10 mavzu. Hayot sug‘urtasi buyicha asosiy sug‘urta polislari. Hayot sug‘urtasining majburiy turlari. Annuitet sug‘urtasi
Download 52.74 Kb.
|
10 Mavzu
Oddiy annuitet.
Bir martalik to‘lovi asosida sug‘urtalanuvchiga umrboqiy bir yillik renta to‘lanadi. Kechiktiriladigan annuitet. Shartnomani imzolayotganda, imzolash vaqti va rentalarni to‘lash vaqti aytib o‘tiladi. Kechiktirilgan vaqt uchun muddatli daromadlar belgilanadi. Sug‘urtalanuvchiga bu daromadlar annuitetlarni to‘lash uchun beriladi. Tez annuitet. Sug‘urta shartnomasida belgilangan muddat yoki vafot etish holatida renta to‘lovlarini to‘lash ko‘zda tutilgan (qaysi bir hodisa tez amalga oshishi inobatga olinadi). Kafolatlangan annuitet. Shartnomada kafolatlangan muddatgacha sug‘urtalanuvchining hayot yoki qazo bo‘lishiga qaramay renta to‘lovi amalga oshadi. Shunday qilib, mabodo sug‘urtalanuvchi kafolatlangan muddatgacha vafot etsa, renta to‘lovlarini shartnomada belgilangan muddatgacha merosxo‘rlar oladi. Umumiy renta mablag‘i merosxo‘rlarga bir martada to‘lanishi ham mumkin. Mablag‘larni himoya qilish annuitetlari. Bu shartnomaga binoan sug‘urtalanuvchi yoki merosxo‘rlar to‘liq to‘lab borilgan mablag‘ni olishadi. Sug‘urtalanuvchiga umrboqiy foyda to‘lovi kafolatlanadi. Agarda sug‘urtalanuvchi oldinroq vafot etsa, umumiy to‘lanadigan rentaning hisobi merosxo‘rlarga mablag‘dan qolgan farq sifatida to‘lab beriladi. O‘sib boruvchi summali annuitetlar. Inflyasiya jarayonlarining mavjudligi va shartnoma muddatlarining uzoqligi tufayli sug‘urtalanuvchiga to‘lanadigan qoplamalar o‘z qiymatini yo‘qotib boradi. Shuni hisobga olgan holda ba‘zi sug‘urta kompaniyalari inflyasiya darajasidan kelib chiqqan holda o‘sib boruvchi summali annuitetlarni qo‘llay boshlashdi. Ba‘zi sug‘urta kompaniyalari esa iste‘mol indekslarini qo‘llash orqali sug‘urta summalarini indeksatsiyalashni amalga oshirishmoqda. Bu annuitetlar oddiy annuitetlarga nisbatan kam boshlang‘ich to‘lovlarni ko‘zda tutadi. Hayotni birgalikda sug‘urtalash va oxirgi yashab qoluvchi uchun annuitet. Pensiya ta‘minotini amalga oshirish zaruratidan kelib chiqib, er-xotindan biri vafot etganda ham ikkinchisi qoplamalarni olishini ta‘minlash maqsadida bir yo‘la ikki kishining hayotini sug‘urtalash bilan bir vaqtda annuitetlar sug‘urtasi ham amalga oshiriladi. Bu shartnomaga binoan er-xotindan biri vafot etgan taqdirda qoplamalar odatda to‘liq saqlab qolinadi yoki ba‘zi hollarda uchdan biriga qisqarishi mumkin. Bu annuitetlar oldindan yoki sug‘urta hodisasidan keyin, proporsional yoki noproporsional, kafolatlangan summa bilan yoki oddiy annuitetlar kabi to‘lanishi mumkin. Pensiyaga chiqish uchun annuitetlar. Inson pensiya yoshiga etganda pensiya rejasi bo‘yicha yig`ilgan sug‘urta qoplamasi annuitetlarni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday qoidalar Angliya pensiya tizimida mavjud. Ushbu qoidaning o‘ziga xos xususiyatlari: shartnoma kim bilan tuzilganligidan qat‘iy nazar, yig`ilgan summa hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi sug‘urta kompaniyasi yoki o‘zaro sug‘urtalash jamiyatidan annuitetni sotib olish uchun ishlatilishi shart. Annuitet 50-70 yoshlar oralig‘ida kuchga kirishi zarur. Quyidagi holatlarda 50 yoshdan oldin ham kuchga kirishi mumkin: agar inson aqliy imkoniyatlar yoki jismoniy holati bilan bog‘liq yuzaga kelgan kamchiliklar natijasida o‘z xizmat vazifasini bajara olish imkoniyati yo‘qolsa yoki inson egallab turgan vazifa bo‘yicha ertaroq yoshdan pensiyaga chiqish tartibi belgilangan bo‘lsa; - annuitet insonning qachon ishni to‘xtatganligidan qat‘iy nazar, 50 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan har qanday vaqtda to‘lab boshlanishi mumkin; annuitet faqat hali hayot bo‘lgan shaxsga beriladi va uni oluvchining shaxsi o‘zgartirilishi yoki muddatidan oldin sotib olinishi mumkin emas; - to‘lanayotgan annuitetning qolgan qismi sug‘urtalangan shaxs vafot etgandan keyin o‘n yil davomida uning merosxo‘rlariga berilishi mumkin; sug‘urtalangan shaxs o‘zi vafot etgandan keyin uning turmush o‘rtog‘i yoki qaramog‘idagilardan biriga berish maqsadida kamaytirilgan annuitet olish huquqiga ega. Bunday qoidalar ba‘zi o‘zgarishlar bilan boshqa mamlakatlarda ham qo‘llanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida annuitet sug‘urtasining majburiy turi O‘zbekiston Respublikasining 2009 iyul 16 apreldagi «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiiy sug‘urtasi to‘g‘risida» gi O‘RQ-210-sonli qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiiy sug‘urta qilish to‘g‘rsida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini joriiy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasining 2005 iyil 11 fevraldagi «Mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda hodimlarga etkazilgan shikastlar, kasbiiy kasalliklar yoki sog‘liqiga boshqa zararlarni qoplash qoidalari»ga muvofiq amalga oshiriladi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha jabrlanuvchi yoki zararni qoplanishiga haqli shahsning zararlari bir yildan ortiq muddatda qoplanishi belgilangan hollarda Ish beruvchi uning hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgan kundan e‗tiboran yetti ish kuni ichida annutitet shartnomasini tuzishi shart. Annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi annuitet shartnomasidakelishilgan to‘lov uchun (sug‘urta mukofoti) sug‘urta puli chegarasida bir yildan ortiq muddatga joriiy to‘lovlar ko‘rinishida sug‘urta qoplamasini quyidagicha tegishli shahsga to‘laydi: mehnat jarohatini olish bilan bog‘liq ravishda uning sog‘liqiga etkazilgan zarar, ish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq kasb kasalligi uchun jabrlanuvchiga; ish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda hodim vafot etganda sug‘urta qoplamasini olishga haqli naf oluvchiga. Annuitet shartnomasining asosiiy shartlari: Annuitet shartnomasi jabrlanuvchi mehnatga layoqatini yoqotgan ma‘lum muddatga yoki naf oluvchi boquvchi-hodimning vafot etishi munosabati bilan qoplama olishga haqqi bo‘lgan muddatga tuziladi. Sug‘urta mukofotining to‘lovi butun sug‘urta muddati uchun Ish beruvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida to‘liq amalga oshiriladi. Sug‘urta qoplamasining miqdori ish haqining miqdoriga bog‘liq. Annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi quiyidagi ko‘rinishda to‘lanadi: jabrlanuvchining mehnatdagi jarohatgacha bo‘lgan o’rtacha oylik ish haqining mehnat qobilijatini yoqotish yoki kasb kasalligi darajasiga mos foizlaridagi oylik to‘lovlar; vafot bo‘lgan shahsning ulushi va uning qaramogida bo‘lgan, lekin zararni qoplanishiga haqli bo‘lmagan mehnatga layoqatli shahslarning ulushini chegirib qolgan holda o’rtacha oylik ish haqi miqdoridagi oylik to‘lovlar. Annuitetlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasida shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga, sug‘urta puli doirasida tegishincha: jabrlanuvchiga u o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zarar uchun; xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan naf oluvchiga joriy to‘lovlar tarzida bir yildan ortiq muddat uchun sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini oladi. Annuitetlar shartnomasi ish beruvchi bilan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o’rtasida tuziladi. Annuitetlar shartnomasini tuzish uchun ish beruvchining yozma shakldagi arizasi asos bo‘ladi. Annuitetlar shartnomasi shartlari va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Annuitetlar shartnomasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan shartlarning to‘liq emasligi uchun javobgarlik annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi zimmasida bo‘ladi. Annuitetlar shartnomasi qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchiga mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasi belgilangan muddatga yoki naf oluvchi sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘ladigan muddatga tuziladi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga qonun hujjatlariga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan etkazilgan zarar miqdorida belgilanadi. Etkazilgan zarar miqdorini aniqlashda jabrlanuvchiga uning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan tayinlangan nogironlik pensiyasi, xuddi shuningdek