Qadimgi turkiy tilda qismlari o‘zaro hokim-tobe munosabatlari orqali bog‘langan ergash gapli qo‘shma gaplar bosh gapga sifatdosh, rabishdosh, shart mayli qoshimchasi, ko‘makchi, bog‘lovchi va kelishik qo‘shimchasini olgan sifatdoshlar, nisbiy olmoshlar yordamida birikadi: Äčümiz apamïz tutmïs yär sub idisiz bolmazun täyin - ajdodlarimiz qo‘l ostida bo‘lgan yer-suv egasiz qolmasin deb(KT); Oza kälmis süsin Kültegin ağïtïp, at oŋara bir oğuš alpağu on ärig, Toŋa tegin yoğïnta ägirip ölütimiz - Oldin kelgan lashkarini Kultegin turg‘izib otlantirib, bir qavmga mansub o‘n qahramonni qurshab o‘ldirdik (KT); Kültegin yoq ärsär, qop öltäči ärtingiz- Kultegin bo‘lmasa, o‘lar edingiz; Bägläri bodunï tüzsüz üčün, ... türk bodun ällädük älin ïčğïnu ïdmïs - beklari, xalqi insofsizligi uchun turk xalqi ushlab turgan davlatini qo‘ldan chiqarib yuborgan (KT); Soğdaq bodun ätäyin täyin, Yinčü ögüzüg käčä Tämir qapïğqa tägi sülädimiz - So‘g‘daq xalqini tuzatayin deb, Yinju (Sir) daryosini kechib Temir darvozagacha qo‘shin tortdik (KT); Äčim qağan olurtuqda, özüm Tarduš bodun üzä šad ärtim – amakim xoqon bo‘lganda, o‘zim tardush xalqi uza shad erdim (KT); Näŋ, näŋsabïm ärsär, bäŋü tašqa urtum, aŋar körü biliŋ – Qanday nima so‘zim bolsa, mangu toshga yozdim, unga qarab biling (KT). Qadimgi turkiy tilda ergashgan qo‘shma gaplarningbir qator turlari qo‘llanishda bo‘lgan: Ega ergash gapli qo‘shma gap bosh gapda ishtirok etgan yoki tushirib qoldirilgan egani izohlab keladi: Ïda tašda qalmïšï qobranib yäti yüz boltï – Toqayda, toshda qolgani to‘planib, yetti yuz kishi bo‘ldi; Äki biŋ ärtimiz biz, äki sü boltï - ikki ming kishi edik biz, ikki qo‘shin bo‘ldi (To‘n). Kesim ergash gapli qo‘shma gapda bosh gapda ishtirok etgan yoki tushirib qoldirilgan kesim izohlanadi: Apa tarqanğaru ičrä sab ïdmïs: Bilgä Tonyuquq anïğ ol – apa tarxonga yashirin xat yubormish: Bilga To‘nyuquq yomon u (To‘n); Oläki kiši bar ärsär, säni tabğačïğ ölürtäči tirmän - O‘sha ikki kishi bor bo‘lsa, seni - tabg‘achni o‘ldirajak, derman.
Do'stlaringiz bilan baham: |