10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar Reja


Sabab ergash gapli qo‘shma gap


Download 275.51 Kb.
bet7/9
Sana30.04.2023
Hajmi275.51 Kb.
#1414727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-maruza. Qadimgi turkiy tilda sodda va qoshma gaplar.

Sabab ergash gapli qo‘shma gap. Sabab ergash gapni tashkil etgan gap bosh gapdan anglashilgan harakat-holatning ro‘y berish sababini bildiradi, ergash gapni bosh gapga bog‘lashda üčün ko‘makchisi xizmat qiladi. Bunda ergash gap kesimi sifatdosh yoki ot, sifat orqali ifodalanadi. Masalan: Täŋri yarlïqaduq üčün öküš täyin biz qorqmadïmïz süŋüšdimizTangri yorlaqagani uchun ko‘p, biz qo‘rqmadik, jang qildik (To‘n); Täŋri küč bärtük üčün qaŋïm qağan süsi böritäg ärmis - Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning qo‘shini bo‘riday ekan (KT).
Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan mazmun qanday shart-sharoitlarda ro‘y berishini ko‘rsatadi va kesimi shart fe’li yoki ot bilan ifodalanadi: Üzä täŋri basmasar, asra yär tälinmäsär, türk bodunäliŋin törüŋin artatï? – Tepadan osmon bosmagan bo‘lsa, pastda yer yorilmagan bo‘lsa, turk xalqi eling, qonun-qoidangni kim buzdi? (KT); Ältäriš qağan qazğanmasar, udu bän özüm qazğanmasar, äl yämä, bodun yämä yoq ärtäči ärti – Eltarišxoqon (g‘alaba) qozonmasa, so‘ngra men o‘zim qozonmasam, el ham, xalq ham yoq bo‘lar edi (To‘n).

Bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar. Qadimgi yodnomalar tili ma’lum darajada shakllangan yozma adabiy til edi. Shuning uchun ham bu yodnomalarda qo‘shma gapning turli shakllari - bir necha ergash gapli qo‘shma gaplar, ergash va bog‘lovchisiz gaplarni o‘z ichiga olgan murakkab tarkibli qo‘shma gaplar qo‘llaniladi: Ältäriš qağan qazğanmasar, yoq ärtiärsär, bänözüm Bilgä Tonyuquq qazğan- masar, bän yoq ärtim ärsär Qapağan qağan türk sir bodun yärintä bod yämä kiši yämä idi yoq ärtäči ärti - Eltarish xoqon qozonmasa, yo‘q bo‘lsa, men o‘zim Bilga To‘nyuquq qozonmasam, men yoq bolsam, Qapag‘an xoqon,turk sir xalqi yerida urug‘ ham, kishi ham, ega ham yo‘q bo‘lgan bo‘lardi (To‘n).


Tarkibi turli tipli konstruksiyalardan tuzilgan murakkab tarkibli qo‘shma gaplar uchraydi: Yuyqa ärklig topulğalï učuz ärmis, yinčgä ärklig üzgäli učuz, yuyqa qalïn bolsar, topulğuluq alp ärmis, yinčkä yoğan bolsar, üzgülük alp ärmis – Yupqa narsa yengishga oson emish, ingichka narsa uzishga oson, yupqa qalin bo‘lsa, to‘plovchi bahodir emish, ingichka yo‘g‘on bo‘lsa, uzuvchi bahodir emish (To‘n).

Download 275.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling