10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja


Download 72.52 Kb.
bet17/26
Sana19.06.2023
Hajmi72.52 Kb.
#1603270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti

Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar” kabi ijobiy maqom sifatida qabul qilishga o’rgangan, hamda dunyoqarashi va bilim darajasi tor, ongida bo’shliq mavjud odamlarga mo’jallangan.Ulardan jamiyatga tegishli ijtimoiy fikrni shakllantish va qarama-qarshi(dushman) tomonga psixologik ta’sir ko’rsatish, qo’rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko’zlanadi.
“Mana shunday bir vaziyatda,-deb yozgan O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, -odam o’z mustaqil fikriga , sobit e’tiqodiga, o’zi tayanib yashaydigan hayotiy-milliy qadriyatlarga, shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo’lmasa, har turli mafkuralarning bosimiga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi tazyiqlariga bardosh berishi amrimahol”. Yoshlar hayoti va tarbiyasiga katta xavf solayotgan, butun jahonda balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayoti-amaliy ahamiyatga ega.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e'tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik va sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashmagan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.
Diniy ekstremistik oqimlar tomonidan targ’ib qilinayotgan g’arazli va aqidaviy da’volarga manbalarga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy ekstremizm va missionerlik g’oyalarining jamiyatga tahdidi, mutaassib g’oyalar zamiridagi g’arazli geosiyosiy maqsadlar, islomni buzib talqin etayotgan mutaassiblarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan maqolalar O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining veb sahifasiga tizimli joylashtirib boriladi. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida “Dinshunoslik” fani, hamda “Kibermakonda diniy jarayonlar” va “Kibermakonda din omili” nomli maxsus kurslarni o’qitilishi yo’lga qo’yilishida ham yoshlarning bilim darajasini, diniy ongini va bilimlarini rivojlantirish orqali diniy ekstremistik va terrorchilik ma’fkuralarini qanchalik zararli qarashlar ekanligini to’g’ri baholay olishlariga erishishdir.



Download 72.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling