107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 1987-yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-yil 27- dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1978-yil aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 1979-yil 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989- y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-yil aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „Tolibon“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. 230.Rossiya imperiyasining tashkil topishi haqida ma`lumot bering. Pyotr I davlatning ichki va tashqi siyosatida tub o'zgarishlarni amalga oshirdi.Fors yurishining natijasi (1722-1723) Peterburg tinchlik shartnomasi bo'lib, unga ko'ra Derbent , Boku , Rasht shaharlari va Shirvon , Gilon , Mozandaron va Astrabad viloyatlari Rossiyaga berildi. Shimoliy urush natijalariga ko'ra, qirollik unvonini Evropada qabul qilingan unvonlar tizimiga moslashtirish va Rossiyaning xalqaro maqomini ko'tarish ramzi sifatida Pyotr I Butun Rossiya imperatori va Rossiyaning otasi unvonlarini qabul qildi. Rossiya davlati Rossiya imperiyasi deb atala boshlandi [1] . Nevaning bo`g`zida Sankt-Peterburg port-shahri qurildi, u yerda 1712-yilda Rossiya poytaxti ko'chirildi. 1703-yilda Kronshtadt qal'asiga asos solingan. 1721- yilda Rossiya qirolligi Butunrossiya imperatori boshchiligidagi Rossiya imperiyasiga aylanadi. Birinchi Butunrossiya imperatori Pyotr I bir qator islohotlarni amalga oshirdi. U davlat boshqaruvini isloh qildi, armiyadagi o'zgarishlarni amalga oshirdi, harbiy- dengiz floti yaratildi, cherkov boshqaruvining islohoti amalga oshirildi, u davlatdan avtonom bo'lgan cherkov yurisdiktsiyasini yo'q qilishga va rus cherkov ierarxiyasini imperatorga bo'ysundirishga qaratilgan. Moliyaviy islohotlar ham amalga oshirildi, sanoat va savdoni rivojlantirish choralari ko'rildi. 1703-yilda SanktPeterburg tashkil etildi va 1712-yilda u Moskva o'rniga davlatning poytaxti bo'ldi. 234.Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda fan va ta’lim. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling