10-Mavzu. Tuproqlarning ahamiyati va uni muhofaza qilish reja: Tuproqning tabiatdagi roli. Tuproqning jamiyat hayotidagi ahamiyati


Tuproqning insonni davolovchi xususiyatlari (tuproqda yalang oyoq yurish, loyqa suvda chо‘milish, balchiq bilan davolash va b.) ham bisyor


Download 27.89 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi27.89 Kb.
#1620040
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu Tuproqlar geografiyasi

Tuproqning insonni davolovchi xususiyatlari (tuproqda yalang oyoq yurish, loyqa suvda chо‘milish, balchiq bilan davolash va b.) ham bisyor.
Tuproqlarning turli foydali qazilma boyliklarni axtarishdagi ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Tuproq havosi tarkibi orqali neft, tabiiy gaz, radiaktiv elementlarni aniqlash mumkin (boshqa ruda konlarini ham tuproq tahlili orqali aniqlanadi – metallometriya usuli).
Sanitar – gigiyenik ahamiyati jihatidan tuproq biologik filtrlovchi vazifasini ham о‘taydi. Undan zarur qurilish hom ashyolari sifatida, ayrim uy-rо‘zg‘or mahsulotlari ishlashda foydalanish azaldan ma’lum. Har xil tusdagi tuproqlarga tikilish insonga zavq beradi, ruhiyatini yengillashtiradi, charchoqni qochiradi.
Tuproqni kо‘zga surtish, uni tizzalab о‘pish, musofirchilikda yurganlar uchun qanchalar muqaddas ekanligini Mirzo Bobur misolida kо‘rish mumkin. Tuproq bir sо‘z bilan aytgan Vatan timsoli, shuning uchun uni ,,Ona zamin” deb ataymiz. Demak, uning tarbiyaviy – ma’naviy, ayniqsa vatanparvarlik tarbiyasidagi ahamiyati ham cheksizdir. ,,Sen yerga boqsang, yer senga boqadi”, ,,Yerni tepma, gunoh bо‘ladi” degan hikmatlarda qanchalar hur ma’no mujassam. Tuproqda gap kо‘p. U ham diniy, ham dunyoviy mazmunga ega. Afsuski, hozircha fan uning siru – xislatlarini, hosiyatlarini yaxshi bilmaydi (A.Soliyev, 2013, 175-b.).

3. Tuproqni muhofaza qilish
Tuproq eroziyasi va unga qarshi kurash. Suv va shamol ta’sirida tuproqning yemirilish jarayoniga eroziya deb ataladi (lot. erosion – о‘yilish, kemirish). Suv va shamol eroziyalar ajratiladi.
Suv eroziyasi: yoppasiga yuvilish(yuza) va uzunasiga rо‘y beradigan (jarlik) eroziyalarga bо‘linadi.
Yuza eroziya – tuproqning yuqori qismida yonbag‘irlar bо‘ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilishidan yuzaga keladi, bu tur tabiatda kо‘p tarqalgan.
Jarlik eroziyasi – yonbag‘irlardan kelayotgan kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqning chuqurlatib, о‘yilib yuvilishi hisobiga rо‘y beradi.

Download 27.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling