10-mavzu: qiyshiq va to‘G‘ri burchakli aksonometriyalar. Reja


To‘g‘ri burchakli izometriya


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana29.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1307213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Ma\'ruza. Qiyshiq va to‘g‘ri burchakli aksonometriyalar

To‘g‘ri burchakli izometriyada koordinata o‘qlari orasidagi burchaklar 
o‘zaro teng, ya’ni 120° bo‘ladi (10.1-rasm, a). Qiyshiq burchakli izometriyalarda 
koordinata o‘qlarining o‘zaro joylashishi uning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Qiyshiq burchakli frontal izometriyada (10.1-rasm, b), qiyshiq burchakli 
gorizontal izomeriyada (10.1-rasm, d) koordinata o‘qlarining o‘zaro joylashishiga 
e’tibor bering. Kub va uning yoqlarida joylashgan aylanalaming izometrik 
tasvirlari 10.2-rasmlar a, b, d da ko‘rsatilgan. 
10.1-rasm. 
10.2-rasm. 
Qiyshiq burchakli izometriya
Bu proyeksiya to‘g‘ri burchakli izometriyadagi kabi barcha o‘qlar bo‘yicha 
o‘zgarish koeffitsiyentisiz, ya’ni x = у = z = 1 qilib chiziladi. 
Qiyshiq burchakli izometriya frontal izometriya va gorizontal izometriyadan 
iborat. 
 
10.3-rasm. 
Frontal izometriya. Koordinata o‘qlari 10.3-rasm, a, b, с larda 
tasvirlangandek uch xil ko‘rinishda boladi. Bu yerda faqat у o‘q 30°, 45° va 60° ga 
o‘zgarishi mumkin. 
Aylanalarning frontal izometriyada tasvirlanishi 10.4-chizma, a, b, с larda 
ko‘rsatilgan bo‘lib, V da uchala chizmalarda aylana o‘z kattaligida tasvirlanadi. 


Qolgan tekisliklarda у o‘qning o‘zgarishi natijasida aylanalarning shakli ham 
o‘zgaradi. 
у o‘q 30° da olinsa (10.4-chizma, a), H dagi ovalning katta o‘qi AB= 1,37 d, 
kichik o‘qi CD=0,37 d ga teng bo‘ladi. W da AB=1,22 d kichik o‘q CD=0,71 d 
bo‘ladi.
у o‘q 45° da olinsa (10.4-chizma, b), H va W da aylanalar bir xil ovallar 
ko‘rinishida bo‘hb, ularning k atta o‘qi AB=1,30 d ga, kichik o‘qi CD=0,54 d ga 
teng bo‘ladi.
у o‘q 60° da olinsa (10.4-chizma, с), H dagi ovalning k atta o‘qi AB=1,22 d 
ga, kichik o‘qi CD=0,71 d ga teng tasvirlanadi. W da esa AB=1,37 d, kichik o‘q 
CD=0,37 d bo‘ladi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling