Tavakkalchilik foydasi belgilangan muddatdan avval qazo bo‘lish holatida tuzilgan tavakkalchilik fondi (bo‘lish printsipi)
Omonat foydasi yig`ish zahirasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib bu shartnomada qayd qilingan muddatdan so‘ng hayot bo‘lishni nazarda tutadi (kapitalizatsiya printsipi)
Ish yuritish harajatlari.
Qoiadaga ko‘ra: foyda muddatli yoki tez bo‘lishi mumkin. Q‘oshma sug‘urtaning tez sug‘urta shaklini sug‘urta deb aytish qiyin. Chunki bu mablag‘ning necha foizini kompaniya o‘z qo‘liga kirita oladi. Foydada ishtirok etmaslik q‘oshma sug‘urtasining muddatli to‘lov xavfi esa aniq bir foiz ko‘rsatkichlarini aniqlanishiga olib keladi. Sug‘urtalanuvchining foydada ishtirok etish q‘oshma sug‘urtasi jamg‘arib boriladigan sug‘urtaning eng ko‘p yoyilgan turidandir. Vafot etish holatida ham shartnomada qayd qilingan muddat o‘tib qolganida ham sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mablag‘i to‘lab beriladi. Bu sug‘urtani shartnomada qayd qilingan muddat arafasidagi q‘oshilgan bonuslar hamda kafillangan mablag‘ tashkil qiladi. Ikkala sug‘urta q‘oshilmasi – foydada ishtirok etish q‘oshma sug‘urtasi va tezkor sug‘urtaning kamayib boruvchi mablag‘i ushbu shartnomani tashkil qiladi. Qazo holatida sug‘urtachi ikkala mablag‘dan eng yuqori ko‘rsatkichisini: asosiy sug‘urta mablag‘iga bonuslar q‘oshilgan mablag‘ni yoki qazo holatida kafillangan sug‘urta mablag‘larini to‘laydi. Shartnomada qayd qilingan muddat o‘tib qolganida, asosiy sug‘urta mablag‘i va q‘oshilgan bonuslar to‘lab beriladi. Egik hayot q‘oshma sug‘urtasi sug‘urta shartnomasini muddatdan oldin bekor qilish holatini va sotib olishning arzon narxga tushib qolishini oldini olish uchun mo‘ljallangan. Katta mablag‘ga birorta ham shatnoma imzolanmaydi. O’rtacha sug‘urta mablag‘iga ega bo‘lgan bir necha shartnomalar tuziladi. Ushbu shartnomalarning yig`ilmasi butun ko‘rinishda talab qilingan sug‘urta qoploviga barobar bo‘ladi. Sug‘urtaning foydasi muddat bilan to‘lab boriladi. Imzolatilgan shartnomalarning hammasi uchun foydani to‘lay olmasligiga sabab, sotib olingan narx hisobida bir qism polislar yo‘q qilinadi (yoki sug‘urta mablag‘ini 10 yil muddati o‘tganidan so‘ng olinadi) qolgan shartnomalar esa o‘z faoliyatini davom ettiradi. Boshqa odatiy sug‘urtalardan farqi shuki, egik hayot q‘oshma sug‘urtasi qayd qilingan muddat poyoniga ega emas.
Ular quyidagicha tuzilgan bo‘ladi:
Sug‘urtalanuvchi shaxs shartnomani bekor qilib, arzon narx evaziga sug‘urta shartnomasini sotib olgandan ko‘ra, sug‘urtaning foydasini kutib turgani afzaldir. Sug‘urta mablag‘ining qolishi, sug‘urta foydasining to‘lay olmaslik holati – reduktsiyali sug‘urta shartnomasi deyiladi. Agarda sug‘urta qilgan shaxs navbatdagi foydani shartnomaga kiritmasa, sug‘urtachi shartnoma zahirasida yig`ilgan foyda hisobidan mijozga to‘lovni amalga oshiradi. To‘lovlar – shartnoma zahirasi bo‘shagunicha to‘lab boriladi. Reduktsiyali polis – shartnomada qayd qilingan muddat davomida sug‘urtaning mablag‘ qoplovini davom ettirish uchun beriladi. Bu holatda sug‘urtachi sug‘urta foydasini to‘lay olmaydi. Asos sug‘urta mablag‘i to‘lanmagan foyda bilan kamayib boradi. Shartnoma muddati o‘z nihoyasiga etganida yoki sug‘urtalanuvchi qazo holatida, sug‘urta qilingan mablag‘ning kamayib qolgan qismi to‘lab beriladi. Shu qolgan qismga bonuslar q‘oshilib borishi mumkin. Sug‘urta qiluvchi shaxsga kamayib qolgan sug‘urta mablag‘ini qo‘lga kiritishi yaxshiroq. Q‘oshma investitsion sug‘urta polislari ham umrbod sug‘urta polislaridek, faoliyat ko‘rsatadi.
Bu polisning farqi shuki: Ikki xil sug‘urta qilinadigan xavf: qazo yoki hayotni davom ettirish holati sug‘urtachi tomonidan ikki qismga bo‘linadi. Birinchi va asosiy qism – yunitlarni xarid qilishga sarflanadi. Ikkinchi va kichikroq qism – qazo holatida, kafillangan mablag‘ni qoplash uchun tuziladi.
Shartnoma muddati poyoniga etganida, sug‘urtalanuvchi hali hayot bo‘lsa, u holda shartnomada qayd qilingan muddatgacha sotib olingan yunitlar narxi bo‘yicha to‘lovlar to‘lab beriladi. Qazo holatida ikkala mablag‘dan eng yuqorisi to‘lanadi: shartnomada qayd qilingan muddatgacha yig`ilgan yunitlar narxi yoki kafillangan sug‘urta mablag‘i to‘lab beriladi. Bu turdagi shartnomalarga o’rtacha 10 yil muddati beriladi. Shartnoma qayd qilingan muddatdan oldin bekor qilinsa, unda yunitlar sotib olingan kunidagi narx bilan tenglashtiriladi. Shartnomaning ilk yillarida mablag‘lar katta chegirmalar bilan to‘lab boriladi. Bu chegirmalar sug‘urtalanuvchining shartnoma ustama harajatlarini hamda mablag‘ni yunit fondlarda joylashtirish uchun sarflanadi. Oxirgi vaqtlarda chet el sug‘urta bozorlarida turli-tuman sug‘urta segmentlari taqdim etilmoqda. Taqdim etilayotgan sug‘urtalarda, sug‘urtalanuvchi shaxsning tanlash erkinligi hamda ixtiyoriy ravishda o‘zgartirishlar kiritishi kabi yangi turdagi shakllar yaratildi. Buning asosida – universal life (- universal hayot) erkin sug‘urta polisi turar edi. Bu sug‘urtaning eng ko‘p yoyilgan joyi Buyuk Britaniya va AQSH bo‘lib qoldi. Uning ayni shu yerlarda keng yoyilishiga sabab esa, o‘z hayotini sug‘urta qilish mashhur bo‘lgan. Bunday turdagi sug‘urtaning asosiy g‘oyasi, sug‘urtalanuvchi shartnomani tuzayotganida erkin to‘lov rejasini hamda muddat bo‘yicha talab qilinayotgan kafillikni erkin tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Talab qilingan sug‘urta kirimlari to‘langanidan so‘ng va talab qilingan o‘zgartirishlardan keyin, sug‘urtachi sug‘urta mablaglarini o‘zgartirishi mumkin. Bunday turdagi shartnomalar moliyaviy shartnomalarga yaqinroqdir. Shaxsiy sug‘urtadan ko‘ra: ular omonat maxsulotlariga o‘xshab, asosiy maqsadi zahira bo‘lib turishdir. Bunday turdagi sug‘urta shartnomalarining asosida umrbod investitsion shartnomalar hamda q‘oshma sug‘urtalar asos bo‘ladi. Sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘langan sug‘urta puli– sug‘urtalanuvchining omonat hisobiga kelib tushadi. Bu hisob aniq minimal daromad ( AQSHda – 4,5%) ga ega. Sug‘urta kompaniyalari har oy – xavf‖ pullarini omonat hisobiga o‘tkazadilar. Bu holat – qazo holatida pul bilan ta‘minlashni kafillab beradi.
Sug‘urtalanuvchi qazo holati uchun sug‘urta mablag‘ini o‘zi tanlaydi. Qazo holatida omonat hisobidagi pullar olinadi.
To‘lovlar imkoniyati turlicha: sug‘urtlanuvchi ma‘lum vaqtgacha tovon pulini kiritmasligi mumkin. Bu esa shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘la olmaydi, chunki omonat hisobida qolgan qoldig‘ mablag‘ sug‘urta hisobini ta‘minlashga imkoniyat beradi. Sug‘urtalanuvchi hayot bo‘lganida uning mablag‘i, omonat hisobidagi mablag‘i bilan aniqlab beriladi. Ko‘p hollarda sug‘urta kompaniyalari yunitlangan fondlarni ishlatadilar. -Universal hayot‖ polislarini esa -unit-linked‖ turdagi polislar nomi ostida taqdim etadilar. Shartnoma faoliyati davomida sug‘urtalanuvchi istagan vaqt polisga qo‘shimcha kafilliklar (optsionlar) kiritishi yoki omonat hisobidan mablag‘ni olish, qo‘shimcha mablag‘ kiritish yoki qazo holatidagi sug‘urta mablag‘ini o‘zgartirish kabi kafilliklarni kiritishi mumkin.
Asosiy to‘lovdan tashqari bunday polislarda quyidagi kafilliklar taqdim etiladi:

  • doimiy foyda to‘lovlari (rentalar);

  • doimiy ravishda sog‘liqni yo‘qotish hollaridagi yordam pullari;

  • nogironlik holatida sug‘urta pullari;

  • kasalxonaga tushib qolish holatidagi yordam pullari;

  • baxtsiz hodisa sodir bo‘lganida yordam pullari;

  • og‘ir kasallikni diagnostikasini qoplash holatiga;

Bunday turdagi sug‘urta shartnomalari moliyaviy segment bilan birgalikda raqobat qilib yuradi. Aholining shaxsiy omonatlarini yuqori rentabilligini kafolatlaydi. Buning asosiy sababi lgotali soliq solinishidir.

  1. Inson hayotini sug‘urtalash shartnomalarining asosiy turlari. Annuitetlar ko‘rinishi. Oddiy annuitet, kechiktiriladigan annuitet, tez annuitet, kafolatlangan annuitet, mablag‘larni himoya qilish annuitetlari, o‘sib boruvchi summali annuitetlar, hayotni birgalikda sug‘urtalash va oxirgi yashab qoluvchi uchun annuitet, pensiyaga chiqish uchun annuitetlar.

Hayot sug‘urtasida annuitet tuashunchasi va annuitet shartnomasining asosiiy shartlari.
Annuitet - renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng rivojlangan. Boshqacha qilib aytganda annuitet – sug‘urta shartnomasi bo‘lib, u sug‘urtalangan shaxsning bir zumli to‘langan mablag‘i evaziga hayotining bir qismi davomida yillik to‘lanadigan renta hisoblanadi. Odatiy hayot sug‘urtasida sug‘urta qoplamasi sug‘urtalangan shaxs vafot etganida to‘lansa, annuitetlar sug‘urtasida buning aksi bo‘lib, sug‘urta qilingan shaxs toki hayot bolgunigacha sug‘urta qoplamasi to‘lab boriladi. Amaliyotda yillik renta har chorak yoki har oyda to‘lab borilishi kerak, lekin bu renta, to‘lab borilgan bir yillik rentaning umumiy hisobiga teng bo‘ladi. Odatda bir martalik kirimning to‘lovini to‘lash uchun sug‘urta mablag‘lari yoki yig`ib borilgan hayotni sug‘urtalash mablag‘lari ishlatiladi. Ba‘zan annuitetlar xaridini muddatli to‘lab berishga ruxsat etiladi.
Annuitetlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:

  • Prenumerando (oldindan to‘lov);

  • Postnumerando (kechiktirilib beriladigan to‘lov);

Birinchi holatda, belgilangan kundan to‘lov amalga oshiriladi, ya‘ni yilning boshi, chorakning boshi yoki oyning boshiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi holatda, to‘lovlar to‘lov muddatining oxirida amalga oshadi.
Ko‘p hollarda annuitetlarni nafaqaga chiqish oldi yoki farzandlar ta‘limini to‘lash uchun sotib olinadi (3-shaxs foydasi uchun). Annuitetlarning sug‘urta narxini aniqlash uchun aholinig yuqori sog‘lomlik ko‘rsatkichi va vafot etish koeffitsientli jadvallaridan foydalaniladi.
Quyidagi turdagi annuitetlar mavjud:

Download 52.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling