105-guruh talabasi Fan nomi: Yozma tarjima mustaqil ishi bajardi


Download 1.34 Mb.
bet12/19
Sana14.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1459331
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Mustaqil ish

She’riy tarjima usullari


C1- Sheʼriy tarjima soʻz sanʼatining oʻziga xos turi boʻlib, uning predmeti ohangdor soʻz yoxud musiqiy soʻzdir. Ayni paytda, sheʼriy tarjimada faqat musiqiy (ohangdor) alohida soʻzlar emas, balki ohangdor soʻzlardan tashkil topgan muayyan sheʼriy asar tarjima qilinadi. Sheʼriy asar deganda, biz, timsollar, ramzlar, tashbehlar singari badiiy vositalar ishtirokida muayyan shoirona uslubda yaratilgan ohang va marom fonidagi ruhiy-emotsional manzarani tushunamiz. Sheʼriy tarjimada bir tilda bunyodga keltirilgan ana shu manzara ikkinchi tilda qayta yaratilishi lozim. Shu bois sheʼriy tarjima, nasriy tarjimadan farqli oʻlaroq, shoir-tarjimonning asari – boshqa bir muallifning ijod mahsuli hisoblanadi va u tom maʼnodagi ijodiy mehnat boʻlib, isteʼdod hamda sanʼatkorona mahorat bilan amalga oshiriladi. U, eng avvalo, koʻngil ishi. Tarjimon esa, XIV asrda yashab oʻtgan, Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostonini forsiydan oʻzbekchaga oʻgirgan buyuk oʻzbek shoir-tarjimoni Qutb Xorazmiy aytganidek, “tarjima qilinayotgan asarning oshigʻi, u oʻz muhabbatini oʻzga borliqda koʻradigan, uning sogʻinchi oldida boshqa barcha sogʻinchlarni unutib yuboradigan ijodkor inson”.


VAZIFA
C1- She’riy tarjima haqida ma’lumot topish.



  1. Mavzu: She’riy tarjima usullari.


Dengiz bo’yi yam-yashil chinor,
Oltin zanjir chinor tagida.
Dono mushuk tun-kun beqaror
Aylanadi tevaragida
O’ngga yursa-qo’shiq kuylaydi
So’lga yursa-ertak so’ylaydi…
Bu satrlarga qulogʻimiz oʻrganib qolgan, nihoyatda ohangdor, maromli va yoqimli. Lekin, afsuski, mazkur parchada ruhiy-emotsional holat bor-u, ammo manzara majhul tarzda aks etgan. Chunki unda badiiy mantiq, formal mantiq bilan umuman bogʻlanmagan. Tarjimonning birinchi xatosi shundaki, asliyatdagi dub – (eman yoki bolut) chinor, deb olingan. Undan keyingi ikkinchi satrdagi (eman) chinor tagida yotgan oltin zanjirning holati tushunarsiz. U uzunasiga choʻzilib yotibdimi yoki yerda soat zanjiri kabi uyulib yotibdimi yoxud chinor tanasining eng quyi joyiga oʻralib yotibdimi – aniq manzara yoʻq. Uchinchi va toʻrtinchi satrlarga kelsak, yana savol tugʻiladi. Mushuk nimaning tevaragida aylanadi – chinornimi, zanjirnimi? Nahotki, Pushkin shunaqa majhul manzarani taqdim etgan boʻlsa?! Yana bir savol tugʻiladi. Mushuk nihoyatda barqaror hayvon, u hech qachon beqarorlik alomatini koʻrsatmaydi. Kunlab miq etmay bir sichqonni poylab oʻtirishi mumkin. Buning ustiga, tagʻin u dono boʻlsa. Uni beqaror deb sifatlash nooʻrinligi yaqqol koʻrinadi. Endi asliyatdagi satrlarga murojaat qilaylik:



Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling