104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
XETT DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
35. XETT DAVLATI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI. txanning o’g ii Anitta uzoq davom etgan qattiq janglardan so'ng Nesa Xattusa, Zalpuva kabi shahar-davlatlarini bosib olib, Xett podsholigiga asos soladi. Nesa Xett podsholigining poytaxtiga aylantiriladi. M.av. 1680—1650-yillarda hukmronlik qilgan Labarna (Tabar- na) mamlakatni birlashtirishni oxiriga yetkazadi. U mamlakatning ko'p joylari va Qora dengizning janubiy sohillarigacha boigan yerlarni istilo qiladi. Ularni Xett davlati tarkibiga qo'shib oladi. U poytaxtni Nesadan Xattusaga ko'chiradi. Podsho Xattusili I(m. av. 1650-1620) va Mursili I m.av (1619-1590) davrlarida Xett podsholigi kuchayib, xett qo'shinlari shimoliy Suriyadagi Xalap va Bibl shaharlarini bosib oladilar. Shu davrda mamlakat ichkarisida qullar va kambag'allar qo'zg'olon ko'targan. Xett podsholari saro- yida fitna kuchayib Xattusili I ga nisbatan suiqasd uyushtirilib, u o'z kuyovi tomonidan oidiriladi. Podsho Telepen davrida (m.av. 1520-1490) Xett podsholigi biroz kuchaygan. Lekin Telepen vafo- tidan so'ng podsholik kuchsizlanib inqirozga uchragan. 0 ‘rta Xett podsholigi. Telepen vafotidan keyin, uning o'g'il- lari o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Bu davr m.av. XVI asr oxiri va m.av. XV asrni o'z ichiga oladi. O'rta Xett podsholigi davrida podsholik kuchsizlanadi. Shu davrda podsholikning janubi-sharqida Mitanni davlati kuchayib, Mitanni qo‘shinlari Kilikiyaning bir qismini bosib oladi. Shimoldan esa Qora dengiz sohillarida yashagan kashk qabilalari xettlar yurtiga hujum qilib, Xattusa shahrini bosib olib. uni vayron qiladi. O'rta Xett podsholigi davomida kambag'allar va qullar qo'zg'olonlari kuchayib ketgan. Saroyda toj-taxt uchun kurash ham qizg'in tus olgan. Tashqi dushmanlarning hujumi, ichki g'alayonlar va zodagonlar orasidagi o‘zaro toju-taxt uchun kurashlar podsholikni halokat ostonasiga olib kelib qo'yadi. Shu bilan O'rta Xett podsholigi ham o‘z ni- hoyasiga yetadi. Yangi Xett podsholigi davrida ulugb Xett saltanati, m.av. XIV-X1I1 asrlar. M.av. XIV asr boshlarida Suppilulium Xett davlati taxtiga o'tiradi. U serg'ayrat lashkarboshi, mohir diplomat va uzoqni ko'ruvchi dono siyosatchi edi. Suppilulium davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topadi. U Xett qo‘ shinlarining j ang- ovarlik jihatlariga katta e’tibor beradi. Xett qo'shini ot qo'shilgan tezkor jang aravalari bilan ta’minlanadi. Jang aravalarining har biri- da havdovchi. kamondoz va qalqonbardorlardan iborat uch jangchi bo Tar edi. Xettlar urushda jang aravalaridan foydalanishni gikso- slar yoki mitanniliklardan o'rgangan boTsalar kerak. Urush vaqtida jangovar aravali qismlar shiddat va tezkorlik bilan hujumga o'tgan va dushman saflarini sarosimaga solgan. Podsho Xett shaharlari- ni, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e’tibor bergan. Suppilulium qo'shni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o'z qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatiya usullarini qoTlab, ularni o'ziga qaratib, hatto ittifoqdosh qilib oladi. Jangovar xett qo'shinlari janubi-g'arbda Arqava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib oladi. Xett qo'shinlari Mitanniga hujum qilib. g'olib chiqadi. Mitanni podshosi saroy fit- nachilari tomonidan o'ldiriladi. Shu davrda Ossuriya bilan Alshin- ning birlashgan qo'shinlari Mitanniga bostirib kiradi. Vaziyatdan foydalangan Xett podshosi o'z qizini Tushratining o'g'li shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o'tqizadi. Suppilulium davrida Mitanni xettlarga qaram bo'lib qoladi. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo'ylaridan Falastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha boTgan yerlarni o'z ichiga olgan edi. Suppilulium vafotidan so'ng taxtga Mursili II (1340-1305) o'tiradi. Mursili II davrida asosiy harbiy harakatlar Kichik Osiyoning janubi-g'arbida olib boriladi. Chunki Kichik Osiyoning janubi-g'arbida Arqava podsholigi rahbarligidagi Mira va Lukka davlatlari ittifoqi bor edi. Ular janubi-g'arbdan Xett podsholigiga xavf solib turar edilar. Mursili II Mira, Lukka va Miletlarni o'z to- moniga og'dirib, ittifoqchilarni kuchsizlantirishga erishadi. Lekin ular hamon kuchli raqib bo'lib turar edilar. Valma shahri yaqinida xettlar bilan Arqava ittifoqchi qo'shinlari o'rtasida dahshatli jang bo'lib o'tadi. Jangda ittifoqchilar qo'shini yengilib, Arqava shohi va uning o'g'li qochib ketadi. Xett qo'shinlari Apasu (Efes) shahriniegallab, Egev dengizi sohillariga chiqadilar. Shundan keyin Arqava davlati Xett podsholigiga qaram boiib qoladi. Shuningdek, Kichik Osiyo yarimorolining katta qismi ham xettlar ixtiyoriga o‘tadi. Bu davrda Xett podsholigining harbiy kuch-qudrati eng yuqori daraja- ga ko'tarilgan edi.
36. Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling