10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


II b o b . Turkistonda milliy ozodlik harakati


Download 88.62 Kb.
bet23/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

II b o b . Turkistonda milliy ozodlik harakati.
Mana shu rejaga binoan yig’ilgan hujjatlar va materiallar rejani o’zgartirishni talab qiladi.
Yig’ilgan manbalar tarkibi va mazmuni rejadagi boblarning paragraflarga bo’lishni taqozo qiladi. Shu sababli ilmiy ishning uzil-kesil variantini tayyorlash jarayonida bu boblar bir necha paragraflarga ajratiladi va yana bir bob qo’shiladi. Natijada ilmiy ishning qat’iy rejasi quyidagicha ko’rinish oladi.
TURKISTON CHORIZM MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA
Hujjatlar to’plami
K i r i sh
I - bob. O’zbek xonliklarining Rossiya tomonidan istilo qilinishi.
1. Rossiyaning O’rta Osiyoni o’z tasarrufiga olish uchun qo’ygan ilk
qadamlari.
2. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoning bosib olinishi.
3. Turkistonda milliy davlatchilikning tugatilishi, rus davlatchiligi va
qonunchiligining joriy etilishi.


II-bob Rossiyaning Turkistonda iqtisodiy va ma’naviy sohada olib borgan siyosati va uning
oqibatlari.
1. Chorizmning o’lkani xom ashyo manbaiga aylantirishi va milliy boyliklarni
Rossiyaga tashib ketilishi.
2. Boj, soliq, pul islohotlari,
3. Turkistonda madaniyat va ma’rifat sohasidagi ruslashtirish siyosati.


III-bob. Turkiston o’lkasida milliy-ozodlik harakati
1. XIX asrning 80-90- yillarida milliy-ozodlik harakatlari.
2. O’lkadagi 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni.
3. Turkistonda jadidchilik harakati.
Ilovalar
Shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy ish rejasi muayyan muammo va mavzu tamoyiliga ko’ra (mavzu tadqiq qilinayotgan masalani umuman ochib beradigan muammolarga bo’linadi), shuningdek davriylik tamoyiliga ko’ra (boblar ma’lum tarixiy davrlarga bag’ishlanadi, mavzu esa tarixiy izchillikda ochib beriladi) tuzilishi mumkin, Bizningcha rejani muammoli tarzda tuzish usuli qulay ko’rinadi. Bunda mavzudagi asosiy, bosh muammolar boblarning nomlarida aks ettirilgan bo’ladi. Paragraflar bobning alohida tomonlarini ochib beradi. Barcha paragraf va boblar birgalikda tadqiq qilinayotgan mavzuni butunlay o’z ichiga oladi.
Shunday qilib, mavzu tanlash, ilmiy ish tuzilishining ishlab chiqilishi, aniqrog’i bob va paragraflar sarlavhalarini aniqlash tarixga oid tadqiqotning, hujjatlar to’plami qo’lyozmasi ustida ishlashning muhim va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling