10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar Reja


Download 275.51 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi275.51 Kb.
#1414727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-maruza. Qadimgi turkiy tilda sodda va qoshma gaplar.

Aniqlovchining uch turi mavjud: sifatlovchi, qaratqich, izohlovchi.
Sifatlovchi aniqlovchilar ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh bilan ifodalanadi: Qaltï temir qazğuquğ yergä toqïsar - agar temir qoziqnï yerga ursa (TT); Silig qïz - chiroyli qiz (KT), Yäti yigirmi erin – o‘n yetti bahodir bilan (KT).
Qaratqich aniqlovchi: Türk bodunïŋ äli törüsin – turk xalqining eli, qonun – qoidalarini (KT); Qaŋïm qağan süsi böritäk ermiš - otam xoqonning lashkari bo‘ridek ekan (KT).
Izohlovchi. Ot bilan otni aniqlash qadimgi yodnomalarda ham, ya’ni izohlovchi-izohlanmish munosabatida ko‘zga tashlanadi: oğuz yağï – o‘g‘uz dushman (KT); alp kisig – bahodir kishini; ögüm qatunïğ – onam xotin (malika, zadagon ayol)ni.
Hol ot, son, ravish, ravishdosh, olmoshlar orqali ifodalanadi: Türk qağan Ötükän yïš olursar – turk xoqoni Otukan vodiysida bo‘lsa; Kültegin qoy yïlqa yäti yigirmikä učdi – Kultegin qoy yili(ning) o‘n yettinchisida vafot etdi; Anča temis (KT) - shunday demish; Sanağalï tüšürtimiz – sanagani to‘xtatdik (To‘n); Ol sub qodï bardïmïz - O‘sha suvning quyi tomoniga bordik (To‘n).
Uyushiq bo‘laklar bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi, matnda biror bo‘lakka bog‘lanib keladi. Qadimgi turkiy tilda gapning bosh bo‘laklari ham, ikkinchi darajali bo‘laklari ham uyushib kelishi mumkin: Bilgäsi, čabïsï bän ök ärtim (To‘n) -Bilimdoni, mashhuri men o‘zim edim; Türk bodun ölti, alqïntï, yoq boltï- turk xalqi o‘ldi, tugadi, yoq bo‘ldi; Qïrqïz, üč qurïqan, otuz tatar, qïtay, tatabubunča bodun kälipän sïğtamis - qirg‘iz, uch qurigan, ottiz tatar, xitoy, tatabi – shuncha xalq kelib yig‘lagan (KT).
Ajratilgan bo‘laklar ma’lum bo‘lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keladi, boshqa bo‘laklardan to‘xtam va ohang jihatdan ajralib turadi. Ajratilgan bolaklarninng uyushiq bo‘laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikki xil nomidir, uyushiq bo‘laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi. Ma’lumki, har bir gap bo‘lagi muayan tartibda joylashadi. Masalan, aniqlovchi va izohlovchi otdan oldin qo‘llanadi, tartibning o‘zgarishi shu gap bo‘lagining o‘zgarishiga olib keladi: Türk qara qamuğ bodun anča temis – Turk (fuqarosi), qora (xalq), butun xalq shunday demish (To‘n).Ma’lum gap bo‘lagidan so‘ng izohlovchi, mazmunan unga teng boshqa bo‘lak - so‘z yoki so‘z birikma keltiriladi: säni tabğačnï ölürtäči – seni – tabg‘achni o‘ldirajak (To‘n); Türk bodun Tämir qapïğqa, Tinsi oğlï yatïğma tağqa tägmis - Turk xalqi Temir qapiqqa, Tinsi o‘g‘li yotadigan toqqa yetdi (To‘n).

Download 275.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling