USLUBIYAT. TIL VA USLUB HAQIDA MA’LUMOT.
Yangi mavzu bayoniga kirishish o‘qituvchi tomonidan „Qiyosiy tahlil“ usulini qo‘llab amalga oshiriladi. Guruh tinglovchilari uchga bo‘linadi va har bir guruhga quyosh so‘zi bilan bog‘liq quyidagi uchta matn havola qilinadi:
Quyosh – Quyosh sistemasiga oid markaziy jism; o‘zidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga yorug‘lik va issiqlik tarqatuvchi ulkan gazsimon shar shak- lidagi yoritgich.
Zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek,
Intizor ko‘zlarda halqa-halqa yosh.
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, Quyosh…(G`afur G`ulom)
Matn. “Quyosh”:
– Quyosh deysanmi, bolam? U bizdan rosaa uzoqda joylashgan. – Quyosh hammamizga kerak-a, buvajon? – Ha-da, bolam, axir quyoshsiz yashab bo‘larkanmi? Qara, manavi ekkan ko‘chatlarimiz ham quyoshsiz o‘smaydi.
Uchala matn orasidagi o‘xshashlik va farqni „VENN diagrammasi“ asosida qiyosiy o‘rganish ham mumkin. 1-matn ilmiy uslubga, 2-matn badiiy uslubga va 3-matn so‘zlashuv uslubiga xos ekanligi izohlanadi.
1-matn
2-matn
Do'stlaringiz bilan baham: |