boshqa turdagi pensiyalar, nafaqalar va sog‘lig‘i shikastlanguniga qadar ham, undan keyin ham bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar hisobga olinmaydi va etkazilgan zararning o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan miqdori kamaytirilishiga olib kelmaydi (etkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi). Jabrlanuvchi sog‘lig‘ihikastlanganidan keyin oladigan ish haqi (daromad) ham etkazilgan zararning o‘rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti ish beruvchi tomonidan annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtaning butun davri uchun bir yo‘la to‘lanadi. Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega: ushbu Qonunga muvofiq ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urtalovchini va annuitetlar shartnomasini tuzish uchun annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchini tanlash; sug‘urtalovchidan va (yoki) annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining va (yoki) annuitetlar shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish; sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; yillik ish haqi miqdori kamayganda sug‘urta mukofotining yillik ish haqi miqdorining kamayishiga va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish. Ish beruvchi: o‘zi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e‘tiboran yoki ish beruvchilar jismoniy shaxslar uchun mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan sanadan e‘tiboran o‘n besh ish kunidan kechiktirmay o‘zining fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunga muvofiq sug‘urtalashi; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha va ayrim hollarda ainuitetlar shartnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta mukofotini to‘lashi; yillik ish haqi miqdori o‘zgargan paytdan e‘tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda xabar qilishi; ish beruvchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining xavflilik darajasi o‘zgargan paytdan e‘tiboran besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishi va zarur bo‘lgan hollarda, qo‘shimcha hisoblab chiqarilgan sug‘urta mukofotini to‘lashi; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yuz berganligi o‘ziga ayon bo‘lgan paytdan e‘tiboran uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urtalovchiga yozma shaklda bildirishi; xodimlarni ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan mazkur shartnoma bo‘yicha taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; sug‘urtalovchi va annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma‘lumotlarni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e‘tiboran ikki ish kuni ichida taqdim etishi; agar sug‘urta tovoni jabrlanuvchi yoki naf oluvchi tomonidan qilingan suiiste‘molliklar oqibatida asossiz ravishda to‘langan bo‘lsa, ortiqcha to‘langan sug‘urta tovoni haqida sug‘urtalovchiga xabar qilishi va ortiqcha to‘langan mablag‘larni sug‘urtalovchiga qaytarish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi shart. Ish beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisaga doir axborotni tekshirish; sug‘urta mukofotini aniqlash uchun sug‘urta xavfini baholash; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berish. Sug‘urtalovchi: ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan ish beruvchini tanishtirishi, shu jumladan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan, ish beruvchi va (yoki) jabrlanuvchi yoxud naf oluvchi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning maxfiyligini ta‘minlashi; sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, ish beruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda ish beruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslantirgan holda yozma shaklda xabar qilishi; ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e‘tiboran o‘n ish kunidan kechiktirmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi; o‘zi almashtirilgan taqdirda bu haqda ish beruvchiga darhol yozma shaklda xabar berishi shart. Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 52.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling