104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet34/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

33. JANUBIY XUNNLAR DAVLATI. M.av. IV asrda Markaziy Osivoning shimolida xunn qabilalarining harbiy ittifoqi tashkil to- padi. Xunn qabilalarining bu harbiy ittifoqi asta-sekin kuehayadi. M.av. Ill asr oxirlariga kelib xunn qabilalarining harbiy birlashmasi asosida Xunn ko‘chmanchilari davlati tashkil topadi. Xitoy tarix- chisi Sim Syanning yozishicha, xunnlarning harbiy sardori Shanyu deb atalar edi. Xunn sardorlari - shanyulari qattiq intizomli. qilich, kamon, nayza, dubulg'a bilan qurollangan. tez harakat qiluvchi ot- liq qo'shinga ega bo’lgan. Ular quyun kabi o'z dushmanlari ustiga bostirib borib. ularni vahimaga solib qo'yganlar. Xunn sardorlaridan biri Maodun ichki dushmanlarini yenggach, dunxu qabilalari ustiga katta qo'shin bilan bostirib boradi. Shiddatli va ayovsiz jang oqibatida dunxular tor-mor etiladi. Maodun dun- xular hukmdorini oidirib. ko’p odamlarni asir olib, podalarini hay- dattirib ketadi. M. av. 203-202-yillarda Maodun qo‘shinlari Sayan, Oltoy va Enisey (Enasoy) daryosining yuqori oqimidagi joylarni bosib oladi. M.av. 200-yilda Xan podshosi Lyu Ban xunnlarning ustiga qo’shin tortadi. Maodun harbiy hiyla ishlatib. qo’shinlari bilan Bay- dan tog’lariga chekinadi. Lyu Ban esa bir guruh tezkor jangchilari bilan xunnlarni ta'qib qilib borib. asosiy qo’shinlaridan uzoqlashib ketadi. Xunnlar Lyu Ban qo’shinlarini qurshab olib. qirib tashlaydi. Lyu Ban asir tushadi. U juda ko’p mol-mulk va qizini Maodun- ga nikohlab berish sharti bilan asirlikdan ozod bo’ladi. Lyu Ban va'dasini bajarmay, qizini Maodunga vuborishni pavsalga soladi. Maodun katta qo'shin bilan Xan chegaralaridan o’ta boshlaydi. Bu xabarni eshitgan Lyu Ban katta mol-mulk bilan qizini xunnlar hukmdoriga uzatishga majbur bo'ladi. Shundan keyin ikki o'rtada tinchlik sulhi tuziladi. Sulhdan so‘ng ikki davlat o'rtasidagi do'stlik 40-vil davom etadi. Xunnlar davlatining kuchayishi. Xunnlar Maodun va uning vorisi Laoshin (m. av. 174-161-yillar) davrida yuyechjilar bilan 25 yil davomida urush olib boradilar. Urushda yuechjilar yengilib. ularning sardori halok bo'ladi. Xunnlarning shanyusi Laoshin yuechji sardorining bosh chanog'ini kestirib olib, undan sharob kosa-qadah yasattirgan ekan. Urush xunnlarning g'alabasi bilan yakunlanadi. Yuyechjilar Pomir va Farg'ona orqali dastlab So'g'd. so'ng Baqtriyaga ko'chib ketishga majbur boiadilar. Shundan keyin xunnlar Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatga aylanadi. Xan podsholari xunnlardan qoiqib, ular- ga ko'p miqdorda o'lpon va sovg'alar yuborib turgan. Xitoy bo- zorlari ximn savdogarlari uchun ochiq deb e’lon qilingan. M.av. II asrning birinchi yarmi xunnlar davlatining eng kuchaygan davri bo'lgan. Mil.avv. 214-yilda Sin Shi Xuandining 300 ming kishilik qo‘shini xunnlarga qarshi urushib, ularni Inshan tog‘ etaklari va Xuanxe daryosi vodiysidagi o‘tloq yaylovlardan mahrum qildi. Shimoliy chegaralarni xunnlardan himoya qilish uchun Xitoy devorini bunyod qildi. Ammo Xitoyning bu g‘alabasi vaqtinchalik edi. Mil.avv. 200-yilda xunnlar xitoy qo‘shinlarini to‘la yanchib tashlab, imperiyani «Tinchlik va qon-qarindoshlik» shartnomasini imzolashga majbur qildilar. Shartnomaga ko‘ra xunnlar hukmdori xitoy malikasiga uylanishi va har yili xitoyliklar sovg‘a-salom (o‘lpon) jo‘natishlari kelishib olindi. Xan imperiyasi Mode boshchiligida kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar keltirib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi. Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qarshi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofidagi hududlardan siqib chiqarildi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Sharqiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi. Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozorlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqorilab ketdi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling