104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
46. QADIM MISR O`RTA PODSHOLIK. Mil.avv. 2020-yil atrofida fir’avn Mentuxotep II shimolni istilo qilib, butun mamlakatni birlashtirdi. Bu voqeadan so‘ng, O‘rta podsholik davri boshlandi. Qayta birlashgan Misr davlatini boshqargan XI sulola fir’avnlari davrida keng qamrovli qurilish ishlari, faol tashqi siyosat (Osiyoda urushlar, uzoq Puntga ekspeditsiyalar) qayta boshlandi. Ammo mamlakat ichida o‘zaro urushlar hali saqlanib qoldi. Haqiqiy mustahkam davlatni yangi XII sulola barpo qildi. XII sulola asoschisi Amenemxet I (mil.avv. 1976–1947-yillar) fir’avn bo‘lganiga qadar XI sulolaning oliy amaldori edi. Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun’iy sug‘orish tizimi qayta tiklandi. Fayum («ko‘l yeri») vodiysidagi bepo yon botqoqliklar o‘zlashtirildi. Fayum suv ombori barpo etilishi natijasida ko‘plab yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi shahar – Illaxun barpo qilindi. Illaxun shahrida ming xonali ulkan (labirint – yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu inshoot diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom xudolariga bag‘ishlangan ibodatxona vazifasini o‘tagan. Katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shildi. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilindi. Janubiy ostona, Fayum va uning atroflari obod qilinishi XII sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar Ittaun («Ikkala yerni birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga sabab bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xomashyosini qazib olish ko‘paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis xomashyosini qazish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib, yangi qulay omoch paydo bo‘ldi. Ilk (jez) qurollar o‘zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari jez qurollarni bundan ancha oldinroq qo‘llay boshlagan edilar. Misrning bu sohada qoloqligining sababi, Nil va uning atrofida jez xomashyosining yo‘qligi edi. Boshqa yutuqlardan biri shishaning kashf etilishi edi. Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalari faollashuviga olib keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo‘yni orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi. O‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o‘rniga o‘rta xo‘jaliklar yetakchi o‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish va qul mehnatidan foydalanish kuchaydi. Kichik xo‘jaliklarning soni oshdi. Moddiy boylikning asosiy yaratuv chilaridan biri – ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan «xemum-nesut» – «podsho odamlari» deb atalgan ishchilar hisoblangan. Ular podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab,buning evaziga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. «Podsho odamlari» yoshlik paytidan aholi ro‘y xatidan o‘tkazilib, ma’lum hunarlarga taqsimlanar edilar. Misr hukmron qatlamlarida ham o‘zgarish yuz berdi. Oliy tabaqaga oqsuyak zodagonlar, oliy kohinlar va davlat apparatining katta amaldorlari kirar edilar. Endilikda fir’avn xizmatida o‘zini ko‘rsatgan quyi tabaqadan bo‘lgan amaldorlar oliy tabaqaga kira boshladilar. 3. Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat. O‘rta podsholik davrida ko‘p sonli byurokratik boshqaruv apparati qayta tiklandi. Uning boshida «xudo Radan kelib chiqqan», uning yerdagi soyasi fir’avn turar edi. U mamlakatda tanho hokim edi. Ammo o‘rta podsholik fir’avnlari nom (yunoncha – viloyat) boshqaruvini, mahalliy nomarxlarni (nom hokimi) markaziy hokimiyatning to‘la nazoratiga ololmadilar. Fir’avn Senusert (1887–1850-yillar), uning o‘g‘li Amenemxet III (1850–1806-yillar) bir qancha merosiy nomarxlarni o‘z kishilari bilan almashtirishga urinib ko‘rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy qarshiliklariga uchradi. Amenemxet I ning aslzodalarning o‘zboshimchaliklariga qarshi qat’iy kurashi uni o‘z yotoqxonasida suiqasd qilinishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rinishidan Amenemxet II (mil.avv. 1911–1879-yillar) fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fir’avnlarning sag‘analari endi ko‘rimsiz loydan barpo qilinib, kamtarona tusda bo‘ldi. Nomarxlarning qoyalarga o‘yilgan sag‘analari paydo bo‘ldi. Fir’avnlar eski aslzodalarning mavqeini pasaytirishga urinib, davlat mansablariga o‘rta qatlam vakillarini tayinlay boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan podshoga to‘la qaram edilar. Amenemxet III davrida amaldorlardan biri bolalariga nasihatnomasida podshoni ko‘klarga ko‘taradi va o‘g‘illarini unga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Chunki «podsho – bu yemish» deb uqtiradi u. XII sulola fir’avnlari hokimiyatning merosiyligini kafolatlash maqsadida o‘z o‘g‘illari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini kiritadilar. Fir’avn hokimiyati faqat Amenemxet III (mil.avv. 1860–1806-yillar) davridagina to‘la mustahkamlanadi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling