107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
Ikkinchi jahon
urushi yillari va undan keyingi yillarda O`zbekistonda xalq maorifi va ta’lim - tarbiya ishlari. Majburiy 7 yillik ta’limga o`tilishi. Urush davrida barcha moddiy resurslar va xalqning ma’naviy kuchlari frontga jalb etildi. O`zbekiston ham himoyaga o`z hissasini qo`shdi. Dushman bosib olgan yerlardagi ko`plab ishlab chiqarish korxonalari O`zbekistonga ko`chirildi. O`zbekiston ularni joy va ishchi kuchi bilan ta’minladi. Armiyani oziq - ovqat, kiyim bilan ta’minlashga hissa qo`shdi. Urush davrida barcha sohadagi kabi maorif sohasida ham qiyinchilik bo`ldi. Ko`plab o`qituvchilar armiyaga chaqirildi, maktab binolari gospitallarga aylantirildi, o`quv qurollari yetishmasdi. O`quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. 1943 yil 8 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarni hisobga olish va ularni majburiy ta’limga tortish haqida qaror chiqdi. Shu yili o`g`il va qizlarni alohida o`qitish ham joriy etildi. Maktabga qatnovchi qizlar soni ortdi. O`zbekistonga evakuatsiya qilinganlar soni ortib bordi. Ular 1942 yili 716 minga yetdi. 1943 yil 154 ta, 1945 yili 242 ta bolalar uyi bor edi. Urush davri qiyinchiliklaridan yana o`qish 3 smenada olib borildi, darslar 40 minut bo`ldi, ashula, rasm darslari o`tilmadi. O`qituvchilar kamayib, xotin - qizlardan o`qituvchilar tayyorlashga katta e’tibor qaratildi. Yana bir qiyinchilik esa urushdan oldin rus grafikasiga o`tilgan edi, lekin hali o`tib ulgurilmagan, kitoblar chop etilmagan edi. 1944 yildan bolalar bilimi va xulqini 5 ballik tizim asosida baholashga o`tildi. Urushdan keyin xalq maorifini yuksaltirish choralari ko`rildi. 1949 yili umumiy majburiy 7 yillik ta’limga o`tildi. Kasbga o`rgatish maqsadida texnikumlar soni ko`paytirildi. 1956 yildan internat maktablar vujudga keltirildi. O`qituvchilarga talab kuchaydi. 1953 yildan pedbilimyurtlari o`rta maktab negizida ishlaydigan bo`ldi, o`qish muddati 2 yil edi. 1952 yildan o`qituvchilar institutlari pedagogika institutlariga aylantirildi. 1962 - 63 o`quv yilidan 7 yillik maktablar qayta tashkil etilib, 8 yillik maktablarga aylantirildi. 1962 yilda ToshDU qoshida birinchi marta pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy darajalar beruvchi Birlashgan Sovet tashkil etildi. 235.Qadimgi Xitoy tarixini o ‘rganishda m.av. II—I asrda yashagan Sima Syan muhim ahamiyatga egadir. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling