104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet41/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

40. YANGI OSSURIYA. M.av. I mingyillik boshlarida Yaqin Sharqdagi ahvol. M.av. I ming yillikda temirdan keng foydalanishi natijasida Qadimgi Sharq davlatlarida iqtisodiy yuksalish, quruqlik va daryo savdo yoilarida jonlanish jarayoni kuzatilgan. Yaqin Sharqdagi davlatlar orasida yaqin iqtisodiy. madaniy, siyosiy aloqalar kuchay- tirilgan va kengaygan. Mazkur davrda Qadimgi Sharq davlatlarida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanish jarayoni notekis boigan. Bu davrga kelib Xett, Mitanni kabi podsholiklar mayda davlatlarga bo'linib, boshqa kuchli davlatlar tarkibiga kirib nom-nishonsiz yo'qolgan- lar. Bu davrda Misr, Bobil kabi davlatlar ichki va tashqi jihatdan tushkunlikka uchrab, Ossuriya kabi kuchli davlatlar ta'siriga tushib qolganlar. M.av.I ming yillikda Yaqin Sharqda Urartu, Kush, Lidiya, Midiya va Fors kabi yangi “yosh davlatlar’' tarix sahnasida pay do bo'ladilar. Frakivlar, frigiylar, kariylar, arablar ayniqsa kimmeriylar va skiflar Yaqin Sharq dunyosining an’anaviy siyosiy hayotida faol ishtirok etadilar. Yaqin Sharqdagi davlatlar o'rtasida buyuk harbiy davlat maqomini tolish uchun qizg'in kurash avj oldi. Buyuk harbiy davlati maqomiga erishishiga intilgan davlatlarning biri Ossuriya edi. Bosqinchiiik siyosati faollashishining sabablari. M.av. 11 mingyillikdayoq Ossuriya Yaqin Sharqdagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan edi.Ammo yarim ko'chmanchi aramey qabilalarining Ossuriya ustiga bostirib kirishlari uning taqdiriga juda katta sal- biy ta'sir ko'rsatdi. Arameylar tomonidan Ossuriya shaharlari va qishloqlarining vayron etilishi natijasida xonavayron bo'lgan aholi tog'lik hududlarga qochib borib yashirinishga majbur bo'lgan. Aramey qabilalarining ketishlari natijasida Ossuriyaning shahar va qishloqlari vayron etilib. xo'jalikning hamma tarmoqlari izdan chiqadi. Bir vaqtlar qudratli bo'lgan Ossuriya davlati og'ir damlar- ni boshidan kechirib inqirozga yuz tutadi va harbiy jihatdan no- chor ahvolga tushib qoladi. M.av. X asrga kelib Ossuriya asta-sekin oyoqqa turib, temir qurollardan xo'jalikning hamma taiTnoqlari va harbiy maqsadlarda foydalanishi oqibatida uning xo'jaligi qayta rivoj topib, harbiy salohiyati oshdi. Ossuriya o‘zining iqtisodiy va harbiy salohityatini tiklab. mamlakatda siyosiy markazlashish ja- rayoni barqaror mustahkamlana bordi. M.av. X-VI1 asrlarda Ossuriya o‘z tarixining yangi bosqichiga Yangi Ossur podsholigi davriga qadam qo'ydi. Ossuriya o'z xo'jaligi va harbiy salohiyatini qayta tiklab olgach, qo'shni mamlakatlarga harbiy yurishlarni uyushtirish imkoni- yatiga ega bo'ldi. Ossuriyaning harbiy yurishlardan maqsadi Old Osiyodagi quruqlik va dengiz savdosi yo'l larini qo'lga kiritib, ular ustidan kuchli nazorat o'rnatish va savdo-sotiqdan tushadigan katta boylikka ega bo'lish edi. Old Osiyodagi serqatnov savdo yo'llari- ga ega bo'lish Misr, Bobil, Urartu va boshqa davlatlar siyosatining asosini tashkil etardi. Shu bois Ossuriya bu borada o'zining kuchli raqiblari mavjudligini bilar va ular bilan g'olibona urushlar olib borishi muqarrar edi. Shuningdek, urush Ossuriyaning ichki siyo- satida ham muhim ahamiyatga ega edi. G'olibona urushlar mam- lakatga katta boylik keltirish bilan birga afkor ommani mamlakat ichki ishlaridagi ijtimoiy masalalardan chalg'itardi xolos. M. av. IX asrda Ossuriyaning bosqinchilik siyosati. IX asr boshlariga kelib Ossuriya davlati kuchayib shimoliy Mesopotamiyada o'zining mavqeyini tiklab olgach tashqi bosqinchilik siyo- satini boshlab yuboradi. Ossuriyaning harbiy bosqinchilik siyosati ayniqsa Ashshurnazirpal II (m.av. 883-859) va Salamansar III (m.av. 859-824) davrida faollashadi. Ashshurnazirpal davrida ossur qo'shinlari shimoldagi Nairi qabilalari bilan g'olibona urushlar olib boradi. Bu davrda Urartu davlatining shakllanish jarayoni boshiangan edi. Ossur qo'shinlari Dajla darvosidan sharqdagi tog'li Midiya qabilalari bilan janglar olib borganlar. Ossur qo'shinlari Bobil qo'shinlari bilan olib borilgan urushlar nalijasida bobilliklarning shimoliy hududlaridagi yerlarini egallaydi. Shundan so'ng Ossur podsholari o'zlarining harbiy harakatlarini g'arbga-Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'oqla- riga qaratadilar.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling