104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet45/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

44. SULOLALARDAN AVVAL QADIMGI MISR. M. av. VI-V ming yilliklarda xo‘jalikning asta-sekin rivoj lanishi natijasida Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgan. Urug' jamoasining so'nggi davrida urug‘ ja- moalarini shakllanayot- gan oqsoqollar. sardorlar va harbiy boshliqlar idora etishgan. Misrda urug' ja- moasi yemirilgach, urug' jamoalar o‘rnida dastlab qo'shni jamoalari vujudga kelib. xo'jalikning rivo- jlanishi natijasida ilk dav- latchalar paydo bo'ladi. Yangi vujudga kelgan davlatni sobiq urug4 jamoasi oqsoqollari, harbiy boshliqlar, badavlat va nufuzli zodagon kishilar idora qila boshlaydilar. Dastlab Misrda bir necha o il davlatchalar tashkil topgan. Misrliklar bu davlatchalarni “‘sepat”, yunon tarixchilari esa "nom" deb ataganlar. Nomlar atrofida qishloqlari, dalalari, mahalliy xudosi bor shahardan iborat bo'lgan. Har bir nomning o'z hokimi boiib. u yunon tilida “nomarx” deyilgan. M aium otlarga qaraganda m. av. IV mingyillik boshlarida va o'rtalarida Misrda 42 ta davlat boigan. Bu davrda Yuqori Misrda 22 ta, Quyi Misrda esa 20 ta mayda davlat mavjud boigan edi. Memfis shahri Yuqori va Quyi Misr nomlarining chegarasida joylashgan. Har bir nomning nomarxi o’zining hududidagi dehqonehilik, chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish inshootlari qurilishiga katta e’tibor bilan qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib, jamoat, diniy va harbiy ishlami boshqarib turgan. Bu davlatlarda qulchilikning dastlabki kurtaklari ham paydo boigan. Urushlarda asir olingan kishilar qulga aylantirilgan. Shunday qilib jamiyatni boshqaruv tashkiloti sifatida ilk davlatchalar vujudga kelgan va rivoj 1 ana borgan. M. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidagi vaziyat Misrdagi mayda davlatchalarni birlashtirishni talab etgan. Ko'p jangu-jadal- lardan keyin Nil daryosining tor vodiysida Yuqori Misr davlati tashkil topadi. Daryo tarmogining shimolida joylashgan shaharchalar birlashtirilib, Quyi Misr davlati barpo etilgan. Bu davlatlar o’z podsholariga ega bo'lib. ular mustaqil ish yuritganlar. Keyinchalik esa Misrda yagona podsholik barpo etish uchun ikki podsholik o'rtasida kurash avj olgan. Yilnomachilaming maiumotlariga ko‘ra, Yuqori Misr podshosi Narmer Quyi Misr yerlariga bostirib kirgan. Narmer qo'shinlari Shimoliy Misr podshosi qo'shinlari ustidan g’alaba qozongan. G'alabadan so'ng u 6000 kishini asir olib, juda ko'p boylik. oijalar bilan qaytgan. Shundan boshlab Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash kuchaygan. Mismi yagona davlat bayrogi ostida birlashtirish Yuqori Misr podshosi Mina (Menes) davrida amalga oshirilgan. M. av. 3000-yilda Mina Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib, yagona davlatga asos solgan. U yagona Misr davlatining dastlabki podshosi sifatida birinchi sulolaga asos solgan podshohdir. Mina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini bino qildirib, uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida Quyi misrliklar o'z mustaqillik]ari uchun bir necha bor qo'zg'olon ko'targanlar. Ammo bu qo'zg'olonlar shafqatsizlik bilan bostiril- gan. Mina va uning avlodlaridan so'ng Misrda ikkinchi sulola na- moyandalari podsholik qilganlar. Shu davrdan boshlab Misr podsholari fir’avn deb atala boshiangan. Bu ikki sulola vakillari idora qilgan davr Misrda “Ilk podsholik davri” deb nomlanib, m. av. 3000-2800-yillarni o'z ichiga oladi. Yagona Misr davlatining tashkil topishi har jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bu Misrdagi dastlabki markazlashgan mustabid davlat hisoblanadi. Misr fir’avnlarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan fir'avn Jyer davrida Misr qo'shinlari janubda Nu- biya, shimoli-sharqda Sinay yarimoroliga bir necha marta bostirib kirgan. Ular bu mamlakatlardan ko‘plab asir va behisob boyliklar olib qaytganlar. Misr qo'shini qo'mondonlaridan biri shunday hikoya qiladi: “Qo'shin qo'shni mam- lakatlarni talab, uning bog'lari va uzumzorla- rini yakson qilib, qish- loqlariga o't qo'yib, o'n minglab kishilar- ni o'ldirib, ko'plab odamlami asir olib, es- on-omon qaytib keldi. Buning uchun podsho meni benihoya maqta- di”. Ilk podsholik davrida xo'jalik. Ilk podsholik davrida lir'avnlar mamlakat xo'jaligining hamma tarmoqlariga katta e’tibor bergan- lar. Yer o'zlashtirish va sug'orish inshootlarining qurilishi kuchay- tirilishi tufayli dehqonchilik rivoj topgan. Misr dehqonlari ho'kiz qo'shilgan omoch bilan yer haydab arpa. bug'dov. zig'ir va boshqa boshoqli ekinlami ekib, bu ekinlardan yuqori hosil olganlar. Misr- liklaming asosiy suv manbayi Nil daryosi bo'lib, ziroatchilikning asosini sug'orma dehqonchilik tashkil etgan. EkinzorlarNil daryosi va Fayum suv omboridan suv oladigan kanallar orqali sug'orilgan. Ularda bog'dorchilik rivoj topib, shimolda uzumchilikka. janubda esa ximnochilikka katta e'tibor berilgan. Mamlakatda tokzorlar ko'paytirilgan.Qadimgi misrliklar bu davrda chorvachilikka ham katta e’tibor berganlar. Misrda yirik shoxli qoramol. qo‘y-echki va tuyalar boqib parvarish qilingan. Ilk podsholik davrida hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo ham rivoj topgan. Misrliklar Nubiya, Liviya va 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar bilan qizg‘in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Savdo-sotiq ishlari quruqlik va suv yo‘llari orqali olib borilgan. Nil daryosi va 0 ‘rtayer dengizida savdo kemalari muntazam ravishda qatnab turgan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling