10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Download 113.46 Kb.
bet10/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

3-§. Publitsistik uslub
Publitsistik uslub − tashviqot-targ‘ibot ishlari olib boriladigan, asosan, ijtimoiy-siyosiy hayot yoritiladigan nutq ko‘rinishidir. Publitsistik uslub o‘zining obrazliligi, hissiy-ta’siriy xususiyati bilan badiiy uslubga; yorqinligi, aniqligi va terminologik leksikasi bilan ilmiy uslubga yaqin turadi.

Ijtimoiy-siyosiy masalalarning yoritilishi, tahlil uslubi, ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishga undashning faolligi, o‘ziga xos terminlar, asosan siyosiy terminlarning ko‘p qo‘llanilishi singari xususiyatlar publitsistik va ilmiy uslubning o‘xshash tomonlaridir.

Publitsistik va badiiy uslubning ham o‘xshash tomonlari mavjud. Ikkala uslubda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalardan ko‘proq foydalaniladi. So‘z va terminlar siyosiy ma’nosining badiiy uslub elementlari bilan qorishgan, uyg‘unlashgan holda ifodalanishi publitsistik nutqning salohiyatini yanada ko‘taradi va uning ta’sirchanligini oshiradi.

Publitsistik uslubda ijtimoiy-siyosiy terminlar, gazeta va jurnallarga xos maxsus ifodalar, birikmalar, qat’iy qoliplashgan qurilmalarning tez-tez qo‘llanilishi bu uslubning o‘ziga xos xususiyatlaridandir: mustaqillik, ichki tahdid, tashqi tahdid, sovuq urush, ochiq ovoz, yopiq ovoz, buyuk xizmatlari uchun, rasmiy vizit bilan, milliy istiqlol mafkurasi, xalq e’tiqodi, buyuk kelajakka ishonch, shaxs bilan davlat munosabatlari, jamiyatimizning faol ishtirokchisi, mafkuraviy bo‘shliq, xavfsizlikka tahdid va h.k.

Publitsistik uslubda hisssiy-ta’siriy so‘zlar va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan unumli foydalaniladi. Maqol va hikmatli so‘zlar bu uslubda sarlavha nomi bo‘lib ham keladi hamda mazkur uslubning yanada yorqinroq bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, Yaxshidan bog‘ qoladi. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Mard maydonda sinaladi. Vatan, el manfaati muqaddasdir.


Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling