10 mavzu. Hayot sug‘urtasi buyicha asosiy sug‘urta polislari. Hayot sug‘urtasining majburiy turlari. Annuitet sug‘urtasi
Download 52.74 Kb.
|
10 Mavzu
Qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadsiz polislari
Bu qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadsiz polislarining eng asosiy shakli bo‘lib, unda sug‘urta summasi va sug‘urta mukofoti stavkalari qat‘iy belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadli polislari. Daromadli polislar bo‘yicha bonuslar hisoblab chiqish umumiy tamoyili qolgan umrni sug‘urta qildirish polislariga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Sug‘urta summasi kafolatlangan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda bonuslar to‘lanadi. Agarda polis muddatning oxiriga qadar amal qiladigan bo‘lsa, bonuslar sug‘urta qildiruvchi shartnomaning amal qilish davri davomida o‘ladigan hollardan yuqori bo‘ladi, chunki bonuslar ko‘proq vaqt to‘planib keladi. Umrbod polislar bo‘yicha bo‘lgani kabi, be urda ham to‘lov aniq hajmini oldindan aytib bo‘lmaydi, chunki uning qachon ro‘y berishi ma‘lum emas, demak, to‘plangan bonuslar hajmi noma‘lum. To‘lanadigan qo‘shimcha bonuslar tufayli sug‘urta mukofotlari sug‘urta summasi bir xil bo‘lgan qolgan umrni sug‘urta qildirish bo‘yicha daromadsiz polislardan ko‘ra yuqori. Qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadli polislari ko‘plab jamg‘arib boriladigan sxemalarda asosiy lement hisoblanadi va uy xarid qilish bitimlarida keng foydalaniladi, chunki ular ta‘minot taqdim etadi (zayom polisning amal qilishi yakun topadigan sana kelganda yoki sug‘urta qildiruvchi o‘lgan holda qaytariladi), bonuslar esa qo‘shimcha jamg‘arma elementini ifodalaydi. Qolgan umrni sug‘urta qildirish arzon polislari. Qolgan umrni sug‘urta qildirish arzon polislari qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadli polisining engillashtirilgan variantidir. Unda qolgan umrni sug‘urta qildirish daromadli polisi bilan sug‘urta summasi kamayib boradigan muddatli sug‘urta jihatlari uyg‘unlashadi. Qolgan umrni sug‘urta qildirish arzon polislarida bo‘lgani kabi, ikkita sug‘urta summasi bo‘ladi. O‘lim holatida sug‘urta to‘lovi summasi ikkita summadan kattasi sifatida aniqlanadi: bonuslar miqdoriga ko‘paytirilgan bazaviy summa; o‘lim holatiga kafolatlangan summa. Polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana yetib kelishida to‘lanadigan summa shartnomaning amal qilish davrida hisoblab chiqilgan barcha bonuslar miqdoriga oshirilgan bazaviy summa sifatida aniqlanadi. Bunday polislar uy xarid qilishda ssudani ta‘minlashning arzon usuli sifatida paydo bo‘lgan, bunda o‘lim holatiga kafolatlangan summa olingan qarz miqdoriga teng qilib belgilangan. Qolgan umrni sug‘urta qildirishning arzon polislari rivoji sifatida qolgan umrni sug‘urta qildirishning boshlang‘ich to‘lovlar kichik va mukofot o‘sib boradigan polislari paydo bo‘lgan. Amalda bu asta-syokinlik bilan to‘liq mukofot darajasigacha o‘sib boradigan shartnomaning amal qilish muddati boshida mukofot miqdori kichikligi bilan tavsiflanadigan qolgan umrni sug‘urta qildirishning arzon polisidir. Qolgan umrni sug‘urta qildirishning «moslashuvchan» polislari. Polislarning ushbu turi qolgan umrni sug‘urta qildirishning an‘anaviy polislari kamchiliklari (polisning amal qilish muddati yakun topadigan sana qayd qilib qo‘yilishi va qaytariladigan summa kichikligi) o‘rnini to‘ldiradi va shartnomaning amal qila boshlagan paytdan boshlab o‘n yil o‘tgach istalgan payt hech kanday jarima to‘lamasdan bekor qilinishi mumkin bo‘ladi. Qaytarib beriladigan summa odatda to‘liq hajmda yoki qisman, polis amal qilish muddati yakun topadigan vaqtdagidan ertaroq vaqtdagi kabi kafolatlanadi. Polislar odatda qolgan umrni sug‘urta qildirishning daromadli polislari kabi uzoq muddatga, masalan 25 yilga yoki 65 yoshga etishga tuziladi. Sof qolgan umrni sug‘urta qildirish. «Sof» qolgan umrni sug‘urta qildirish polisi hayot bo‘yicha hech qanday sug‘urta qoplami taqdim etmaydi. Bu kelishilgan muddatda sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta summasi to‘ash bo‘yicha oddiy shartnoma hisoblanadi, xolos. Agar sug‘urta qildiruvchi polisning amal qilish muddati yakun topgunga qadar o‘ladigan bo‘lsa, hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi, garchi ayrim kompaniyalar bu holatda sug‘urta muokoftini qaytarib bersada. Bu polslarning kamdan-kam uchraydigan turi hisoblanadi, chunki investitsiyalar uchun kapital kiritishning ushbu usulining o‘rnini bemalol to‘liq bosa oladigan ko‘plab yo‘nalishlar mavjud. Yuqorida aytib o‘tilgan shartnomalarning uchta asosiy turidan tashqari, maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan va qo‘llanadigan shartnomalar ham ishlab chiqilgan. Download 52.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling