10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari


Download 113.46 Kb.
bet7/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari
Rasmiy uslubda yoziladigan hujjatlar turli-tuman bo‘lganligidan, ularning lingvistik xususiyatlari ham boshqa uslublardan farq qiladi.

Bu uslubda qo‘llaniladigan lug‘aviy birliklar, terminlar boshqa uslublarda uchramaydi. Ayniqsa, yuridik hujjatlar tiliga nazar tashlasak, mazkur hujjatlar matnlari tarkibida qo‘llaniladigan so‘z va terminlar katta bir leksik qatlamni tashkil etadi: ma’muriy javobgarlik, bosqinchilik, tovlamachilik, firibgarlik, aybdor, retsidiv jinoyat, jabrlanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va hokazo.

Rasmiy uslubning termin va so‘zlarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Diplomatiyaga oid terminlar: elchi, konsul, delegatsiya, bayonot, deklaratsiya, vakil, ultimatum, bitim, shartnoma, nota, konsulxona, elchixona, dekret, doktrina, ahdnoma, kommyunike, konvensiya, ratifikatsiya, memorandum, diplomat, protest, muzokara, uchrashuv, rasmiy vizit, murojaat, simpozium, rezolyusiya, parlament, kongress va h.k.

2. Huquq, qonunga oid terminlar: huquq, qonun, konstitutsiya, qonunlar loyihasi, modda, jinoyat, jazo, bosqinchilik, firibgarlik, notarius, kriminalistika, engil jazo, og‘ir jazo, ayblov hukmi, jinoyat ob’ekti, mahkum, o‘ta xavfli retsi-divist, huquqiy ong, da’vo va h.k.

3. Davlat qurilishi va boshqaruvi bilan bog‘liq terminlar: davlat, suveren davlat, unitar davlat, totalitarizm, respublika, davlat gerbi, davlat bayrog‘i, davlat madhiyasi, konstitutsiya, prezident, parlament, Vazirlar Mahkamasi, prezident devoni, tuman, viloyat, hokim va b.

4. Rasmiy uslub hujjatlarida eskirgan so‘z va iboralar ma’lum maqsadda qo‘llanadi: janob, janobi oliylari, shoh, shahzoda, malika va h.k. Bunday so‘z va iboralar, asosan, hukumatlararo tabrik xatlarida qo‘llaniladi.


Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling