104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
QIZIL QOSHLILAR QO`ZG`OLONI. Milodiy birinehi asr boshlari- da Xitoyda qurg'oqehilik va ehigirtka bosishi natijasida hosilsiz- lik sodir bo'lgan. Mamlakatda qimmatchilik, ochlik boshlangan, islohotlarrii amalga oshirish esa to'xtab qolgan. Bu hoi Xitoyda ommaviy norozilik harakatlari boshlanishiga sabab bo'lgan. Bun- day qo'zgolonlaming biri 18-yili Shandunda boshlanib, unga Fan Chun degan kishi rahbarlik qilgan. Qo'zg'olonga Van Man islo- hotidan norozi bo'lgan aslzodalar va katta yer egalari ham qo'shil- ganlar. Qo‘zg‘olon rahbarlari o'z odamlarini podsho askarlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo'yatganlar. Shu tufavli bu qo‘zg‘oloni “Qizil qoshlilar” qo'zg'oloni nomini olgan edi. 22- vili Van Man qo'zg‘olonehilar ustiga yuz ming kishilik qo‘shin yuborgan. Hal qiluvchi jangda qo'zg'olonchilar podsho qo'shin- larini tor-mor etib, Xuanxe daryosining o'rta oqimidagi yerlarni ishg'ol qilganlar. Shu vaqtda mamlakat janubida ham qo'zg'olon boshlangan. Ular o‘zlarini “Yashil o‘rmon qo^shinlari” deb ataganlar. 23-yili Van Man qo‘shinlari bilan qo'zg'olonchilar o'rtasida dahshatli jang bo'lib, podsho qo'shinlari yana tor-mor etilgan. Qo'zg'olonchilar Chanan shahrini ishg'ol qilganlar. Van Man o'ldirilgan. 24-vili qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri Lyu Syuan o'zini podsho deb e’lon qilib, Chanan shahrini egallagan. 25-yili ''qizil qoshlilar” Cha- nanga yurib, Lyu Syuan qo'shinlarini tor-mor etganlar, Lyu Syuan o'zini-o'zi o'ldirgan. Shu-yili “yashil o'rmon qo'shini" Lyu Syu boshchiligida Chananga qarab yo'I olgan. “Qizil qoshlilar" esa Chananni bo'shatib, Shandunga chekinganlar. Yoida ikki qo'shin to'qnashib, “Qizil qoshlilar” yengilganlar. Ularning yo'lboshchisi Fan Chun jangda halok bo'lgan. 25-yili Lyu Syu o'zini podsho deb e'lon qilgan va poytaxtni Chanandan Loyanga ko'chirtirgan. Lyu Syu Xan sulolasiga mansub kishi edi. Lyu Syudan boshlab Kichik Xan sulolasi davri boshiangan. Bu sulola 25-220-yillar orasida Xitoyda hukmronlik qilgan. Lyu Syu Guan U-Di nomi bilan podsho- likni 25-57-yillarda boshqargan. U aholiga ko'p yengilliklar berib, soliqlarni kamaytirgan va ko'plab qullami ozod etgan. Shu davr- dan boshlab qullami huda-behuda oidirish va tamg'a bosish bekor qilingan. Guan U-Di va uning vorislari mamlakatda osoyishtalik o'rnatib, xunnlarga qarshi g'olibona yurishlar qilganlar. Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling