10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar Reja
Download 275.51 Kb.
|
10-maruza. Qadimgi turkiy tilda sodda va qoshma gaplar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Közüg yumup ačq ïn ča
- Türk bodun yämä bulğan č - ol, tämiš
Sodda va qo‘shma gaplar
Grammatik asoslarning miqdoriga ko‘ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo‘shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo‘linadi. Sodda gap tarkibida bitta kesim bo‘ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo‘laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo‘shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo‘ladi. Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: egasi mavjud gaplar va egasiz gaplar. Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklar ishtirokiga ko‘ra: sodda yig‘iq gaplar (bod qalmadï - urug‘ qolmadi), sodda yoyiq gaplar (Yağïmïz tegrä učuq tägirti – dushmanimiz tegra (atrof)da qanot yoydi)ga bo‘linadi (To‘n). Turkiy tillarning ilk taraqqiyot davrida sodda gaplar faol qo‘llangan. Bir grammatik asosga ega bo‘lgan gap sodda gap hisoblanadi. Sodda gapning asosini kesim tashkil qiladi. Gapning asosiy mazmuni kesimda ifodalanadi. Sodda gaplarning eng qisqa ko‘rinishi: ega+kesim modelida bo‘ladi: qan bertim – xon berdim (To‘n); Čan Saŋun kälti – Chan Cangun keldi (KT). Qadimgi turkiy tilda, hozirgi zamon turkiy tillaridagidek, kesim qaysi turkum bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: fe’l-kesimva ot-kesim. Fe’l-kesim asosan fe’lning funksional shakllari orqali ifodalanadi: …azča bodun täzmis ärti – ozgina xalq qochgan edi (To‘n); Kütä tururlar – kutib turarlar (Un); Közüg yumup ačqïnča - ko‘zni yumib ochguncha (TT). Ot-kesimli sodda gaplar qadimgi turkiy tilda keng tarqalgan bo‘lib, murakkab ot-kesim tarkibida bog‘lamalar ishtirok etadi. Ot-kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanadi. Kesimlik ko‘rsatkichi vazifasida bog‘lamalar (-man, -san, -di, ol, bol, tur, är) qo‘llanadi: Ozum tarduš üzä šad ärtim - o‘zim tardush eli ustidan shod edim. Qarluq bodun . . . yağï boltï - qarluq xalqi yov bo‘ldi (KT). Ammo bu belgilar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunda kesim gapning mazmuni, intonatsiyasi, o‘rnidan bilinib turadi. Türk bodun yämä bulğanč - ol, tämiš - Turk xalqi ham sarosimadadir, - debdi (To‘n). Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo‘lgan gap qo‘shma gap hisoblanadi. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro teng yoki tobe munosabatda bo‘ladi. Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining ilk davrlarida kommunikativ vazifani, asosan, sodda gaplar bajargan. Murakkab fikrlarni ifodalashda sintaktik aloqaning eng qadimgi turi bo‘lgan bitishuv yo‘li bilan bog‘langan konstruksiyalardan foydalanilgan. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda, shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog‘lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog‘lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi nazarda tutiladi. Qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‘shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‘lovchi vositalardir. Qo‘shma gap qismlari bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar, ohang yordamida bog‘lanadi. Qismlarining qanday bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bog‘langan qo‘shma gaplar; ergashgan qo‘shma gaplar; bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar. Barcha qo‘shma gaplar tarkibida ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni mujassamlantirishi bilan xarakterlanadi. Bu sodda gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘lishi yoki qo‘shma gapning bir qismi ikkinchisini izohlab kelishii mumkin. Download 275.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling