XIX-XX asrlarga oid hujjatlar umumiy uch guruhga taqsimlangan:
1. Hukumdorlar saltanatining davlat ish yuritish hujjatlari.
2. Ruhoniylar tomonidan tuzilgan diniy hujjatlar.
3. Fuqarolarga tegishli shaxsiy hujjatlar.
Hujjatlarni nashr qilish rejasi nashriyotning ilmiy tadqiqot ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.Tayyorlanayotgan to`plam tegishli tashkilotlar tomonidan ro`yxatga olinadi. Agar to`plam hamkorlikda tayyorlanayotgan bo`lsa ularning ichida asosiy ma`sul tashkilot belgilanadi.
Qo`lyozma nashriyotga ikki intervalda terilgan, ikkita bir xil nusxada topshiriladi.Ikki nusxada ham ma`sul tashkilot rahbari va muharrirning imzosi bo`lishi kerak.
Hozirgi kunda matn so`zi arxeografiya va paleografiyada tez-tez tilga olinadi. Matn bu-yozigan yoki bosilgan asar,nutq
Qo`lyozma - keng ma`noda –qo`lga yozilgan yoki yozuv mashinkasida, kompyuterda ko`chirilgan matn. Oldingi davrlarda qo`lyozma deyilganda qo`lda yozilgan matn tushunilgan. Ko`chirilgan asar esa ro`yxat deyilgan. Hozirda qo`lyozmalar kompyuterda teriladi va qo`lyozma huquqi deb belgilanadi.
Tahrir- nashr qilish , o`rganish va boshqa maqsadlar uchun mo`ljallangan matnning tahririyat xodimi (muharrir, adabiy xodim) tomonidanishlanish jarayoni.Noshirlikda kitob qo`lyozmasini tayyorlashda muharrir badiiy va texnik muharrirlar bilan birgalikda ijodiy ish olib boradi.
Turli xil nashr turlari mavjud: ular qadimgi va zamonaviy asarlarga tegishli. Nasrlar “Tanqidiy nashr” va “Akademik nashrga” bo`linadi.
Tanqidiy nashr atamasi tekstlarni o`rganish bilan bog`liq
Akademik nashr “ilmiy-namunaviy” nashr ham hisoblanadi. Akademik nashr fan, adabiyot va san`at asarlarining ilmiy asosda tayyorlangan nashri.Asosan mutaxassislar va ilm ahliga mo`ljallanadi.
Hujjatlarni arxeologik rasmiylashtirish. Arxiv hujjatlari: ilmiy asar tayyorlashda arxiv hujjatlarining ahamiyati benihoya katta.
Bugunda Nashriyot tomonidan matnga berilgan izohlar, tuzatishlar, shartli belgilar, qisqartma Kursiv yozuvlar kiritiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |