11- ma’ruza. Issiqlik quvurlari va termosifonlar
Issiqlik quvurlarida issiqlik almashinuvi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4. Issiqlik quvurlarining kapillyar tuzilishi.
11.3. Issiqlik quvurlarida issiqlik almashinuvi.
Umumiy holda bug'latgichning tashqi yuzasidan kondensatorning tashqi yuzasiga issiqlikni uzatish jarayonini qator tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. Bug'latish zonasida issiqlik IQning tashqi yuzasidan harorat bilan korpus devori orqali va fitilning issiqlik o'tkazuvchanligi bilan uzatiladi. U holda (11.8) bu yerda va – devor va fitilning qalinligi; va – devorning issiqlik o'tkazuvchanligi va shimdirilgan issiqlik tashuvchili fitilning samarador issiqlik o'tkazuvchanligi; – IQ ichidagi bug'ning harorati; - bug'lanish zonasi yuzasining maydoni. Kondensatsiyalanish zonasi uchun: (11.9) 5 bu yerda – kondensatsiyalanish zonasi yuzasining maydoni; – kondensatsiyalanish zonasidagi fitilning qalinligi; – kondensatsiyalanish zonasida devor tashqi yuzasining harorati. Birinchi taxminda deb qabul qilish mumkin. U holda (11.8) va (11.9) larni birgalikda yechib quyidagiga ega bo'lamiz: (11.10) bu yerda . (11.10) tenglamaga asosan haroratlar farqi , IQning o'lchami va shakli aniq bo'lganda IQning issiqlik yuklamasini topish mumkin. Biroq (11.10) tenglamada suyuqlik IQ fitili bo'yicha harakatlangandagi gidravlik qarshilik, quvur ichidagi bug' oqimi va (11.6) munosabatdan aniqlanuvchi kapillyar kuchlar hisobga olinmagan. Shuning uchun IQ orqali uzatilgan issiqlik (11.10) munosabatdan aniqlangandan so'ng IQ ning maksimal issiqlik uzatish qobiliyatini (11.6) tenglama bo'yicha topish zarur va ularni solishtirish kerak. IQ talab qilingan miqdordagi issiqlikni bo'lganda uzatadi. 11.4. Issiqlik quvurlarining kapillyar tuzilishi. IQning korpusi va fitili uchun materiallarni tanlashda asosiy omil ularni issiqlik tashuvchi bilan mos kelishidir (11.1-jadval). Buni quyidagicha izohlash mumkin, kimyoviy reaksiya yoki issiqlik tashuvchilarni parchalanishi natijasida korpus va fitilni korroziyalanishi yoki yemirilishi IQning issiqlik uzatishini yomonlashtiradi. Ko‘p yillik tajribalar asosida issiqlik tashuvchilarni, IQ korpusi va fitili materiallarini tanlash uchun qator tavsiyalar ishlab chiqilgan. 11.1-jadval Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling