10-mavzu: Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari


Download 113.46 Kb.
bet4/27
Sana08.01.2022
Hajmi113.46 Kb.
#247202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-mavzu Nutqning usluban xoslanishi va madaniy nutqni shakllantirish hamda rivojlantirish usullari. (Lotincha) — копия

Q

U

Y

O

SH



3-matn

„Panorama“ usuli, avvalo, 4 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi va har biriga alohida topshiriqli tarqatmalar beriladi. Mazkur tarqatmalarda berilgan birliklarni nutqiy uslublarga xosligi bo‘yicha jadvalga joylashtirish talab qilinadi (tegishli katakka + belgisi qo‘yiladi).




Til birliklari

So`zlashuv uslubi

Rasmiy uslub

Publitsistik uslub

Ilmiy uslub

Badiy uslub



















Tilxat
















Yadro
















Barhayot
















Siyosiy vaziyat
















Ichi qora
















Bashar
















Zo‘rg‘atdan
















Undalma















Bitta mavzuni turli uslublarda bir necha xil matnlar orqali bayon etish mumkin. Bu matnlar umumiy mazmunga ega bo‘lsa-da, usluban farqlanadi. Masalan, kompyuter haqida matn yaratish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

„Tadqiqot“ metodi – o‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘q- qisi; o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borish; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish. Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish; ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar hamda qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.

Demak, „Tadqiqot“ metodi orqali buni amalga oshirsa bo‘ladi.

O‘quvchilar quyida berilgan misollarni ko‘rib chiqib, ularning uslubiy o‘ziga xosligini izohlaydilar. Bunda qaysi gapda hissiy ta’sirchanlik mavjud ekaniga diqqat qilinadi.


  1. Darhaqiqat, kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlod kompyuter bilan tillashib, o‘zlari yaratgan texnologik darsturlar orqali iqtidorlarini namoyish etayotirlar.

  2. Kompyuter [ing. computer < lot. computare — hisoblamoq, hisoblab chiqmoq] – murakkab qurilmaga ega bo‘lgan elektron hisoblash mashinasi.

  3. Kompyuter nimagadir yaxshi ishlamayapti, usta chaqirmasak bo‘lmaydi, shekilli.

  4. Kompyuter klavishlari o‘z-o‘zidan bosilib, monitorda so‘zlar paydo bo‘layotganini ko‘rgan Anvar avvaliga turgan joyida qotib qoldi, so‘ng ko‘zlari olayib, baqirgancha tashqariga otildi.

  5. Masofadan ish olib borishim uchun idoradagi kompyuterni shartnoma asosida bir oy muddatga uyga olib ketishimga ruxsat berishingizni so‘rayman.

Insonlar ijtimoiy hayotning turli sohalarida muloqot jarayonida tildagi lug‘aviy birliklar, grammatik vositalarni qo‘llashda bir-birlaridan farq qiladilar, bu so‘zlovchining o‘ziga xos uslubini keltirib chiqaradi. Shu bois ham mutaxassislar orasida «uslub - bu inson» degan hikmatning yurishi ma’lum ma’noda haqiqatga yaqindir.

Stil, ya’ni uslub termini juda qadim zamonlardan buyon ishlatilib kelinayotgan bo‘lib, u turli davrlarda turli sohalarda turlicha tushunildi va izohlandi. Aslida stil grekcha stilos so‘zidan olingan bo‘lib, yozish uchun ishlatiladigan uchi o‘tkirlashtirilgan tayoqchani bildirgan. Qadimgi rimliklar, gretsiyaliklar uslubga kishilarni ishontirish san’ati sifatida qaraganlar. Hindlar uni nutqni bezash vositasi deb bilgan bo‘lsalar, arablar bu so‘z bilan o‘zlarining diniy e’tikod va qoidalariga to‘g‘ri keladigan kiyimlarini ham atagan edilar. «Stil» so‘zining filologik termin sifatida ishlatilishi keyingi asrlardangina boshlandi.

Inson hayotining turli qirralarida til vositalarining tanlab olinishi esa nutqning xilma-xil ko‘rinishlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Nutqning bunday ko‘rinishlari funksional (vazifaviy) uslublar deb yuritiladi. Nutq uslublari tarixan tashkil topgan nutq ko‘rinishlaridir. Nutq uslublarining har biri alohida yagona bir tizimni tashkil qiladi. Bu tilning ijtimoiy tabiatidan kelib chiqadi.

Tilning funksional uslublari leksik, grammatik, fonetik tizimlarga xos barcha vositalarning ma’lum kommunikativ maqsadga xizmat qilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, nutq uslublari tilning ijtimoiy hayotdagi vazifasi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham ular funksional (vazifaviy) uslublar deb nomlanadi. Funksional uslublarni nomlash ularning qanday aloqa, muloqot doirasida qo‘llanilganligiga qarab belgilanadi: 1) rasmiy (ma’muriy-huquqiy) uslub; 2) ilmiy uslub; 3)badiiy uslub; 4) so‘zlashuv uslubi; 5) publitsistik uslub.

Har bir uslubning o‘ziga xos lisoniy xususiyatlarini ongli

idrok qilish nutq madaniyatining asosiy mezonidir. Shuningdek, bo‘lajak huquqshunos o‘qituvchilar ham ijtimoiy hayotning turli jabhalariga xizmat qiluvchi nutq uslublarini zarur darajada bilishi va uslublararo lisoniy chegaralarni talab darajasida o‘zlashtirishlari maqsadga muvofiqdir.

Har bir vazifaviy uslubning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish uni ongli o‘zlashtirish, egallash nutq madaniyatini ko‘tarish uchun ahamiyatli ekani shubhasizdir. Masalan, ba’zi mualliflarning o‘z ishlarini ilmiy til va uslub talablari darajasida yoza olmasligi, ularning ilmiy - publitsistik, ilmiy - ommabop uslubni tom ma’nodagi akademik ilmiy uslubdan farqlay olmasliklari, shuningdek, ba’zi badiiy asarlarni esa gazeta tiliga, ilmiy — publitsistik uslubga yaqin bir tilda yozilganini yoki o‘zbek tilida yozilayotgan rasmiy - idoraviy xujjatlar tilining rasmiy uslub me’yorlariga javob bera olmasligi, ular tilining pishshiq - puxta emasligi va boshqalar aslida ilmiy uslub, ilmiy — publitsistik uslub, ilmiy -ommabop uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub me’yorlari va ulardan foydalaning mezonini bilmaslik natijasidir. Mana shu ma’noda nutq madaniyatini ko‘tarish aslida har bir aniq nutqiy uslubning o‘ziga xos til madaniyatini ko‘tarish hamdir. Vazifaviy uslublar ularning har biriga xoslangan til vositalari va bu vositalarni tanlash va qo‘llash mezonini bilmasdan turib uslublarning til madaniyatini ko‘tarish mumkin emas. Demak, adabiy tilni me’yorlash bo‘yicha nutq madaniyati sohasida olib boriladigan ishlar va bu ishning natijalari har bir nutqiy uslub doirasida o‘ziga xos gavdalanadi. Adabiy tilni me’yorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar bu tilda mavjud bo‘lgan vazifaviy uslubning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shu sababli ham adabiy tilning yagona, umummajburiy me’yorlarida sinonimiyaga, lug‘aviy, morfologik va sintaktik variantlariga, fikrni parallel ravishda ikki xil ifodalash usullariga, so‘z yasalishi, so‘z ishlatilishida muayyan yaqinlikka yo‘l qo‘yiladi. Bunda ushbu nutqiy vositalarning turli uslublarda aniq bir uslubiy ehtiyojga ko‘ra tanlanishi va qo‘llanishi ko‘zda tutiladi. Mana shu ma’noda nutqiy uslublar adabiy til (madaniy til) turg‘un me’yorlarning ma’lum darajada nariantdor, ko‘p qirrali va ko‘p vazifali bo‘lishini ham talab qiladi. Lekin nutq madaniyati (madaniy nutq) uchun birinchi navbatda adabiy til doirasida shakllanuvchi uslublar - ilmiy uslub, ilmiy — ommabop uslub, rasmiy uslub, ilmiy-publitsistik uslub, adabiy — so‘zlashuv uslubi, shuningdek badiiy uslub va ular tayanuvchi me’yorlar muhimdir.




Download 113.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling