10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar Reja


Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar


Download 275.51 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi275.51 Kb.
#1414727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-maruza. Qadimgi turkiy tilda sodda va qoshma gaplar.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qadimgi yodnomalar tilining asosini tashkil etadi. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar tuzilishiga ko‘ra oddiy (ko‘pincha sodda yig‘iq) bo‘lib, ular umumiy bir fikrni ifodalash uchun xizmat qiladi, mazmunan va shaklan bir-biriga tobe bolmaydi. Bunda sodda gaplar asosan sanash ohangi, intonatsiya vositasida bog‘lanadi, bir paytda, ketma-ket roy bergan voqea-hodisa, belgi-xususiyat, shuningdek, zidlik, qiyoslash, sabab-natija, izohlash munosabatlarini ifodalaydi: Udar Saŋun kälti, Tabğač qağanta Isyi Likaŋ kälti, bir tümän ağï, altun, kümüš kärgäksiz kälürti – Ular Sangun keldi, tabg‘achdan Isyi Likang keldi, bir tuman (o‘n ming) ipak, oltin, kumushni haddan ortiq keltirdi (KT); Ol sabïğ äsüdip, tün udïsïqïm kälmädi, küntüz olursïqïm kälmädi – Bu so‘zni eshitib, kechasi uyqum kelmadi, kunduz o‘tirgim kelmadi (To‘n); Toquz oğuz bodun käntü bodunïm ärti, täŋri yär bulğaqïn üčün yağï boltï - to‘qqiz o‘g‘uz xalqi o‘z xalqim edi, ko‘k, yer fitnaga to‘lgani uchun dushman bo‘ldi (KT); ŋri kuč bärtük üchün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis, yağïsï qonitäg ärmis Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning lashkari bo‘riday ekan, dushmani qo‘ydek ekan (KT); Özi yaŋïldï, qağanï oltï, bodunï kuŋqul boltï – o‘zi adashdi, xoqoni halok bo‘ldi, xalqi cho‘ri, qul bo‘ldi (KT); Üč körüg kiši kälti, sabï bir: qağanï sü tašïqdï, on oq süsi qalïsïz tašïqdï – uch ko‘ruvchi kishi keldi, so‘zi bir: xoqoni qo‘shin tortdi, o‘n o‘q qo‘shini tamom yurishga chiqdi (To‘n).
Boglangan qoshma gaplarni hosil qilishda teng bog‘lovchilar va ayrim yuklamalar qatnashgan. Bu tipdagi qo‘shma gaplar qadimgi turkiy tilda ozchilikni tashkil etadi: azu uluğ bačağ kün, azu kičig bačağ künkä qïlsar – yoki ulug‘ ro‘za kuni, yoki kichik ro‘za kuniga qilsa (TT); azu muŋ üčün, azu basu birgäli qïzğanïp – yoki qayg‘u uchun, yoki qurbon berishga qizg‘anib (Mon); bu muntağ qïlïnčïn öz ütünüz bošunmağay taqï dïqa dindār kelmägäybunday qilmishi o‘z vujudini ozod qilmaydi va diqa dindor kelmagay (TT); Er bušušluğ, täŋri bulïtlïğ boltï, ara kün toğmïš bušač, ara mäŋi kälmiš -inson qayg‘uli, osmon bulitli bo‘ldi, gohi kun chiqqanda qayg‘u, gohi shodlik keladi (TT).

Download 275.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling